Ijtimoiy himoyaning o’rni va ahamiyati Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ijtimoiy himoyani moslashtirishning taxminiy asoslari



Download 211,08 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2022
Hajmi211,08 Kb.
#520023
  1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi moliya (копия) (копия)


Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ijtimoiy himoyating ahamiyati
Reja
Kirish
1 Ijtimoiy himoyaning o’rni va ahamiyati
2 Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ijtimoiy himoyani moslashtirishning taxminiy asoslari
3 Mamlakatimizda ishtimoiy ximoyani moliyalashtirishni takomillashtirish yo’llari
Kirish
1 Ijtimoiy himoyaning o’rni va ahamiyati- keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, alomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Rivojlangan demokratik jamiyatda I.h. vazifalarini bajarishni davlat oʻz zimmasiga oladi. "I.h." tushunchasi birinchi marta 1935-yilda AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik boʻyicha qonun" ida qoʻllanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda I.h. ning koʻpgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda koʻp. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.
Turli mamlakatlarda aholini I.h. tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy taʼminot tizimi kabi omillarga bogʻliq holda amal qiladi.
Oʻzbekistonda Id. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga oʻtish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, oʻzlikni anglash, eʼtiqod va anʼanalarning tiklanishi I.h. tizimiga muhim yangilik boʻlib qoʻshildi.
Oʻzbekistonda aholini I.h. qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yoʻnalishlardan biriga, yaʼni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H- siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat Oʻzbekistonning oʻz istikdol va taraqqiyot yoʻlining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Respublikada I. h.ning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. I.h. tamoyillari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda oʻz aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan taʼminlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik koʻrsatkichi — 0,5—0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va oʻrta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qoʻl kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar isteʼmolchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini taʼminlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, soʻmning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini oʻrnatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish I.h. ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bogʻliq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.
Oʻqish, bilim olish, kasb tanlash Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi asosida tubdan yangilanmoqda. Taʼlimga ajratilgan mablagʻlar keyingi 7 yil (1995—2002-yillar) ichida yiliga yalpi ichki mahsulotning 7,1—7,76% ini, ajratilgan mablagʻ byudjet hara-jatlarining 21,77—24,12 %ini tashkil etdi. Bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Tibbiyotda oʻtkazilayotgan islohotlar natijasida aholiga sogʻliqni sakdash sohasida koʻrsatiladigan xizmatlar samaradorligini koʻtarish choralari amalga oshirildi. Inflyasiyata qarshi choralar ham I.h. da muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda uning oʻrnini toʻla qoplash mumkin boʻlmasa ham zarar kuchini pasaytirish maqsadida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirilmoqda (1998-yilda - 50%, 2000-yilda - 60% va 2002-yilda - 30%).
Bozor munosabatlariga oʻtish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi I.h. qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla markaziy oʻrinda turadi. 1999-yilda ushbu tizim orqali kam taʼminlangan oilalar — jami 3 mln. kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar — 6,5 mln. dan optik, kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashil qiladi. Bu sohada I.h., asosan, kam taʼminlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining baʼzi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolgʻiz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va b. asosida amalga oshiriladi.
Respublika Prezidentining "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga (1994-yil 23 avg .) koʻra, voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan koʻp bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yoʻqotganlarning oilalari, yolgʻiz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalar davlatning alohida otaligʻiga olindi, 2002-yil 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida oʻqiyotgan 18 yoshgacha farzandi boʻlgan oilalar hisobiga kengaytirildi.
Bulardan tashqari Oʻzbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning oʻzaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam taʼminlangan koʻp bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi.
Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. I.h. doirasida 1998-yil "Oila yili", 1999-yil "Ayollar yili", 2000-yil "Sogʻlom avlod yili", 2001-yil "Bolalar yili", 2002-yil "Qariyalarni qadrlash yili" deb eʼlon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud I.h. muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995-yilda byudjet harajatlarining 21,8%, 2000-yilda 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999-yildan boshlab YAIM oʻsishi aholi oʻsishi surʼatidan ustun boʻlishiga erishildi. Bu turmush darajasi oʻsishining va I.h. rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999-yil) tashkil etdi.
"Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud boʻlgan I.h. va ijtimoiy yordam, pensiya taʼmino-ti, bolalarga nafaqa toʻlash, yolgʻiz kek-salarga xizmat koʻrsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yoʻla (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
2007-yilning “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda aholini ijtimoiy himoya qilish ko‘lamlarini yanada k
engaytirish va kuchaytirish, aholining muhtoj toifalari va oilalarga, nogironlar va yolg‘iz keksalarga aniq, tabaqalashtirilgan tarzda

yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish, aholi daromadlari darajasidagi farqlarning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, jamiyatda hamjihatlik, ezgulik va mehr-shafqat muhitini qaror toptirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida:


1. Quyidagilarni ko‘zda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
amaldagi ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga, aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga yordam ko‘rsatishda tabaqalashgan tarzda yondashishga qaratilgan yangi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amaldagi shunday hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish;
“Mehribonlik” uylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, boquvchisidan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risida e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, “Sen yolg‘iz emassan” maqsadli vazifasini hayotga aniq tatbiq etish;
aholining nochor qatlamlari – muhtoj oilalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalarni aniq ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalda joriy etish;
jismoniy va ma’naviy jihatdan sog‘lom avlodni kamol toptirish chora-tadbirlarini yanada chuqurlashtirish, onalik va bolalik to‘g‘risida g‘amho‘rlikni kuchaytirish, ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni takomillashtirish va “Sog‘lom ona – sog‘lom farzand” harakatini har tomonlama rag‘batlantirish, jumladan maktablarning yuqori sinflari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlari yoshlari o‘rtasida tushuntirish ishlari va fakultativ mashg‘ulotlar o‘tkazish;
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va munosib baholash mexanizmini takomillashtirish, ularning mehnatini, shuningdek umuman ijtimoiy soha xodimlari mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish darajasini oshirish;

yosh avlodning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning kasb mahorati hamda ma’naviy o‘sishini moddiy va axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazishni va sport bilan shug‘ullanishini tashkil qilish, hayotga qadam qo‘yayotgan yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini tayyorlash va amalga oshirish;


faxriylar va pensionyerlarga yordam ko‘rsatish darajasini yanada oshirish, ularning davlat va jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, muhtojlarga beg‘araz yordam berish.
2. “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 12-dekabrdagi F-2632-sonli Farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Respublika komissiyasi a’zolaridan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturining asosiy bo‘limlarini amalga oshirish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Kengash tashkil etilsin.
3. Respublika komissiyasi va “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Kengash (Sh.M.Mirziyoyev):
ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir idora, aholi punkti, tuman, shahar va mintaqa bo‘yicha “Ijtimoiy himoya yili” hududiy va tarmoq dasturlarining ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlasinlar;
respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari darajasida ushbu Dasturning bo‘limlari va bandlari to‘liq hamda so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etsinlar, Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsinlar;
“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi bilan tasdiqlangan topshiriqlarning bajarilishi to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot taqdim etib tursinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida va tumanlar (shaharlar)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari boshchiligida Dasturni amalga oshirish bo‘yicha tegishli komissiyalarni tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin, ular zimmasiga Dastur tadbirlarining so‘zsiz va to‘liq amalga oshirilishi ustidan har oylik monitoring va qat’iy nazorat olib borish vazifasi yuklansin.
5. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari jamiyatda ezgulik va muhribonlik muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan holda “Ijtimoiy himoya yili”ning maqsadlari va ahamiyatini keng ko‘lamda tushuntirish, tadbirlarning amalga oshirilishini, shu jumladan davlat tashkilotlari va mahalliy hokimiyat organlari, ijtimoiy va nodavlat xayriya tashkilotlari, ijtimoiy ta’minot muassasalari, shuningdek ayrim fuqarolar, mahallalar, korxona va tashkilotlar jamoalari qo‘shayotgan aniq hissani muntazam yoritib borishni ta’minlasinlar.



Download 211,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish