5.3. Bolg‘alanuvchan (КЧ) cho‘yan olish
Bolg‗alanuvchan cho‗yan tayyorlash texnologiyasi ikkita bosqichga bo‗linadi:
oq cho‗yandan quymalar olish va grafitlaydigan yumshatish. Bolg‗alanuvchan
cho‗yan olish uchun shixta tarkibi shunday tarzda hisoblanadiki, suyuq cho‗yanda
2,3—3,0% C va 0,9—1,6 Si bo‗lsin. C va Si ning aniq miqdori talab etiladigan
xossalar, ya‘ni bolg‗alanuvchan cho‗yan markasi va sovitish sharoitlarini hisobga
olgan holda quymalar devorlarining qalinligiga qarab aniqlanadi.
Bolg‗alanuvchan cho‗yan suyuqlantirishning birinchi bosqichi dupleks- jarayon
vagranka— elektr yoy pechi vositasida olib boriladi. Bunda vagrankada tarkibida
quyidagi elementlar bo‗lgan cho‗yan suyuqlantirib olinadi (%): 2,6—2,85 C;
0,8—1,0 Si; 0,2—0,25 Mn; 0,12—0,17 P va 0,12 gacha S. So‗ngra bu cho‗yan
kislotali elektr yoy pechiga quyiladi va 1450—1500 °C gacha o‗ta qizdiriladi. Shu
yerning o‗zida cho‗yan tarkibini to‗g‗rilash mumkin, masalan, po‗lat bo‗laklar
qo‗shib uglerod miqdorini kamaytirish yoki ferroqotishmalar qo‗shib Si va Mn
miqdorlarini oshirish mumkin.
Bolg‗alanuvchan
cho‗yan olish uchun dupleks-jarayonning ancha.
takomillashtirilgan varianti — yoy pechini induksion pech bilan birlashtirishdir. Bu
holda kutish pechidagi cho‗yanning kimyoviy tarkibi kam o‗zgaradi va xossalari
ancha barqarorligicha qoladi. Yoy pechi— induksion pechdan iborat dupleks-
jarayon VAZda qo‗llaniladi. Shixtada asosiy tashkil etuvchilar sifatida qaytarilgan
metall va po‗lat chiqindilaridan foydalaniladi. Kutish pechiga quyidagi kimyoviy
tarkibga ega bo‗lgan 1550—1570 °C temperaturali metall quyiladi (%): 2,8-2,9 C;
1,1-1,2 Si; 0,3-0,35 Mn; <0,06 S va P; <0,05 Sr; <0,15 Ni va Cu. Induksion pechga
302
qayta quyilgandan keyin suyuqlanma yuzasidan shlak chiqarib yuboriladi va
og‗irligi 8—12 kg bo‗lgan elektrod bo‗lagi kiritiladi (kulrang va juda mustahkam
cho‗yan olish uchun ham shunday qilinadi), u yuqori temperaturada metall bilan
kontaktlashib, Si va Mn larning qattiq uglerod bilan geterogen qaytarilishi hisobiga
ularning kuyindisini kamaytiradi va elektrod siniqlaridan uglerodning erishi
hisobiga uning kuyindisini kompensatsiyalaydi. Cho‗yan kutish pechidan
chiqarilayotganda 1520±10 °C temperaturaga ega bo‗lishi kerak. Kovshga
qo‗shimchali paketlar kiritiladi. Garchi bu jarayon ko‗proq mikrolegirlash
jarayoniga taalluqli bo‗lsada, bu qo‗shimchalar modifikatorlar deb ataladi. VAZda
chiqari- layotgan suyuq cho‗yanga ВИО markali vismutdan 0,01% va ФР-В markali
ferrobordan 0,0058% beriladi, bu esa yumshatish siklining davomiyligini
qisqartirishga yordam beradi.
Siniq joyi oq, qalin devorli quymalar olishga va yumshatish vaqtini sezilarli
qisqartirishga imkon beruvchi eng yaxshi qo'shimchalar quyidagi qo'shilmalar
hisoblanadi: 0,02—0,0004% Bi; 0,01—0,02% Al va 0,002—0,004% B,
shuningdek, Те — Си, Те —S, Те — Я,, Те — Pb, Те — Bi, Те - В — Al, Те — Bi
— Си — A1 ligaturalar, elementlaming dozirovkalanishi Те va Bi uchun
0,0001—0,005% hamda Al uchun 0,01—0,03%.
Bolg‗alanuvchan cho‗yan suyuqlantirishning ikkinchi bosqichi — grafitlovchi
yumshatish — maxsus pechlarda amalga oshiriladi va 30—40 soat davom etadi.
Ferritli bolg‗alanuvchan cho‗yan olish uchun quymalarni o‗ziga xos yumshatish
rejimi quyidagi operatsiyalarni o‗z ichiga oladi: 930—1050 °C gacha qizdirish,
grafitlashning birinchi bosqichi to‗la tugallanmaguncha shu temperaturada saqlab
turish, 760 °C gacha oraliq sovitish (ya‘ni kritik temperaturalar intervalidan biroz
yuqori), ko‗pi bilan 5 °C/soat tezlik bilan 700 °C gacha nazorat qilinuvchi sovitish
(ya‘ni butun kritik temperaturalar orqali yoki perlitni parchalanishi uchun shu
temperaturaning o‗zida tegishlicha saqlab turish), 550—600 °C gacha sovitish
(sekin, so‗ngra esa «oq siniq» hosil bo‗lishining oldini olish uchun tez).
303
Do'stlaringiz bilan baham: |