Preparat: Phytophtora infestans zamburug’ini konidiyalarini mikroskopda ko’rish.
6)Chirish. Kartoshkani saqlash davrida ikki xil chirish ya’ni zamburug’lar ta’sirida quruq, bakteriyalar ta’sirida esa ho’l chirish yuzaga keladi. Kartoshkaning qishki saqlash davrida fuzarioz yoki quruq chirish ko’proq uchraydi.
A) Tugunaklarni Quruq chirish kasalligini -Fusarium solani zamburug’i keltirib chiqaradi. Kartoshkani faqat qishki saqlash davrida zararlaydi. Tugunaklarning ustki qismida ezilgan qo’ng’ir rangli dog’lar hosil bo’ladi.
Etli qismi qurib po’stlog’i bujmayib, ustki qismida ochiq rangdagi yostiqchalar yoki g’uborlar hosil bo’ladi. Bunday tugunaklarni kesib ko’rilganda chirish chuqur joylashganligini va uvalanib ketishini ko’rish mumkin. Bu kasallik namlik kamayib ketishi sababli ham ko’payib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |