Preparat: Fusarium solani zamburug’ini konidiyalarini mikroskopda ko’rish.
B) Tugunaklarni Ho’l chirish kasalligini – Pectobacterium phytopthorum bakteriyasi keltirib chiqaradi. Tugunaklarning saqlash davrida namlik ko’payib ketishi sababli ho’l chirish yuzaga keladi. Zararlangan tugunaklar yumshab, suvli va shilimshiqsimon, yoqimsiz hidli massa hosil qiladi.
Preparat: Zararlangan tugunaklardan preparatlar tayyorlab mikroskopda ko’rish.
7)Oddiy parsha kasalligini – Actinomyces scabies qo’zg’atadi. Zararlangan tugunaklarning ustki qismida noaniq shakldagi, botiq yaralar hosil bo’ladi. Bu yaralar keyinchalik tutashib qobiq hosil bo’ladi.
8)Virus kasalliklari. Barglarning bujmayishi Solanum virus.
Bu kasallik bilan kartoshkaning barglari zararlanadi. Zararlangan barglar noziklashib, terisimon bo’lib, chetlari tepaga qarab bujmayib qoladi. Barg floemasi va poyalarida, hamda tugunaklarida xarakterli nekrozlar hosil bo’ladi. Bu kasallik ko’chatlar va so’ruvchi hasharotlar orqali tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |