4.6- rasm.
Po‗latni pechdan tashqarida vakuumlash usullari:
a — kovshda (kamerada); b — kamerada kovshdan kovshga qayta quyishda;
271
d — parsial vakuumlash, e — sirkular kamerada vakuumlash.
272
3)
po‗latni parsial vakuumlash (metall kichik porsiyalar bilan vakuum kamerasi
orqali o‗tkaziladi, 4.6- d rasm; vakuumlash po‗latni pastga tushadigan va
ko‗tariladigan kameraga vaqt- vaqti bilan olish natijasida sodir bo‗ladi);
4)
sirkulatsion kamerada vakuumlash (metallni sirkulatsiya qilish neytral gaz
bilan puflash hisobiga amalga oshiriladi, 4.6- e rasm).
Vakuumda metallni pechdan tashqarida degazatsiya qilish vodorodning
miqdorini dastlabki miqdordan 40—60% ga, kislorodni 50—70% ga, azotni
5—10% ga pasaytirishga, shuningdek, metallmas qo‗shilmalar miqdorini
kamaytirishga imkon beradi. Po‗latni vakuumda ishlash natijasida uning elastikligi,
zarbiy qovushoqligi, sovuqqa chidamliligi ortadi va darzlar hosil bo‗lishga moyilligi
pasayadi.
Agar barcha suyuqlantirish jarayoni vakuumda sodir bo‗lsa, vakuumda ishlov
berish samaradorligini oshirish mumkin [25]. Bu jarayon induksion vakuum
pechlarida (IVP) amalga oshiriladi. Po‗lat chuqur degazatsiyalanadi, vakuumda
uzoq muddat saqlab, ancha tola oksidsiz- lantiriladi va elektr magnit vositasida
aralashtiriladi. Bunda po‗latdan yengil uchuvchan rangli metallar aralashmasi
chiqarib yuboriladi.
Induksion vakuum pechida amalda istalgan kimyoviy tarkibli po‗latni
suyuqlantirib olish mumkin (yengil uchuvchan metallari bo‗lgan legirlangan
po‗latlar bundan mustasno). IVPda, odatda, olovbardosh va yuqori legirlangan
po‗latlar suyuqlantiriladi. Ulardan ba‘zi birlarini oddiy pechlarda olib bo‗lmaydi,
chunki havoda suyuqlantirish imkoniyati cheklangan. Faqat vakuumda
suyuqlantirish usuli qo‗llanilgandagina tarkibida aluminiy, titan, bor va shular kabi
elementlari bo‗lgan murakkab tarkibli qotishma hamda po‗lat ishlab chlqarish
imkoni bo‗ladi.
Vakuumda suyuqlantirishda suyuq metallda sodir bo‗ladigan jarayon bir- biri
bilan o‗zaro bog‗langan hamda bir yo‗la sodir bo‗ladi. Metallni uglerod bilan
oksidsizlantirish (bunda uglerod oksidi yoki uglerod ikki oksidi ajralib chiqadi) azot
va vodorodning ajralib chiqishi, metallmas aralashmalarning suzib chiqishi hamda
qaytarilishi, tez uchuvchan komponentlar aralashmalarining bug‗lanishi va
273
hokazolar bilan birgalikda sodir bo‗ladi. Bu jarayondan foydalanilganda tarkibida
kislorodi kam metall olish imkoniyati tug‗iladi. Oksidsizlantirishda qariyb metallda
erimaydigan uglerod oksidi va uglerod ikki oksidi hosil bo‗ladi. Ular reaksiya
zonasidan chiqib ketadilar va suyuq metalldan ajralib chiqadilar, bu esa uglerod
bilan oksidsizlantirishning kislorod bilan o‗zaro ta‘sirlashish mahsulotlari metallda
qoladigan boshqa oksidsizlantirgichlardan foydalanishga qaraganda afzal ekanligini
ko‗rsatadi. Vakuum qanchalik chuqur va CO bosim qanchalik past bo‗lsa,
uglerodning oksidsizlantirish qobiliyati shunchalik yuqori hamda uglerodning
berilgan konsentratsiyasi biian shunchalik oz miqdordagi kislorod muvozanatda
bo‗lishi kerak.
Lekin oksidsizlantirgich sifatida bitta uglerodning ishlatilishi po‗latning, ayniqsa
kam uglerodli po‗latning to‗la oksidsizlanishini ta‘minlamaydi. Chuqur
oksidsizlantirish uchun metall oksidsizlan- tirgichlardan ham foydalanish kerak.
Vakuumda oksidsizlantirganda odatdagi ochiq sharoitlarda suyuqlantirishdagi
oksidsizlantirishga qara- ganda (bunda kiritiladigan elementlar shlak va oksidlovchi
atmosfera bilan oksidlanadi) metall oksidsizlagichlar ancha kam talab etiladi.
Legirlash uchun, odatda, sof materiallardan foydalaniladi. Agar ferroqotishmalar
ishlatilsa, ularni pechga yuklashdan oldin adsorbsiyalangan gazlar va namlikni
chiqarib yuborish hamda vannaga materialning sovuq bo‗laklari tushganda suyuq
metallning qattiq chayqalib sepilishining oldini olish uchun yaxshilab qizdiriladi.
Yirik IVPlarda suyuq holda quyish usulidan foydalaniladi. Yarim (chala) mahsulot
sifatida yoy pechida suyuqlantirib olingan yarim oksidsizlantirilgan po‗latdan
foydalaniladi. Sovuq tigel gaz gorelkasi bilan 700 °C gacha qizdiriladi. Suyuq
metall pech ichida o‗rnatilgan maxsus quyish trubasi yordamida quyiladi. Truba
po‗lat oqimini bevosita tigelga yo‗nlatiradi va metall siyraklashtirilgan atmosferaga
tushganda uning sachrashini kamaytiradi; bosim bundan oldin 300—330 Pa gacha
pasaytiriladi. Suyuq metall yuklab ishlaganda suyuqlantirib olish vaqti qisqaradi
[25].
Eng muhim davr tozalash davri hisoblanadi. Bu davr metalldan eriydigan gazlar,
uglerod va oltingugurtni chiqarib yuborish uchun zarur bo‗lgan texnologik
274
operatsiyalarni o‗z ichiga oladi. Bu davr ichida metall shixta tarkibidagi uglerod
hisobiga ham, shuningdek, grafit, cho‗yan, uglerodli ferroqotishmalar hisobiga ham
uglerod bilan oksidsizlantiriladi. Uglerod bilan oksidsizlantirishda saqlab turish
vanna to‗la tinchimaguncha davom ettiriladi. Vakuumlash metalldan vodorod, azot
va kislorodni chiqarib yuborishga yordam beradi.
Metalldagi kislorod konsentratsiyasini pasaytirish uchun yakunlovchi bosqichda
metall oksidsizlantirgichlar: aluminiy seriy bilan, shuningdek, ligaturalar
ko‗rinishidagi kalsiy yoki magniy ishlatiladi.
Rangli qotishmalarni pechdan tashqarida tozalash kovshda xlorli va ftorli tuzlar
bilan ishlov berish, vakuumlash hamda filtrlash yo‗li bilan bajariladi. Ayrim
hollarda elektr flus yordamida tozalash qo‗llaniladi. Vakuumlashda eng yuqori
darajada degazatsiyalashga erishiladi. Vakuumda metall 1330 Pa bosimda 10—30
min davomida saqlab turiladi; bunda suyuqlanmaning temperaturasi 720—740 °C
atrofida saqlab turiladi. Vakuumlash qizdirmasdan olib boriladigan hollarda
suyuqlanma ishlov berish oldidan 760—780 °C gacha o‗ta qizdiriladi.
Aluminiy suyuqlanmalarini metallmas qo‗shilmalardan tozalash uchun to‗r
donador va g‗ovak keramik filtrlar orqali filtrlash, shuningdek, elektr flus
yordamida tozalash qo‗llaniladi. To‗r filtrlar suyuqlanmalarni yirik qo‗shilmalar
hamda pardalardan tozalash uchun keng ko‗lamda qo‗llaniladi. Ular o‗lchami to‗r
katagidan katta qo‗shilmalarni ajratadi. To‗r filtrlarni tayyorlash uchun katagining
o‗lchamlari 0,5 x 0,5 dan 1,5 x 1,5 mm gacha bo‗lgan shisha matodan va titandan
tayyorlangan metall to‗rdan foydalaniladi. Shisha matodan tayyorlangan filtrlar
litnik kanallarida o‗rnatiladi: ularning ishlatilishi yirik metallmas qo‗shilmalar va
pardalarni 1,5—2 marta kamaytirishga imkon beradi, lekin ular dispers qo‗shilmalar
hamda vodorod miqdoriga ta‘sir qilmaydi. Donador filtrlar yordamida tozalash
ancha sezilarli natija beradi, chunki ular metallga tegib turadigan yuzasining
kattaligi hamda o‗zgaruvchan kesimli, uzun ingichka kanallarga ega ekanligi bilan
farqlanadi.
Aluminiy suyuqlanmalarini pardalar va yirik qo‗shilmalardan eng samarali
tozalash usullaridan biri — elektr flus yordamida tozalashdir. Bu jarayonning
275
mohiyati shundan iboratki, suyuqlanmaning ingichka oqimlarini suyuq flus qatlami
orqali bir yo‗la metallni qoplab o‗tkazilganda va o‗zgarmas hamda o‗zgaruvchan
tok maydonining flusi qo‗shilmalarni flus bilan adsorbsiyalanishi uchun qulay
sharoitlar yaratishidan iborat. Buning natijasida metall bilan chegaradosh zonada
fazalararo taranglikpasayadi [23].
Do'stlaringiz bilan baham: |