Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar



Download 45,34 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi45,34 Kb.
#669091
  1   2
Bog'liq
MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUV TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR



MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUV TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlarning turmush darajasini muvofiqlashtirish maqsadida davlat yo‟li bilan boshqarishning ko‟pdan-ko‟p usullari va uslublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori doimo o‟zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya to‟lovlari tarzidagi bevosita pul to‟lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzidagi to‟lovlarni joriy qilish usuli keng qo‟llanildi1.


Prezident I.A.Karimov o‟z nutqlarida "Tariximizga kirib kelayotgan buyuk marra munosabati bilan o‟tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatiz qiyofasi qanday o‟zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‟naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‟lida qanday sur'atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‟ilmoqda"2, - deb ta'kidlab o‟tgan.
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minot tizimini takomillashtirish va bu sohada davlat boshqaruvini oqilona tashkil etish maqsadida tashkiliy - ma'muriy islohotlar ham amalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat va notijorat ijtimoiy jamg‟armalar tashkil etildi.
O‟zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashda davlat bilan bir qatorda bir qancha ijtimoiy jamg‟arma va tashkilotlar ham samarali faoliyat olib bormoqda. Ijtimoiy jamg‟armalar yoki yuridik shaxslar tomonidan ihtiyoriy ravishda mulkiy ulush qo‟shish orqali shakllantirilgan tashkilotlar bo‟lib, ularning asosiy maqsadi hayriya, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy faoliyat yuritish orqali jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga hissa qo‟shishdan iboratdir. Mamlakatimizda qonun doirasida faoliyat yuritayotgan, adliya vazirligidan ro‟yxatdan o‟tgan ijtimoiy jamg‟armalar soni ellikdan oshadi. Ijtimoiy jamg‟armalar o‟z faoliyatlari orqali ijtimoiy barqarorlikni va taraqqiyotni ta'minlashga samarali ta'sir ko‟rsatadi3.
Aholining ijtimoiy himoyalanishiga muntazam e'tibor berar ekan, respublika hukumati islohotlarning birinchi bosqichidagi tajriba asosida inson va oila hayotining barcha sohalarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning butun bir tizimini shakllantirishga erishdi. Aytish mumkinki, mustaqillik yillarida narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi keskin ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‟rtacha darajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng muhim yo‟nalishlardan biri bo‟lib keldi va hozirgi kunda ham shunday bo‟lib qolmoqda. Bu yo‟nalish aholining barcha tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlarning dastlabki davrida keng miqyosda qo‟llanildi. Boshqa mamlakatlardan farqli o‟laroq, O‟zbekistonda daromadlar nisbatini o‟zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg‟arma banklaridagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o‟zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko‟rib chiqish yo‟li bilan amalga oshirildi. 1995-yilda Respublika davlat byudjetining 29,3 % ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi esa ijtimoiy himoyaga ajratildi1.
1992-1996-yillarda non va go‟sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o‟simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transport xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman saqlab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turlicha bo‟lgan oilalar bulardan bir qadar foydalanish imkoniyatiga ega bo‟ldi. Islohotlarning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko‟pgina mamlakatlarida aholining asosiy qismi yoppasiga qashshoqlashgan bir paytda O‟zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‟ldi. Odamlarning islohotlarni jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq "eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo‟ldi. Korxonalarning o‟z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‟rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi byudjet mablag‟lari hisobidan qoplanib turildi.
Keng iste'mol mollari va xizmatlarning ko‟pgina qismi bo‟yicha narxlardagi tafovutlarning o‟rni qoplandi. Shu bilan birga qo‟shimcha ijtimoiy imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, boshlang‟ich sinf o‟quvchilari va yolg‟iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo‟lgan bolalar uchun bepul ovqat, maktab o‟quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar berildi. Shuningdek, ko‟pgina toifadagi fuqarolarga turarjoyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba'zi turdagi kommunal xizmatlar haqini to‟lashda yengilliklar joriy etildi va hokazo"1.
1994-yilga kelib O‟zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‟zgartirildi. Ijtimoiy ko‟mak berishning mutlaqo yangi ilg‟or tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, mamlakatimizning kelajagi hisoblanmish bolalar va kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‟luvchi asosiy kishilar bo‟lib qoldi. Endi hamma nafaqalar va moddiy yordam faqat oila orqali yetkazib beriladigan bo‟ldi. Oila asosiy mavqega ega bo‟ldi. Bunday yondashuv umuminsoniy qadriyatlarga, milliy an'analarga va ruhiyatga mos keladi, fuqarolar jamiyatining ijtimoiy tashkiloti tizimida oila egallaydigan o‟rniga muvofiq keladi2.
Ijtimoiy ko‟maklashuvning yangi tizimida farzand tug‟ilganda, bir yo‟la beriladigan to‟lovlar saqlab qolinishi bilan birga nafaqalar va imtiyozlarning quyidagi turi ham amalga oshiriladigan bo‟ldi. Masalan, birinchidan, bola boquvchi onalarga to‟lanayotgan nafaqaning miqdori ko‟paytirilibgina qolmay, uning muddati ham uzaytirildi. Ilgari bunday yordam bir yarim yilgacha to‟langan bo‟lsa, endi bu muddat uch yilgacha uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamaydigan onalar ham, bu nafaqadan foydalanadigan bo‟ldilar.
Masalan 1995-yil ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‟ning 3 foizi onalarga ikki yoshgacha farzandlarini parvarish qilish uchun ajratildi. Boshqa davlatlardan farqli o‟laroq O‟zbekistonda bu nafaqa ish haqining eng oz miqdoriga bog‟liq qilib qo‟yildi. Bu avval boshdanoq pulning qadrsizlanishi oshganda nafaqalarning ana shu turining indeksatsiyalanishini ta'minlaydi. Bolalarga beriladigan yigirmadan ziyod turli nafaqalar o‟rniga 1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Masalan, 1995-yilda ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‟ning 51 foizi oilalarga ularning farzandlariga ikki yoshga to‟lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratildi1.
Davlat tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalashga qilinadigan sarfxarajatlarning bir qismini oilalarga kompensatsiya tarzida beribturildi, ayni vaqtda ota-onalarning mas'uliyati kuchaytirildi. Beshta va undan ko‟proq bolali oila uchun nafaqaning eng ko‟p miqdori avvaliga eng kam ish haqining yarmi miqdorida,
1996-yilga kelib eng kam ish haqining to‟la stavkasi darajasida belgilab qo‟yildi.
Aholining kam ta'minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta'minlash doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. 1997-yil sentabr oyidan boshlab, har yili 1-sinf o‟quvchilariga bepul o‟quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta'minlangan oilalarning boshlang‟ich sinflarda o‟qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‟lga qo‟yildi2.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, istiqlol yillarida eng kam ish haqi va boshqa to‟lovlar odatda, oldindan ko‟paytirib kelindi, narx-navo o‟zgarishi bilan bog‟lab olib borildi, bu esa aholining to‟lov qobiliyati saqlanib qolishini ta'minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‟l qo‟ymadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‟yicha ishchi va xizmatchilarning oylik o‟rtacha ish haqi birgina 1996-yil dekabriga kelib, 1995-yil dekabriga nisbatan 2,6 barobarga o‟sdi.Daromadlar miqdorini o‟zgartirish orqali aholini ijtimoiy himoyalash choratadbirlari tizimida 1993-yilda joriy etilgan yangi Yagona tarif setkasi ham aholi ijtimoiy himoyasida katta ahamiyatga ega bo‟ldi. Bu chora barcha toifadagi xodimlarning ish haqi miqdorlarini tarif koyeffitsiyentlari orqali eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‟zaro bog‟lash imkonini berdi3.
Natijada ish haqini oshirish yo‟li bilan aholining o‟rtacha ish haqi, pul daromadlari o‟z-o‟zidan osha bordi. Shu bilan birga respublikaning ichki iste'mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turish chora-tadbirlari ko‟rilganligi ham aholini ijtimoiy jihatdan himoyalashning ikkinchi eng muhim yo‟nalishi bo‟ldi.
1991-1998-yillar mobaynida davlat ixtiyorida bo‟lgan 1 milliondan ortiq kvartiraning 98 foizini fuqarolarning xususiy mulkiga aylantirish jarayonidahar 3 kavrtiraning bittasi urush faxriylari, o‟qituvchilar va ijodkor ziyolilarga bepul berilganini ta'kidlash lozim1.
Respublikada narx-navoni erkinlashtirish sohasida qo‟shni mamlakatlarga nisbatan birmuncha mo‟tadil siyosat o‟tkazilganligi iste'mol bozorini himoyalash zaruratini keltirib chiqardi. Bu O‟zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda nihoyatda muhim edi. Aksariyat respublika ehtiyojlari uchun valyutaga xarid qilingan un, o‟simlik moyi, qand-shakar va boshqa taqchil mahsulotlar respublika tashqarisiga olib chiqib ketilishi hollari yuz berdi2.
Iste'mol bozori barbod bo‟lishiga yo‟l qo‟ymaslik uchun O‟zbekistonda ishlab chiqarish yaxlit tizimini vujudga keltirishga hayotiy muhim masala sifatida qaraldi, mahsulotlarni tashqariga olib chiqib ketilishini bojxonalar orqali qat'iy nazorat qilish va yuqori boj to‟lovlari joriy etish yo‟li bilan amalga oshirildi. Dastlab, murakkab bir paytda iste'mol mollarini sotib olish uchun bir marta, so‟ngra esa ko‟p marta ishlatiladigan kuponlarni muomalaga kiritish, kundalik zarur tovarlarning cheklangan turlarini me'yorlangan tarzda sotishni tashkil etish ko‟zda tutilgan edi. Bu tizim o‟zini to‟la oqladi. U bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmog‟iga barcha zarur oziq-ovqat mahsulotlarini va kundalik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni ta'minlash, ularni iste'mol qilish hajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi. O‟tish davri qanchalik murakkab bo‟lmasin, bu tizim respublikaning barcha aholisiga hayotiy muhim mahsulotlarni iste'mol qilish va xizmatlardan bahramand bo‟lish sohasida ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta'minlab berdi.
Ayni vaqtda respublikada iste'molchilarning manfaatlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o‟tishga tayyorgarlik ishlari olibborildi. Yangi tizimning mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshirishni ko‟zda tutadi. Bunday islohot sharoitida ijtimoiy himoyaning yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqozo etadi. Jumladan, milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki almashuvini ta'minlash sohasida amalga oshirilgan tashkiliy va iqtisodiy choratadbirlarning ko‟rilishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‟ldi.
Mamlakatda ichki bozorni, xalqimiz manfaatlarini faqat baquvvat milliy valyutagina himoya qilishi mumkin, degan qat'iy xulosaga kelindi. Buning uchun milliy valyutamiz, asosan, o‟zimizda ishlab chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, keng eksport faoliyati hisobiga to‟plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan mustahkamlangan bo‟lishi kerak edi.
Milliy valyuta joriy etilgach, islohotlar birinchi bosqichining oxirlariga kelib (1995-yil), oziq-ovqat mahsulotlarini me'yorlangan tarzda sotishdan butunlay voz kechish va erkin narxlarga o‟tish imkoniyati tug‟ildi1.
Erkin narxlarga esa "esankirashlarsiz" o‟tishga muvaffaq bo‟lindi. Buni
O‟zbekistondagi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining muhim natijasi, deb baholash mumkin.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta'minlangan qismini qo‟llab-quvvatlash borasida ko‟rilgan chora-tadbirlar,ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo‟nalishlaridan biri bo‟ldi2.
"Biz, - degan edi I.Karimov, - aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari - pensionerlar, nogironlar, ko‟p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‟quvchi yoshlar, shuningdek, qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilarni himoya qilish davlatning muqaddas burchidir, degan qoidaga asoslanib ish tutdik".
Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi maktablarning muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‟rta maxsus o‟quv yurtlarining professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularning mehnatini rag‟batlantirish maqsadida ularga qo‟shimcha moddiy ne'matlar - kvartira haqi va kommunal to‟lovlar sohasida imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-joy qurib olish uchun yer uchastkalari birinchi navbatda ajratiladigan bo‟ldi. Masalan, o‟qituvchilarning davlat va tashkilotlar tomonidan berilgan uylari bepul xususiylashtirildi. 35 ming 841 kishiga shaxsiy qurilish uchun yer uchastkasi berildi1.
O‟tgan 20 yil ichida aholi yalpi daromadlari 8,6 barobar oshib, uning tarkibida yangi daromad turi - mulkdan, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar ulushi 10,6 foizdan, 47,0 foizga ko‟paydi. Aholi yalpi daromadlarida oylik ish haqining ulushi 30 - 32% darajasida barqaror saqlanib turibdi2.
Davlatning ijtimoiy sohasi uchun sarflangan xarajatlari, aholi jon boshiga hisoblaganda, 5 martadan ko‟proq oshdi, har yili Davlat byudjetining qariyb 60 foizi sog‟liqni saqlash, ta'lim, kommunal xo‟jalik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‟liq boshqa sohalarni rivojlantirish uchun yo‟naltirilmoqda3.
Yana shuni aytish o‟rinliki, Mustaqillik yillarida o‟quvchi yoshlarni ijtimoiy himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‟qib, bilim olish uchun zarur sharoit yaratishga ham doimo e'tibor berildi. Oliy o‟quv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari o‟quvchilarining, aspirantlarning stipendiyalari shu yillar mobaynida bir necha marta oshirildi.
Bundan tashqari yoshlarni ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari - ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‟shimcha to‟lovlar, maktab oshxonalari va tamaddi xonalari qo‟shimcha xarajatlarining bir qismini byudjet mablag‟lari hisobidan qoplash, jamoat transportida arzon haq to‟lash va boshqa yengilliklar joriy etildi. Milliy an'analarni nazarda tutib, birinchi bor nikohdan o‟tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi belgilandi.
1991-yildan buyon mamlakatimizda onalar va bolalar o‟limi 3 baravar kamaydi. So‟ngi 5 yilda sport bilan shug‟ullanadigan 10-14 yoshdagi o‟g‟il bolalarning bo‟yi o‟rtacha 2,3, qiz bolalarning bo‟yi 2 santimetrga o‟sgani, vazni esa tegishli ravishda 2,6 va 2,9 kilogrammga oshganini ham shu boradagi ijobiy ko‟rsatkichlar sifatida qayd etish mumkin1.
Mamlakatimizda ona va bola salomatligi, yoshlar va oilalar ijtimoiy muhofazasi yo‟lida nodavlat notijorat tashkilotlarning ham o‟rni salmaqli. Hususan, jismonan sog‟lom, ma'nan yetuk, ruhan tetik farzandlar tarbiyalashni ta'minlashni, onalik va bolalikni muhofaza qilishni, oilalarda sog‟lom avlod tug‟ilishi uchun yuksak ma'suliyat psixologiyasini shakllantirishni o‟z maqsadi va sharafli vazifasi deb bilgan "Sog‟lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‟armasi bir qator xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan, respublikamizdan bemor va nogiron bolalarni sog‟lomlashtirish bo‟yicha Jamg‟arma, Sog‟liqni saqlash vazirligi va Germaniyaning "Friyedenzdorf Interneyshnl" xalqaro tashkiloti o‟rtasida tuzilgan 3 tomonlama shartnomaga asosan, 2002-yildan buyon bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolanishga yuboriladi. O‟zaro hamkorlik doirasida o‟tgan davr mobaynida 206 nafar bemor bolalar terining kuyish asoratlari, tug‟ma qo‟l - oyoq bo‟g‟imlari kasalliklari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida sog‟liqlarini tiklab qaytdi. Shuningdek, Germaniyaning mazkur xalqaro xayriya tashkilotining moliyaviy yordami bilan 2004-yildan bugungi kunga qadar yuqori lab va tanglayning tug‟ma nuqsonlari bo‟lgan, kam ta'minlangan oilalardagi bemor bolalar respublikamiz klinikalarida operatsiya qilinib, sog‟lomlashtirilmoqda2.
"Sog‟lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‟armasining bemor va nogiron bolalarni sog‟lomlashtirish bo‟yicha 2008-yildan buyon amalga oshirib kelayotgan dasturlaridan biri bu Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda yurak tug‟ma nuqsoni bo‟lgan bemor bolalarni Janubiy Koreya klinikalarida
sog‟lomlashtirish dasturidir. Ushbu dastur doirasida o‟tgan yillar mobaynida 40 dan ziyod bemor bolalar jarrohlik yo‟li bilan sog‟lomlashtirildi1.
Poytaxtimizda 2011-yil 25-26-noyabr kunlari "O‟zbekistonda ona va bola sog‟ligini muhofaza qilishning milliy modeli: "Sog‟lom ona – sog‟lom bola" mavzusida xalqaro simpozium, 2012-yil 16-17-fevral kunlari "Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti" mavzuidagi xalqaro konferensiyalarning bo‟lib o‟tishi va unda ishtirok etgan yirik tashkilot vakillarining e'tiroflari2 ham yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilganligini ko‟rsatadi.
Bundan tashqari 2013-yil davomida aholi salomatligini muhofaza qilish, sog‟liqni saqlash tizimini takomillashtirish va samarasini oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‟yicha ham ko‟plab ishlar amalga oshirildi.
Tug‟ruq yoshidagi 7 million ayol hamda 7 million 300 ming nafar bola tibbiy ko‟rikdan o‟tkazildi, 195 ming nafar yolg‟iz qariyalar, nogiron va pensionerlarga malakali tibbiy yordam ko‟rsatildi3.
Yil mobaynida mamlakatimiz bo‟yicha 311 milliard so‟mlik byudjet mablag‟i hisobidan 146 ta zamonaviy tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi. Jumladan, Andijon viloyat ko‟p tarmoqli tibbiyot markazida yangi davolash korpusi va diagnostika bo‟limi, bolalar kasalliklari sanatoriysi barpo etildi. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tibbiyot birlashmasi,
Surhandaryo viloyatida ko‟p tarmoqli bolalar va kattalar tibbiyot markazlari, Farg‟ona viloyatining O‟zbekiston va Qo‟shtepa tumanlari tibbiyot birlashmalari va boshqa o‟nlab kasalxonalar tubdan rekonstruksiya qilindi4.
2007-yil 19-martda qabul qilingan O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining "AHolini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‟g‟risida"gi Farmoniga muvofiq "2007 yilning 1 setyabridan: davlat byudjetidan kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam to‟lash uchun ajratiladigan byudjet mablag‟lari hajmini, ayni vaqtda uni tayinlash va to‟lash muddatini 6 oygacha uzaytirgan holda, 1,5 baravarga oshirish"1 ko‟zda tutilgan. Bu esa davlat byudjetidan qo‟shimcha ravishda 10 milliard so‟mdan ortiq mablag‟ ajratishni talab qiladi. Buning hisobidan yil davomida yana 100 ming kam ta'minlangan oila oylik moddiy yordam olish imkoniga ega bo‟ladi. Ayni vaqtda moddiy yordam to‟lash muddati ikki baravar - 3 oydan 6 oygacha uzaytirildi.
Pensionerlar, yolg‟iz qariyalar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‟rsatish xizmati xodimlarini moddiy va ma'naviy rag‟batlantirishga katta e'tibor berilgan. Farmonda tibbiy-ijtimoiy muassasalar xodimlarini moddiy rag‟batlantirish fondi miqdorini 15 foizdan 25 foizgacha oshirish, "Muruvvat" bolalar internat-uylari tarbiyachilari, o‟quv-yordamchi xodimlar va sanitarlar ish haqini o‟rtacha 10 foizga ko‟paytirish belgilab qo‟yilgan. Shuningdek, nogiron bolalar bilan olib boriladigan o‟quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish maqsadida "Muruvvat" internatuylari tarbiyachilari uchun ish me'yori 3 baravar, ya'ni har bir tarbiyachi uchun 15-
18 nafar boladan 5-6 nafar bolaga kamaytirildi, bu esa xalqaro me'yorlarga to‟liq javob beradi.
Mamlakatimizda ishlab chiqilgan umummilliy dasturlarning izchil amalga oshirilishi orqali ijtimoiy soha ob'ektlarining ishga tushirilishida ham muhim natijalar qo‟lga kiritiladi. Jumladan, 2009-yil davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktida ichimlik suv ta'minoti ob'ektlarini rekonstruksiya qilish, obodonlashtrish boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnika bilan ta'minlash, 134 ta ko‟p qavatli uylarni mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi1.
Respublikada har yili davlat byudjetini qabul qilishda ayni ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti ham o‟z nutqida "Biz o‟tgan yillar davomida amalga oshirgan barcha ezgu ishlarimizni davom ettirib, kelgusida ham o‟z tanlagan yo‟limizdan xech qachon ortga qaytmaymiz va Konstitutsiyamizda belgilab berilgan barcha oliyjanob maqsad - muddaolarimizni so‟zsiz amalga oshiramiz"2, - deb ta'kidlab o‟tgan.
2011-yilning birinchi yarmida hududiy dasturlarga muvofiq 520,2 mingta yangi ish o‟rni, shundan 67,8 foizi qishloq joylarda tashkil etildi. Ish o‟rinlarining katta qismi - 331,2 mingtasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, jumladan, 131,8 mingtasi xizmat ko‟rsatish va servis sohasida tashkil qilindi. Kasanachilikning turli shakllarini kengaytirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan esa
125,5 mingta ish o‟rni yaratildi3.
Natijada joriy yilning birinchi yarmida nodavlat sektorda band bo‟lganlar ulushi ish bilan band aholi umumiy sonining 78,1 foizini tashkil qildi. 2010-yilning shu davrida bu ko‟rsatkich 77,1 foiz edi.O‟rtacha ish haqi va pensiyalarning barqaror o‟sishi saqlab qolindi hamda o‟tgan yilning birinchi yarmidagiga nisbatan tegishli ravishda 28,1 va 24,5 foizga oshdi3.
Joriy yilning birinchi yarmida oliy va o‟rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta'lim standartlari hamda dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining turli soha va bilim darajasiga ega kadrlarga bo‟lgan ehtiyojini ta'minlash uchun ularda kadrlarni sifatli tayyorlash ishlari davom ettirildi. Hisobot davrida 3 295 nafar o‟quvchiga mo‟ljallangan 16 ta umumta'lim maktabi qurildi va rekonstruksiya qilindi. 40 dan oshiq o‟quv-laboratoriya binolari va yotoqxonalar kapital ta'mirlandi1.
2013-yilda ijtimoiy himoya sohasiga ajratilgan mablag‟lar davlat byudjeti umumiy harajatlarining 60 foizini tashkil etadi. Bu ko‟rsatkich 2012-yilga nisbatan
1 trillion so‟m ko‟proq mablag‟ sarflanganligini ko‟rsatadi. "2013-yilning o‟zida qishloq ahliga uy – ro‟zg‟or buyumlarini sotib olish uchun qariyb 68 milliard so‟mlik iste'mol kreditlari, yosh oilalarga uy - joy qurish va ularning shu boradagi intilishlarini moliyaviy qo‟llab - quvvatlash maqsadida 346 milliard so‟mdan ortiq, ya'ni o‟tgan yilga nisbatan 10 foiz ko‟p ipoteka kreditlari ajratilganini ta'kidlash zarur"2 dir.
2013-yilda aholi bandligini ta'minlash maqsadida 970 mingdan ortiq ish o‟rinlari yaratildi. Ish o‟rinlarining 60 foizi qishloq hududlarida tashkil etilib, kasb - hunar kollejlarini bitirgan 500 mingdan ziyod yigit - qizlarimiz ishga joylashtrildi3.
"2013-yilda yurtimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‟llab - quvvatlash harajatlarining tarkibida 8984,6 milliard so‟m hajmidagi mablag‟lar ta'lim - tarbiya sohasiga sarflanishi rejalashtirilgan bo‟lib, xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan. Qishloq joylarda yakka tartibdagi uy - joylar qurishni hamkorlikda moliyatirish uchun 374,7 milliard so‟m miqdorida mablag‟ sarflanishi ko‟zda tutilgan"3.
Joriy yilda 300 mingga yaqin bola, jumladan, Orolbo‟yi hududidan 4 ming 500 nafar o‟uvchi hamda kam ta'minlangan oilalarga mansub 75 ming nafar bolaning yozgi oromgohlarda imtiyozli dam olishi tashkil etilib, ularning salomatligi mustahkamlandi.
"2012-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‟lovlar miqdorini bosqichma - bosqich ko‟paytirish davom ettirilib, ish haqini inflyatsiya darajasidan yuqori bo‟lgan miqdorda oshirish uchun
Davlat byudjetidan 1,3 trillion so‟m mablag‟ ajratildi. 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab yagona ta'rif setkasini qayta ko‟rib chiqish va mehnatga haq to‟lashning bazaviy darajasini birinchi razryad miqdorida belgilash amalga oshirildi"1.
Xulosa qilib aytganda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakat aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida har yili byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiya hamda nafaqalar miqdori oshirib borilmoqda. Bundan tashqari so‟g‟liqni saqlash, ta‟lim sohasini rivojlantirish, qishloqlarda yashash sharoitini yanada yaxshilash va qulayliklar yaratish borasida ham ko‟plab ishlar amalga oshirilmoqda.



Download 45,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish