Qattiq jismlar deformatsiyasi va mexanik kuchlanish
Reja
Qattiq jismlar deformatsiyasi
mexanik kuchlanish
Qattiq jismlar deformatsiyasi va ularning mexanik xossalarining xarakteristikalariga bog‘liq masalalar kristall va amorf qattiq jismlarning tuzilishi va xossalarini o‘rganishdan oldin ham qarab chiqilishi mumkin. O‘quvchilarni mexanik xossalar bilan tanishtirayotganda elastik va plastik xossalar haqidagi birlamchi ma’lumotlarni o‘quvchilar o‘rta umumiy ta’lim fizika kursi darslarida olishlarini, maktab ustaxonasida ishlash esa ularning eng ko‘p qo‘llanuvchi qattiq materiallarning mexanik xossalarining turlichaligi bilan amalda tanishtirishini yodda tutmoq lozim. Kasb-hunar kollej va litseylarida esa, mexanik xossalarning miqdoriy xarakteristikalari: elastiklik moduli, oquvchanlik chegarasi, mustahkamlik, plastiklik qarab chiqiladi.
Mexanik xossalar bilan o‘quvchilarni materiallar sinovi haqida hikoya qilib berish asosida tanishtirgan ma’qul. Bunday yondashuv birinchidan, o‘quvchilarni texnikada mexanik xossalar qanday aniqlanishi bilan tanishtirish, ikkinchidan, qattiq jismlarning barcha mexanik xossalarini yagona nuqtai nazardan qarab chiqish imkonini beradi. Tajribada materialni cho‘zilishni tekshirish metodi eng keng tarqalgan. Bunday tekshirish natijasida odatda, tahlili mexanik xossalarning asosiy xarakteristikasini aniqlash imkonini beruvchi-cho‘zilish diagrammasi chiziladi. Shuning uchun cho‘zilish diagrammasi tevaragida o‘quvchilarning qattiq jismlarning mexanik xossalarining miqdoriy baholanishi bilan tanishtirish mumkin. Cho‘zilishni tekshirishga imkon beruvchi asbob yor-damida mazkur qismga tekshirilayotgan material nusxasiga qo‘yilayotgan kuchlanish yo‘qolgani hamono butkul yo‘qoluvchi elastik deformatsiya mos kelishini ko‘rsatish mumkin.
O‘quvchilarga material tabiatidagi qanday o‘zgarishlar oquvchanlik chegarasini o‘zida aks ettirishini tushintirib berish, ularni ba’zi qattiq materiallar (metallar, qotishmalar, plastmassalar) ning oquvchanlik chegarasi kattaliklari orasidagi farqlar bilan tanishtirish hamda texnikada turli materiallarning oquvchanlik chegarasini bilish qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘zlab berish foydalidir. Kuchlanishning o‘zgarishini kuzatib va cho‘zilish diagrammasini tahlil qila borib, plastik deformatsiyalanish orta borgan sari namunaga borgan sari kattaroq kuchlanishlar qo‘yishga to‘g‘ri kelishi, ya’ni materialning plastik deformatsiyalarga qarshiligi orta borishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Ko‘pgina metallarning bu ajoyib xossasi-plastik deformat-siyalanishi natijasida mustahkamlanish xususiyati ortishi (parchalanish) qaychi bilan qirqilgan tunukaning chetlari plastikligini yo‘qotib, mo‘rt bo‘lib qolishi; bir necha marta buklangan mis simning plastik xususiyati kamayishi kabi tanish misollar bilan tushuntirib berilishi lozim. Darsda metallni qirqib yoki bosim bilan ishlov berishda uning mustahkamlanishi va metallardan detallar tayyorlashda mustahkamlanishning ham musbat, ham manfiy roli haqida so‘zlab berish maqsadga muvofiqdir.
Qattiq materiallar mexanik xossalarning xarakteristikalarini bilish o‘quvchilarni mustahkamlikning eng sodda hisoblari asoslari bilan tanishtirish imkonini beradi. Buning eng yaxshisi cho‘zilish deformatsiyasi misolda ko‘rsatgan ma’qul. Chunki cho‘zilishga mustahkamlikni hisoblash texnikada keng tarqalgan. Shu asosida hisoblanadigan formulalar esa yetarlicha sodda va o‘quvchilar uchun tushunarlidir. Darsda mustahkamlikni hisoblashlarning texnikadagi ahamiyati haqida so‘zlab beriladi va mustahkamlik har qanday qattiq materialning asosiy xossasi ekanligi ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |