Makrosporioz kasalligini Macrosporium solani E. L. L. zamburug’i qo’zg’atadi. Kasallik bilan pomidorning bargi va mevasi zararlanadi. Zararlangan barg yuzasida yumaloq, shaklsiz katta qo’ng’ir rangdagi dog’lar hosil bo’ladi. Dog’ yuzasi oddiy ko’z bilan ko’rinmaydigan qora g’ubor bilan qoplangan bo’ladi.
Mevasidagi yumaloq dog’lar ustida to’q baxmalsimon ya’ni zamburug’ning konidiyalaridan iborat g’uborlar hosil bo’ladi. Zamburug’ning konidiyalari yoshiga qarab turli ko’rinishda bo’ladi. Eng kichik konidiyalar bir hujayrali va rangsiz, kattalari esa bir nechta bo’laklarga bo’lingan bo’lib, sarg’ish rangda bo’ladi. Zamburug’ o’simlik qoldiqlarida miseliy va konidiyali holida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |