Preparat: Piricularia oryzae zamburug’ini konidiyalarini mikroskopda ko’rish.
10) Fuzarioz ildizi chirish kasalligini Fusarium oxysporum, F. Culmorum zamburug’lari qo’zg’atadi. Bu kasallik bilan o’simlikning ildizi, ildiz bo’g’zi va poyalari zararlanadi.
O’simlikni zararlagan ildizi qo’ng’irlashib, yon ildizlarni hosil qilmaydi, natijada o’simlik noziklashib, barglarda ham qo’ng’ir dog’lar hosil bo’ladi. Nam havoda zararlangan organlarda miseliy va konidiyalarni ko’rish mumkin.
Preparat: Fusarium oxysporum, F. Culmorum zamburug’ini konidiyalarini mikroskopda ko’rish.
11) Mozaika. Ushbu kasallikni virus qo’zg’atadi. O’simlikning zararlangan barglarida shtrixli va yo’lga o’xshash oqargan dog’lar tushadi. Ular asta-sekin qo’shilib, sarg’ayib ketadi. Zararlangan o’simlik o’sishdan orqada qoladi va puch donalarni hosil qiladi. Viruslar so’ruvchi hasharotlar orqali yuqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |