Hamkorlik shartnomasi



Download 28,03 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi28,03 Kb.
#16583
Hamkorlik shartnomasi
«___»________20__yil
Yashnobod politexnika kasb-hunar kolleji tomonidan direktor Z.G. Ganiyev (keyingi o’rinda "kollej") o’quvchi _______________________ va uning ota-onasi ________________________ ishtirokida kollej ustaviga asoslanib, ushbu shartnomani imzoladilar.
Shartnoma vazifasi:
Ushbu shartnoma yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida kollej o’quvchilari va ularning ota-onalari o’rtasidagi hamkorlik yo’nalishlarini belgilaydi. Tomonlar o’z oldilariga o’quvchilarning ta’lim, intizomiy va axloqiy-etnik xatti-harakatlari me’yorlarini aniqlashtirib olishni maqsad qilib qo’yadilar.
Kollej majburiyatlari:
- Kollejda umuminsoniy madaniyatni, jamiyat hayotiga moslashgan, maxsus va umumta’lim fan dasturlarini ongli ravishda davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’zlashtirib oladigan, oila, jamiyat va komil insonni tarbiyalashga, shaxsning konstitutsiyaviy xuquqlarini ro’yobga chiqarish uchun tashkiliy, pedagogik-psixologik va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratib berish;

- ta’limni keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallagan ixtisosi va kasbi bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradigan davlat ta’lim standartlari doirasidagi umumta’lim va kasbiy dasturlar asosida o’qitish;

- tanlab olingan ixtisoslik bo’yicha bir necha kasb tanlash jarayonida o’quvchilarni kasbiy layoqat, ko’nikma va malakalarini rivojlantirib borish;

- ta’lim jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish;

- o’quvchilarni vatanparvarlikni shakllantiruvchi milliy o’zlikni anglash xalqning milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hurmat, Vatanimiz bilan g’ururlanishga tarbiyalash;

- sog’lom turmush tarzi me’yorlarini tadbiq qilish ta’lim-tarbiya jarayonini sog’lomlashtirish uchun sharoit yaratish;


O’quvchining majburiyatlari:
- O’quv yurtining ustavi, kollej va yotoqxona ichki tartib-qoidalariga so’zsiz amal qilish;

- diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar ekstremistik va shovinistik ko’rinishdagi oqimlarga ergashmaslik;

- kollej hududida, uning binolarida mutlaqo chekmasliklari, spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik ;

- xavfsizlik texnikasi, yong’inga qarshi xavfsizlik, gigiena talablarini va mehnat muhofazasi qoidalarini so’zsiz bajarish;

- kiyinish odobiga to’liq rioya qilishlari, kollej hududida, o’quv binolarida kollej tomonidan talab qilingan o’quvchilik kiyimida bo’lishlari (o’g’il bolalar maxsus forma, qiz bolalar uchun oq kofta qora yubka, qishda klassik shim.) Kollejda ibodat kiyimida, o’rangan holda yurish qat’iy man etiladi;


- kollej "Axborot-resurs markazi"dan unumli foydalanib, olingan darsliklarni yaxshi holatda saqlash va o’z vaqtida topshirishlari;

- ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir ta’lim oluvchi, o’z telefoni abonentinnng chaqiruv ovozini to’liq o’chirib qo’yishi (telefonini «ovozsiz» rejimga o’tkazishi) shart.

- ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o’chirib qo’yishi;

- telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo’yishi shart. Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

a) telefonini bo’yniga osib olish, ko’krak cho’ntaklarida, shim, yubkalari cho’ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

v) telefon yordamida atrofdagilarga zo’ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ’ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;

ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo’ravonlik va vandalizm holatlarni suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo’li bilan zarar etkazish;

g) o’quv mashg’ulotlari vaqtida telefon orqali so’zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo’natish telefonini stol ustiga qo’yish; musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash; surat va video tasvirlarni ko’rsatishda telefondan foydalanish (o’yinlar bilan shug’ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko’rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish suratga olish va video tasvirga tushirish; telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

- yuqorida sanab o’tilgan jihozlar o’quvchilar tomonidan dars paytida ishlatilsa, olib qo’yiladi va ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, ota-onalarga topshiriladi;

- Toshkent shahrida, shuningdek Respublika va shahar miqyosida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, sport musobaqalarida tomoshabin sifatida qatnashishlari shart;

- davlat mulkiga ziyon etkazmaslik, uni ko’z qorachig’iday saqlash, kollej moddiy texnika bazasiga shikast etkazgan o’quvchilar ota-onalari ishtirokida muhokama kilinadi va zararni qiymati ota-ona tomonidan to’lanadi (tiklanadi);

- Kollej ota-onalar qo’mitasining 2013 yil 11 maydagi yig’ilishidagi qaroriga binoan o’quvchining davomati bo’yicha to’liq ma’lumot olish uchun, o’quvchilarning ota-onalariga kollejda bo’lib o’tadigan majlis, yig’ilishlarni qaerda va qachon bo’lishi haqida ma’lumot etkazib beruvchi SMS-Turniket tizimi yo’lga qo’yildi.

- 2012 yil 29 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 367-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 4-bo’lim 19-bandiga asosan «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining akademik qarzdorlikka (o’zlashtirmaslikka) ega bo’lgan yoki yuqori bosqichlarda o’quv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotidan o’tmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortiq fan bo’yicha “Qoniqarsiz” yakuniy yillik baho olgan) o’quvchilar Pedagogik kengashining qarori bilan kursda qoldirilishi mumkin.

- kollej xududida o’quvchilar xavfsizligini saqlash va intizomni mustaxkamlash maqsadida :

- “O’quvchilar turar joyi” Nizomi bilan tanishish va unga to’liq rioya qilish.

- O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus, Kasb-Hunar Ta’lim Vazirligi, Sog’liqni Saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiyaning 2012 yil 27 dekabr 68/PP, 20,21/PP, 05/PP sonli qarorida ko’rsatilgan asoslarga binoan o’quvchi 1 oydan oshiq kasal bo’lsa, akademik ta’til olishi mumkin:

- ota-ona yoki uning o’rnini bosuvchi shaxs o’quvchini fuqoroligi o’zgarganligi to’g’risidagi ma’lumotni zudlik bilan kollej ma’muriyatiga xabar qilishga majbur.

- shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmasa, har ikki taraf ochiq muloqot orqali kamchilik va tartib buzarliklarni bartaraf etish bo’yicha kollej Nizomi doirasida choralar ko’rish huquqiga ega.


Umumiy holat
- Ushbu shartnomaning amal qilish muddati o’quvchiniig kollejda o’qishi bilan belgilanadi va har ikki tomon imzolangandan so’ng kuchga kiradi.
Ushbu shartnoma o’zaro har ikki tomon, ya’ni o’quvchi va kollej huquqlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, ikkala tomonda bittadan nusxasi saqlanadi.


Kollej direktori_____________Z.G.Ganiyev
Ota-ona ________________
O’quvchi __________________
Download 28,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish