O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

Quymakorlikda 
elektr 
shlak 
yordamida 
qayta 
suyuqlantirish 
(ESHQS)ning sanoat texnologiyasi.
ESHQdan suv bilan sovitiladigan 
kristallizatorlarda bevosita shakldor quymalar olish uchun foydalaniladi. Elektr 
shlak yordamida quyish (ESHQ) deb ataladigan bu metod o‗zida elektr shlak 
yordamida qayta suyuqlantirish (yuqori sifatli metall olish) va quyish (murakkab 
shakldagi buyumlar olish) afzalliklarini muvaffaqiyatli mujassamlantiradi. Elektr 
shlak yordamida quyishda odatdagi quyishdan farqli o‗laroq, quyish qolipi bilan 
birlashgan agregatda suyuq metallning uzluksiz tayyorlanishi hamda sarflanishi 
ta‘minlanadi. 
Suyuq metallning quyish qolipi bilan o‗zaro ta‘sirlashmasligi, shlak vannasi esa 
suyuqlantirish vaqtida uni himoyalagich bo‗lib xizmat qilishi — elektr shlak 
yordamida quyishning katta afzalligi hisoblanadi. Elektr shlak yordamida quyishda 
jarayonning ikkita asosiy sxemasi qo‗llaniladi. Birinchi sxema bo‗yicha (5.3- a 


313 
rasm), po‗lat quymani, quymada elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishda 
bo‗lganidek (joylashishi bo‗yicha metall elektrod quyilgan buyum bilan o‗qdosh 
bo‗lganda), bevosita quyish qolipida suyuqlantiriladi va kristallizatsiyalanadi. 
Ikkinchi sxema bo‗yicha (5.3- b rasm), quyma suyuq metallni suyuqlantirish 
sig‗imidan (idishidan) suv bilan sovitiladigan qolipga uzluksiz qayta quyish bilan 
olinadi. Bunda suyuqlantirish sig‗imi qo‗zg‗almas, quyish qolipining metall bilan 
to‗lishiga qarab, unga nisbatan siljiydi. Qayta quyish natijasida suyuq metallning 
tozalanish darajasini oshirishga, chunonchi, uning gazdan tozalanishini 
jadallashtirishga, jumladan, vodorodni chiqarib yuborishga ham erishiladi. Metallni 
qayta quyish murakkab va turli- tuman shakldagi quymalar olish bo‗yicha elektr 
shlak yordamida quyish (ESHQ) imkoniyatini sezilarli darajada kengaytiradi. 
Bundan tashqari, bimetall, umuman olganda esa ko‗p qatlamli quymalar olish 
imkoniyati paydo bo‗ladi. 
Elektr shlak yordamida quyishda quyma pribil (qo‗shilish) qismisiz bo‗ladi, 
chunki kristallanish sharoitlari kirishish kovaklari va o‗q bo‗yicha g‗ovaklikning 
hosil bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydi. Suyuqlantirish agregatining quyish qolipi bilan 
birlashtirilishi litnik sistemasiga metall sarflanishiga yo‗l qo‗ymaydi. Ichki 
bo‗shliqlar hosil qilish uchun quymalarda, odatda quyish qolipi sterjeni rolini 
o‗ynaydigan qo‗zg‗al- mas dronlardan foydalaniladi. Elektr shlak yordamida quyish 
jarayonlari yuqori bosim ostida ishlaydigan detallarni quyish uchun keng 
qo‗llaniladi (5.3- d rasm). 
Elektr shlak yordamida quyish texnologiyasi quyidagi operatsiyalarni o‗z ichiga 
oladi: sarflanadigan elektrodlarni shay qilish, pechni tayyorlab qo‗yish, flusni 
tayyorlash, start va stabillash, qayta suyuq lantirish, quymaning yuqori qismini 
shakllantirish (xot- topping [48]), kristallizatorda sovitish va quymani chiqarib 
olish. Bu — quyma pechdan «chiqarib olinadigan» yagona jarayondir. 
Sarflanadigan elektrodlarni tayyorlash uchun metall odatdagi po‗lat 
suyuqlantiriladigan pechlarda suyuqlantirib olinadi. Elektrodlar tayyorlashning eng 
ilg‗or usullaridan biri — uzluksiz quyib chiqishdir. Sarflanadigan elektrodlarga 
qo‗yiladigan texnik shartlarda kimyoviy tarkib, dastlabki metallni suyuqlantirib 


314 
olish texnologiyasi, elektrod yuzasiga qo‗yiladigan talablar, egri chiziqlilik hamda 
qalinligining turlicha bo‗lishiga qo‗yimlar aytib o‗tiladi. 
Suyuqlantirish qattiq yoki suyuq holatda bo‗lishi mumkin bo‗lgan startdan 
boshlanadi. Qattiq startda shlak vannasi hosil qilish bevosita kristallizatorda start 
ekzotermik aralashmasini suyuqlantirib bajariladi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish