279
kiritish usuli mavjud. Modifikator kovsh to‗ldirilayotgan
vaqtda vagrankaning
kovshiga kiritiladi. Bu usul, asosan, ko‗plab va seriyalab ishlab chiqarishda mayda
hamda o‗rtacha kovshlar uchun qo‗llaniladi.
Modifikatorni oraliq kovsh- eritgich orqali kiritish usuli ham ma‘lum. Kovshga
modifikator dozatordan yoki tebranib siltaydigan tarnovdan keladi. Bu usul
yakkalab yoki seriyalab ishlab chiqarishda katta sig‗imli (11 dan ortiq) kovshlar
uchun qo‗llaniladi. Modifikatorni metall yuzasining ostiga ham qalpoq yoki
cho‗ktirish uchun maxsus qurilma yordamida kiritish mumkin. Bu usuldan, asosan,
katta sig‗imli kovshlarni bitta suyuqlantirib olingan metall bilan to‗idirish mumkin
bo‗lmagan hollarda foydalaniladi. Yakkalab ishlab chiqarishda yirik quymalar
uchun va seriyalab ishlab chiqarishda mayda hamda o‗rtacha
quymalar uchun
modifikator maxsus konstruksiyali litnik jomiga (to‗siqli) yoki litnik sistemasidagi
maxsus cho‗ntakka kiritiladi. Qolipda modifikatsiyalash (inmold jarayon deb
ataluvchi jarayon) tobora keng ko‗lamda tarqalmoqda. Cho‗yanni kovshda va litnik
sistemasida kombinatsiyalangan tarzda modifikatsiyalash ham qo‗llaniladi.
Donalarining o‗lchami 0,2—1 mm bo‗lgan maydalangan ferrosilitsiydan
1350—1410°C
quyish
temperaturasida
0,1—0,3%
miqdorda
sarflab
foydalanilganda optimal natijalarga erishiladi. Bunda quymalarni oqartirish amalda
bajarilmaydi, qattiqligi esa 197—218 HB ni tashkil etadi.
Kimyoviy tarkibi turlicha bo‗lgan ikkita suyuq cho‗yanni yoki cho‘yanni suyuq
po‗lat bilan birga quyganda modifikatsiyalashga o‗xshash murakkab jarayonlar
sodir bo‗ladi, bu esa strukturaning maydalanishiga
va mexanik xossalarning
yaxshilanishiga yordam beradi. Ba‘zan cho‗yanga gazlar, uglevodorodlar va chang
gaz aralashmalari bilan ishlov berish usuli qo‗llaniladi. Bu maqsadda kislorod, azot,
argon, karbonat angidrid gazi va uglevodorodlar ishlatiladi. Gaz oqimiga
kukunsimon qo‗shimchalar ham kiritilishi mumkin. Cho‗yanga kislorod kiritib
tozalash usulining qo‗llanilishi uning kimyoviy tarkibi va xossalariga sezilarli ta‘sir
qiladi. Cho‗yanni boshqa gazlar kiritib tozalashda uning tarkibidagi gaz miqdori
o‗zgaradi. Gaz miqdori, o‗z
navbatida, uning xossalariga ta‘sir qiladi, chunki
grafitizatsiyalanish jarayonining kuchayishi yoki bostirilishi sodir bo‗lishi mumkin
280
(kuchayish suyuqlanmadan vodorod va azotni chiqarib yuborishda, bostirish esa
kristallizatsiyalanish markazlarining kaogulatsiyalanishida sodir bo‗ladi). Suyuq
cho‗yanni gazlar bilan ishlash grafit qo‗shilmalar
shakliga va evtektiv dona
o‗lchamlariga ham ta‘sir qiladi: ba‘zi hollarda u dendritlararo grafit hosil bo‗lishiga,
boshqa hollarda esa kurtaklar sonining ortishiga hamda dendritlararo grafit
miqdorining kamayishiga yordam beradi. Argon va azot bilan ishlov berishda
effektiv dona yiriklashadi: vodorod, karbonat angidrid gazi, kislorod va tabiiy gaz
bilan ishlov berganda maydalashadi [17].
Suyuq metallni neytral gaz yordamida barbotaj bilan ishlash turini fransuz
firmasi Gazal-protsess ishlab chiqqan. Bu jarayondan cho‗yanni kovshda, tarnovda
yoki induksion pechda desulfuratsiyalash va ugle- rodlash uchun,
shuningdek,
cho‗yanni
mikserda
aralashtiryotganda
skrap
va
ferroqotishmalar
qo‘shimchalarining erishini yaxshilash maqsadida foydalaniladi.
Tarkibi quyidagicha bo‗lgan (%): 2,9—3,2 C; 0,8—1,0 Mn; 1,5— 1,6 Si;
0,4—0,6 Cr; 0,2—0,3 Ni; 0,008 S; 0,08 P kam legirlangan cho‗yanni 0,8% ФС-75
bilan modifikatsiyalab hamda C
3
H
8
propan kiritib, birgalikda ishlov berish ancha
samaralidir.
Propan
bilan
ishlov
berilmagan,
0,8%
ФС-75
bilan
modifikatsiyalangan cho‗yanda quyidagi xossalarga erishilgan: qattiqligi HB
212—248; cho‗zilishdagi mustahkamlik chegarasi — 33—39 kg/mm
2
; bukilishdagi
mustahkamlik chegarasi — 65—70 kg/mm
2
; egilish strelasi — 4,0—4,7 mm. Uni
propan berib 2—4 min davomida tozalab va keyinchalik 0,8 ФС-75 bilan
modifikatsiyalaganda mustahkamligi 10—15% ortadi.
Bunda perlitli dispers
sistema hosil bo‗ladi va grafit propan bilan tozalanmagan cho‗yanga qaraganda
ancha tekis taqsimlanadi.
Tarkibida oltingugurt miqdori kam bo‗lgan suyuq cho‗yanni ba‘zi
uglevodorodlar bilan ishlaganda grafit sharsimon shaklda kristalli- zatsiyalanishi
mumkin. Bunda ishlatiladigan uglevodorodlarda С : H nisbat qanchalik katta bo‗lsa,
kristallizatsiyalanish shunchalik yuqori darajada bo‗ladi. Cho‗yan naftalin (C
10
H
8
)
bilan ishlanganda eng yaxshi natijalarga erishiladi, lekin grafitning to‗la sharsimon
shakli faqat cho‗yan karbid sistemasi bo‗yicha kristallizatsiyalanadigan sharoitlarda
281
6
7
8
9
hamda keyinchalik yumshatilganda hosil bo‗ladi. Suyuq cho‗yanga siqilgan havo
oqimida kukunsimon grafit yoki uning asosida tayyorlangan aralashmalar bilan
ishlov berilganda ferrosilitsiy bilan ishlov berilgandagiga qaraganda oqarishi ancha
kamayadi, lekin quymalarda grafit spelini topish mumkin [17].
Piroeffekt beradigan qo‗shimchalar (masalan, Mg)
maxsus qurilmalarda
kiritiladi (1.9- rasmga q.). Qo‗shimchalar qalpoqqa joylashtiriladi, so‗ngra u
metallga maxsus avtoklavdagi kovshda (4.7- rasm) yoki yig‗gichda kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: