O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

5.4. Legirlangan cho‘yan olish 
Legirlangan cho‗yan suyuqlantirishning asosiy xususiyati — qo‗llanilayotgan 
suyuqlantirish metodlari sharoitlarida oksidlanishga turlicha moyil bo‗lgan 
legirlovchi elementlarni kiritishdan iborat. 
Kam legirlangan cho‗yanlarni suyuqlantirish vagrankalarda va elektr pechlarda 
amalga oshiriladi. Legirlovchi elementlarni ikkita usulda kiritish mumkin: a) 
tabiatda legirlangan cho‗yanlarni shixtalab va b) ferroqotishmalar qo‗shib. 5.2- 
jadvalda legirlovchi elementlarni kiritish bo‗yicha asosiy tavsiyalar keltirilgan. 
Tarkibida Ct va Ni bo‗lgan, kam legirlangan konstruksion cho‗yanlar olishda 
ЛХН1—ЛХН10 markali (1% gacha Ni va 2,3— 3,2% Cr) quyma ko‗rinishidagi 
tabiatda legirlangan cho‗yanlardan foydalaniladi. Kam legirlangan cho‗yanlarga 
titan va mis БТМЛ ti pidagi tabiatda legirlangan cho‗yanlar bilan kiritiladi. 
Masalan, 
dvigatellarning 
gilzalari 
uchun 
kam 
legirlangan 
cho‗yanni 
dupleks-jarayon vagranka—elektr pechi vositasida suyuqlantirib olishda vagranka 
shixtasida legirlovchi elementlarning dastlabki miqdoriga qarab 7 dan 10% gacha 
ЛХН va БТМЛ dan foydalaniladi. Suyuq cho‗yan vagrankadan elektr pechga qayta 
quyiladi, bu pechda u o‗ta qizdiriladi va, agar zarur bo‗lsa, kimyoviy tarkibi 
korrektirovka qilinadi. Pechdan chiqarib, kovshga quyish vaqtida cho‗yan 
ferrosilitsiy bilan modifikatsiyalanadi. Ko‗p legirlangan cho‗yanlarni suyuqlantirish 
o‗ziga xos xususiyatlarga ega, lekin barcha hollarda uni elektr pechlarda 
suyuqlantirilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
5.2- jadval 
Legirlangan cho‘yanlarni suyuqlantirishda legirlovchi 
elementlarni kiritish
bo‘yicha tavsiyalar 
Legir-
lovchi 
element 
Legirlanish 
darajasi 
Legirlovchi 
qo‗shimchalar 
Kiritish 
usuli 
Suyuqlan- 
tirish usuli 
O‗zlash- 
tirish koef-ti 








304 
Cr 
Past 
Tabiatda 
legirlangan 
cho‗yan 
Shixtaga 
Vagranka, 
elektr pechi 
0,8-0,9 
O‗rtacha va 
yuqori 
Ferroxrom 
-//- 
Suyuqlan- 
tirish 
oxirida 
pechga 
Vagranka 
Elektr pechi 
0,8-0,85 
0,9-0,95 
Ni 
Past 
Tabiatda 
legirlangan 
cho‗yan LXN 
Shixtaga 
Vagranka, 
elektr pechi 
0,9-0,95 
O‗rtacha va 
yuqori 
Ferro nikel 
ligaturalar, 
barcha 
markadagi metall 
nikel 
-//- 
-//- 
Vagranka 
Elektr pechi, 
vagranka 
0,88-0,92 
0,92-0,96 
Cu 
Past 
Tabiatda 
legirlangan 
cho‗yan 
Shixtaga 
Vagranka, 
elektr pechi 
0,9-0,95 
O‗rtacha va 
yuqori 
Barcha 
markadagi 
metall 
mis 
-//- 
-//- 
Elektr pechi, 
vagranka 
0,9-0,95 
Ti 
Past 
Past va 
o‗rtacha 
Tabiatda 
legirlangan 
cho‗yan 
Ferrotitan 
Shixtaga 
Suyuqlan- 
tirish 
oxirida 
pechga yoki 
kovshga 
Vagranka, 
elektr 
pechi 
Elektr 
pechi 
0,6-0,7
0,45-0,55 


305 
Mo 
Past va 
o‗rtacha 
Ferromolibden 
-//- 
Elektr 
pechi 
0,92-0,97 
Al 
Past 
Metall 
aluminiy 
Kovshga 
Elektr 
pechi, 
vagranka 
0,7-0,75 
Yuqori 
-//- 
Suyuqlan- 
tirish 
oxirida 
pechga yoki 
kovshga 
Elektr 
pechi 
0,7-0,75 

Past 
Ferrovolfram 
Kovshga 
Vagranka, 
elektr 
pechi 
0,92-0,96 
O‗rtacha 
Ferrovolfram 
Suyuqlan- 
tirish oxi- 
rida elektr 
pechga 
Elektr 
pechi 
0,92-0,96 

Past 
Ferrovanadiy 
Kovshga 
Elektr 
pechi, 
vagranka 
0,88-0,92 
O‗rtacha 
Ferrovanadiy 
Suyuqlan- 
tirish 
oxirida 
pechga 
Elektr 
pechi 
0,88-0,92 


306 
5.5. Quymalar uchun yuqori sifatli po‘lat olish texnologiyasi 
Quymadagi po‗latning sifati uni olish texnologiyasiga sezilarli darajada bog‗liq 
bo‗ladi. Texnologiya metallmas qo‗shilmalarning miqdori, tarkibi, shakli va 
taqsimlanishini aniqlaydi. Po‗latning sifatiga uning tarkibidagi oltingugurt, fosfor, 
kislorod, azot va vodorod katta ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun tayyorlash 
texnologiyasi zararli aralashmalar miqdorining juda kam bo‗lishini, metallmas 
qo‗shilmalarning eng kam zararli shaklini va talab etilgan strukturani ta‘minlashi 
kerak. 
Yuqori sifatli po‗lat olish jarayoni uchta bosqichdan iborat: suyuqlantirish, 
pechdan tashqarida ishlov berish va termik ishlash. Quymadagi po‗latning sifati 
shixta sifatiga bog‗liq bo‗ladi. Kislotali jarayonda shixta tarkibidagi zararli 
aralashmalar miqdorining juda oz bo‗lishini ta‘minlash ayniqsa muhimdir, chunki u 
pechdan oltingugurt va fosforni chiqarib yuborishga imkon bermaydi. 
Suyuqlantirish jarayonida po‗latning sifatiga oksidlash davri (qaynash jadalligi 
va uning davom etishi, shlakning tarkibi) va qaytarish davri (uning davom etishi, 
shlak tarkibi, oksidsizlantirgichlar hamda modifikatorlarning tarkibi va miqdori) 
rejimlari ta‘sir qiladi. 
Po‗latning sifatini yaxshilashda po‗latni modiflkatsiyalash, zararli aralashmalar 
miqdorini kamaytirish va metallmas qo‗shilmalarning miqdori, tarkibi, shakli 
hamda taqsimlanishiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatishga imkon beruvchi pechdan tashqarida 
ishlov berish usuli katta ahamiyatga ega. 
Shunga o‗xshash, lekin po‗latning sifatiga ancha chuqur ta‘sir ko‗rsatishni 
maxsus elektr metallurgiya metodlari ta‘minlaydi. Bu metodlar yuqori sifatli po‗lat 
quymalar olishda keng qo‗llaniladi va po‗lat quymakorligida foydalana 
boshlanmoqda. 
5.2- rasmda quyiladigan po‗lat sifatini yaxshilash uchun qo‗llaniladigan 
pechdan tashqarida ishlov berish va elektr metallurgiya asosiy usullarining 
klassifikatsiyasi keltirilgan. Pechdan tashqarida ishlov berishning eng oddiy turi 
modifikatsiyalashdir. Modifikatsiyalangan uglerodli po‗lat xossalari bo‗yicha 
tejamli legirlangan po‗latlarga, modifikatsiyalangan tejamli legirlangan po‗lat esa 


307 
qimmatbaho va nodir qo‗shimchalar (Ni, Mo va shunga o‗xshashlar) bilan 
legirlangan po‗latlarga yaqinlashadi. Ishqor hosil qiladigan va ishqoriy- yer metallar 
bilan modiflkatsiyalash po‗latning xossasini sezilarli darajada yaxshilashga imkon 
beradi. RZE silitsidlarning ittriy bilan ishlatishi, ayniqsa, samaralidir. Kompleks 
modifikatorlarning kiritilishi oksidsiz- lantirish, tozalash va modifikatsiyalashni 
amalga oshirishga imkon beradi, chunki RZE po‗latning asosiy komponentlariga 
nisbatan oltingugurt va kislorodga yuqori darajada kimyoviy yaqin bo‗ladi. Po‗lat-
ning sifatiga nitrid hosil qiluvchi modifikatorlar jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‗p 
modifikatorlar metallmas qo‗shilmalarning globulizatsiyalanishiga yordam beradi. 
Bu jihatdan eng samaralasi kalsiy va RZE dir. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish