Qora son kasalligini – Erwinia phytophithora bakteriyasi qo’zg’atadi. Kasallik bilan o’simlik va tugunaklar zararlanadi. Barglar och yashil rangda bo’lib, sarg’ayadi va quriydi. O’simlikning ildizi, ildiz bo’g’zi qorayib chiriy boshlaydi. Kasallangan o’simlik poyasi tuproqdan tezda sug’irilib ketadi. Chirish o’tkazuvchi to’qimalargacha yetib boradi.
Ildiz orqali esa bakteriyalar tugunaklar ichiga kirib, to’q kulrang yoki qoramtir chirishni vujudga keltiradi. Ayrim hollarda tugunaklarda yoriqlar hosil bo’lib, ulardan havoda qotgan qoramtir suyuqliklar oqadi. Kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalar tugunaklarga joylashib qishlab chiqadi.
Preparat: Zararlangan poyadan preparat tayyorlash va mikroskopda ko’rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |