33-34. Laboratoriya mavzusi: Kartoshka va pomidor kasalliklari
Kerakli jihozlar: Gerbariydan namunalar: ( makrosporioz, so’lish, qora son, halqali chirish, fitoftoroz, parsha va virus kasalliklari). Rangli jadvallar. Lupa, buyum va qoplag’ich oynalar mikroskop va doimiy preparatlar.
Topshiriq: Zararlangan o’simlik a’zolarini tashqi ko’rinishiga qarab kasallikni aniqlash va rasmini chizish. Zararlangan tugunak va o’simlik organlaridan preparat tayyorlab mikroskopda ko’rish.
Makrosporioz kasalligini – Macrosporium solani zamburug’i qo’zg’atadi.
Kasallik bilan barglar, kam hollarda poya va tugunaklar zararlanadi. Zararlangan barg yuzasida aylana shakldagi quruq qo’ng’ir rangli dog’lar hosil bo’lib, keyinchalik butunlay bargning ustki qismini egallaydi.
Dog’lar ustida esa qoramtir g’uborlar, ya’ni parazit konidiyalar hosil bo’ladi. Kasallik qo’zg’atuvchilari o’simlik qoldiqlarida konidiya holida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |