O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet110/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Tutparvonasi – Diaphania (Glyphodes) pyloalis Walker. O’zbekistonning janubiy hududlarida 1994 yildan boshlab paydo bo’lgan hasharot. Tut parvonasi ipakchilik bilan shug’ullanib kelayotgan Xitoy, Yaponiya, Hindiston va boshqa Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan (Shpigel, Pokrovskiy, 1932; Iwashita, Fukui,1981; Ando, Ohsawa, 1993; Hayasaaka, Yonemura, 1999). Tut parvonasi serharakat va tez rivojlanadigan hasharot bo’lgani uchun hamda yangi hududda uning tabiiy kushandalari yetarli bo’lmaganligi oqibatida respublikamizning bir qator hududlariga tezda tarqab ketdi. Surxondaryo, Kashqadaryo, Farg’ona vodiysi viloyatlari, Toshkent viloyatining janubiy tumanlari va Sirdaryo viloyatining ko’pgina tumanlarida hozirda bu hasharotni uchratish mumkin.


1


3


2


4


22-rasm. Tut parvonasi: 1–kapalagi; 2–bargga qo’ygan tuxumlari;

3–katta yoshdagi qurti; 4–zararlangan tut bargi.



Tuxumi mayda, ko’kimtir suv tusida bo’lib, kattaligi 0,06-0,07 mm keladi. Qurti och tiniq tuslardan yashilgacha, parvonalarning qurtlariga xos cho’ziq va usti mayda qora dog’lar bilan qoplangan, serharakat, bezovtalangan qurt o’zini tashlab yuborishi mumkin. U 6 yoshni kechirib 10-13 mm ga yetadi. Qurt ochiq barg ustida uni kemirib oziqlanadi. Uchinchi-to’rtinchi yoshdan boshlab bargning bir tarafini tortish hisobiga unga o’ralib yashay boshlaydi va bu uni yirtqichlardan (hamda insektisiddan) himoya qiladi. Bu paytda unga qarshi qo’llanilgan sirtdan ta’sir etuvchi insektisidlarning samarasi past bo’ladi.Bunda o’simlik ichiga singish qobiliyatiga ega bo’lgan, ayniqsa fosfororganik preparatlarni qo’llash maqsadga muvofiq. Oziqlanishni tugatgan qurtlar g’umbakka aylanadi. G’umbaklanish uchun qurt turli pana joy qidiradi. Bu daraxt kallaklari, tanasidan ko’chgan po’stloq osti yoki maxsus boylangan belbog’ bo’lishi mumkin. Qurt g’umbaklanishdan oldin o’zini ipcha yordamida muhitga bog’laydi. Keyinchalik bu ip uzib tashlansa, g’umbakdan kapalak uchib chiqa olmasligi mumkin. Parvonaning g’umbagi havo haroratining yuqoriligiga bog’liq bo’lib, 7-15 kunda yetiladi va undan kapalaklar uchib chiqib yangi bo’g’inni boshlab beradi. Oxirgi bo’g’inning qurtlari qishlashga oktyabr-noyabr oylarida ketadi. Sentyabrda oziqlangan qurtlarning bir qismi ham qishlashga ketishi mumkin. Kichik yoshli qurtlar qirilib ketadi. Mavsum mobaynida tut parvonasi 6 tadan 8 tagacha (bahor erta kelib, kuz kechikkan yillari) avlod berib rivojlanadi. Qishlashga tayyorlangan katta yosh qurtlar yirik bo’lib, tusini o’zgartiradi – u och binafsha rangda bo’ladi. Qishlash uchun tutlarning po’kak joylari, po’stloq osti, hamda daraxt ostidagi tuproqning yuza qismida yuqa pilla orasida qishlab qoladi. Qattiq qish kelganida (o’rtacha 1 sutkalik havo harorati – 10 va undan past bo’lib, 5-7 kun davom etsa) tut parvonasining asosiy qismi qirilib ketadi. Bunday yillari (misol uchun, 2006-2007 o’tar yilida) tut parvonasi “nomiga” rivojlanib, hyech qanday mahsus himoya tadbirini o’tkazishni talab etmaydi. Tut parvonasining zarari tut daraxtining rivojlanishida namoyon bo’ladi. Uning rivojlanishi asosan pilla qurtini boqib bo’lgandan keyin sodir bo’lgani uchun, bu jarayonga zarari tegmaydi. Ammo keyinchalik o’sib chiqqan barglarni shikastlashi hisobiga novda uzunligi, yo’g’onligi va qishga chidamliligi pasayadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir tut novdasida o’rtacha bitta bargga bitta qurt to’g’ri kelsa, novdaning uzunligi 30 sm gacha qisqarishi mumkin. Bundan tashqari, nazoratga va qishning qattiq keli-shiga qarab, novda uchlari 30-40 foizgacha qurishi mumkin. Umuman olganda, yangi novda uzunligi 50-60 smdan 150 smgacha qisqaradi, barglar soni 20-50% ga, uning og’irligi 21-60% ga kamayadi. Bunday ahvol yildan-yilga davom etsa, tut daraxti qurishi mumkin. Umuman olganda, tut parvonasining tutga yetkazadigan zarari nisbiydir. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, u daraxtni zararkunandaning nechta bo’g’ini bilan shikastlanganligiga hamda tuproq agrotexnikasiga ham kuchli bog’liq bo’ladi (Mirzayeva, 2011).


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish