xomashyoni tayyorlash (fenolni suyuqlantirish),
tozalash,
xomashyoni va katalizatorni reaktorga solish,
smolani kondensatlash (pishirish) smolani quyib olish va quritish,
smolani sovitish va unga so'nggi ishlov berish kabilardan iborat.
- rasmda novolak smolasini olish qurilmasining uzluksiz usulisxemasitasvirlangan. Barcha dastlabki moddalar 95-98°Cgacha taxminiy qizdirilib, reaktor kalonasining (2) birinchi bo'lmasiga uzluksiz tushib turadi. Reaksion aralashma yuqoridagi shtuser (sirti rezbali kalta quvurcha va quyuvchi quvurlar orqali ketma-ket barcha seksiyalarga qo'yiladi. Har bir seksiya yakor tipidagi aralash-tirgich (2) bilan ta'minlangan bo'lib, to'liq aralashtirgich rejimida ishlaydi. Aralashtirgichlar umumiyo'qqa mahkamlangan va umumiy dvigatel (5) bilan aylanadi. Dastlabki komponent-lardan uchib chiqqan bug'lar sovitgichda kondensatlanib (6), kolonnaning birinchi seksiyasiga qaytariladi. Reaktorning ostki seksiyasidan olingan massa uzluksiz separatorga (7) tushadi, smola smola usti suyuqligidan ajralib quritish apparatiga jo'natiladi, u yerdan sovituvchi barabanga va undan transporterga o'tadi.
Sovitilgan smola kompozitsiyasi tayyorlash sexiga boradi.
Termoreaktiv yoki rezol smolalar, aksincha ortiqcha farmaldegid (6 mol C6H5OH ga 7 mol CH20) olinganda hamda ishqoriy katalizatorishtirokida(NH4OH,NaOH) hosil bo'ladi. Ishqor fenolni aktiv fenolyat ioniga aylantirishyo'li bilan reaksiyani katalizlaydi, qaysiki, u formaldegid bilan o'zaro ta'sirlashib o- va n- oksime-tilfenollar va o-, n- di oksimetilfenollarga aylanadi. Bular esa qizdirilganda uch o'lchamli strukturaga aylanadi.
Polimerlanish reaksiyasi asosida olingan smolalarga (polimerlarga): polietilen, polistirol, polipropilen, polivinilxlorid, politetraftoretilen, poliakrilatlar, polivinilasetat va boshqalar kiradi. Bu smola asosida olinadigan plastmassalar termoplastik tarkibida to'ldirgich miqdori kam, Yaxshi dielektrik xossasiga ega, agressiv muhitga chidam-li, turli usullar bilan (presslash, quyish, ekstruziya, puflash, vakuumda shakl berish, qoliplash (shtamplash), ko'pirtirish, payvandlash, mexanik ishlov berish) shakl berish mumkin bo'ladi.
Uning nuqsonU shaklllari (brak) va chiqindilari qayta ishlanib, yana buyumga aylantiriladi. Bu sinf plastmassalarining kamchiligi bular tashqi kuch ta’sirida yoyiluvchan bo'lishi, haroratga chidamsizligi, tez eskirishi va hokazo.
Nazorat savollari
1. Qattiq yoqilgini qayta ishlash
.2. Yoqilg’ining taxminiy tarkibi
3.Yoqilgilarni Kimyoviy qayta ishlash
4. Piroliz nima?
5.Yarimkokslash nima?
6.Yarimkoks nima?
7.Gazsimon xomashyolarni boyitish
. Plastik massalar hakida tushunsha
2.Poliformaldegid ishlab chiqarish
3.Termoplastik (novolak) smolalar
4.Termoreaktiv yoki rezol smolalar
5. Polimerlanish smolalari va ular asosidagi plastmassalar
Do'stlaringiz bilan baham: |