Aim.uz
Tabiiy gaz. Uning qayta ishlanishi. Undan monomerlar sintez qilish.
Polietilen va polipropiien olish texnologiyasi
Reja:
1. Suyuq xomashyoni boyitish
2. Gazsimon xomashyolarni boyitish
Tayanch suz va iboralar:Gazsimon va suyuq yoqilg`ilar, Suyuq xomashyo
Suyuq xomashyoni boyitish
Suyuq aralashmalarning (eritmalar) tarkibidagi moddalarni bug'lantirish, muzlatish, to'yintirish, komponentlarni cho'kmaga tushirish, ekstraksiyalash yoki retifikatsiyalash orqali ajratadilar yoki konsentrlaydilar.
Bug'lantirish, kislotalar, asoslar, tuzlar va mineral o'g'itlar tarkibidagi suvni yo'qotish uchun qo'llaniladi. Muzlatish bilan odatda qish paytlarida tabiiy sho'robalar konsentrlanadi. Ko'pgina Kimyoviy ishlab chiqarishlarda dastlabki va aylanma eritmalar foydali komponentlar bilan to'yintiriladi. Masalan, tabiiy sho'robalarda osh tuzini eritib to'yintiriladi va soda ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo sifatida foydalaniladi. Glinozyom ishlab chiqarishda osh tuzi elektrolizida aylanma eritma to'yintiriladi.
Neft кimyosi ishlab chiqarishida va organik sintezda suyuq aralashmalarni ajratishda, asosan, suyuqliklarda ekstraksiyalash va rektifikatsiyalash keng qo'llaniladi. Suyuqliklarda ekstraksiyalash bir-biri bilan aralashmaydigan suyuqliklar yordamida eritma tarkibidagi komponentlarda birini yoki bir nechtasini selektiv (tanlab) eritish orqali ajratiladi.
Bunda eritib oluvchi — selektiv erituvchi eritma bilan ikki qatlam hosil qiladi. Shundan foydalangan holda, ular ajratib olinadi, erituvchi haydaladi va yana erituvchi sifatida ishlatiladi, erituvchidan sulda aralashtiriladi.
qolgan moddalar esa aralashmalar sifatida alohida olinadi. Masalan, nitrobenzol, furfural yoki boshqa qutbli erituvchilar yordamida surkov moylari turii zararli aralashmalardan tozalanadi.
Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, moy kislotalari va boshqa ko'pgina organik
2. Gazsimon xomashyolarni boyitish
Gazsimon aralashmalar quyidagi usullar yordamida ajratiladi:
1) ketma-ketlik bilan kondensatsiyalash (sekinlik bilan haroratni pasaytirib, bosimni esa oshirib borish orqali gazlarni suyuq holga o'tkazish);
2) suyultirilgan gazlar aralashmasini ketma-ketlik bilan bug'lantirish yoki rektifikatsiyalash;
3) absorbsiyalash va desorbsiyalash;
4) absorbsiyalash va desorbsiyalash.
Ketma-ketlik bilan kondensatsiyalash usuli gazlar aralashmasi komponentlarining suyuqlanish haroratlari har xilligiga asoslangan. Bu usul bilan qattiq Yoqilg’ilarni kokslashda foydalamladi. Hosil bo'luvchi uchinchi mahsulotlarni, tabiiy gazni, neftni qayta ishlashda hosil bo'lgan gazlar qayta ishlanadi.
Keng qo'llaniladigan usullardan biri adsorbsion — desorbsion usuldir. Bu usulda gaz aralashmasi tarkibidagi komponentlardan biri sovuq yo erituvchida tanlab yuttiriladi. So'ngra absorbsiyalangan gaz eritmani qizdirish yo'li bilan ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |