O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Namunalardagi oqarish kattaligi va qattiqligi bo‘yicha ba’zi kulrang cho‘yan



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

Namunalardagi oqarish kattaligi va qattiqligi bo‘yicha ba’zi kulrang cho‘yan 
(СЧ) markalarining xarakteristikalari 
ГОСТ 1412-79 
bo‗yicha cho‗yan 
markasi 
Oqarish chuqurligi, mm 
Qattiqligi, HB 
Modifikatsiya- 
lashga qadar 
Modifikatsiya- 
langandan keyin 
СЧ 20 
5-10 

217-235 
СЧ 25 
10-15 
2-6 
235-248 
СЧ 30 
15-25 
2-8 
248-277 
Qotishma olishning hal etuvchi bosqichida suyuq cho‗yanni pechdan 
tashqarida ishlash, ya‘ni cho‗yanni qo‗shimcha kiritiladigan moddalar 
(modifikatorlar va boshqa qo‗shimchalar) bilan ishlash yoki tashqi ta‘sir metodi 
bilan ishlash juda ham muhim. 


294 
5.1- rasm.
Namuna shakllari: 
a — oqarishni tekshirish ponasi; b - qattiqlikni tekshirish ponasi; 
1 — sterjen, 2 — metall plastina, 3 — namuna, 4 — qattiqlikni o‗lchash joyi.
Cho‗yanni modifikatorlar va boshqa qo‗shimchalar bilan ishlash o‗zining 
soddaligi va yuqori darajada samaradorligi tufayli quymakorlikda keng ko‘lamda 
tarqalgan. Hozirgi vaqtda juda ko‗p turli modifikatorlar ishlab chiqilgan. Eng ko‗p 
tarqalgani ferrosilitsiydir. Uning kiritilishi mayda donador strukturali cho‗yan 
tayyorlashga imkon beradi, oqarishini kamaytiradi va mexanik xossalarini 
yaxshilaydi. Aluminiy va ferrosilitsiy yoki aluminiy va grafit aralashmalari bilan 
ishlaganda oqarish eng samarali olinadi. Tarkibida RZM (nodir- yer metallari) bor 
modifikatorlar ham oqarishni samarali oladi (ma‘lum sarflash chegarasigacha). 
0,2% dan ortiq kiritilganda oqarish ortadi. Ba‘zi bir elementlarning hatto juda oz 
miqdorda kiritilishi cho‗yan strukturasining va xossasining shakllanishiga jiddiy 
ta‘sir ko‗rsatadi. Grafitdan boshqa barcha modifikatorlar uning mustahkamligini 
oshiradi. Silikobariyning ishlatilishi ayniqsa samaralidir. 
Odatdagi modifikatorlar tarnovga, metall oqimiga yoki kovshga kiritiladi. 
Modifikator sarfi uning tarkibiga, shuningdek, cho‗yanning tarkibi va markasiga, 
shixta 
materiallarining 
tabiatiga, 
suyuqlantirish 
sharoitlariga, 
kiritish 
texnologiyasiga, quyma konstruksiyasiga bog‗liq bo‗ladi hamda, masalan, ФС75 da 
metall massasidan 0,1%—1,5% gacha chegarada o‗zgaradi. Odatda, ФС75 
markaning 0,l%i oqarishni 1 mm ga kamaytiradi, deb hisoblanadi. Oqarish 


295 
kattaligining talab etilgan pasayishiga asoslanib kiritiladigan modifikator miqdori 
aniqlanadi. Modifikator kiritilgandan keyin metall mexanik tarzda, vibratsion
barbotaj yoki boshqa metodlar bilan aralashtirilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Modifikatsiyalashda cho‗yan markasi qanchalik yuqori bo‗lsa, uni shunchalik 
yuqori temperaturagacha o‗ta qizdirish kerak, odatda, u 1370—1430 °C 
chegaralarida bo‗ladi. Modifikatsiyasizlantirishning oldini olish uchiun cho‗yanni 
saqlab turish vaqti modifikatorning ta‘sir qilish vaqtidan ortiq bo‗lmasligi kerak. 
Masalan, kovshdagi metall massasi 0,5 t bo‗lganda ФС75 uchun saqlab turish vaqti 
5 min dan, massasi 0,5 dan 2 t gacha bo‗lganda 8 min dan, massasi 2 dan 10 t gacha 
bo‗lganda 10 min dan, massasi 10 dan 25 t gacha bo‗lganda 15 min dan, massasi
25 t dan ortiq bo‗lganda 20 min dan ortmasligi kerak. Cho‗yanning 
modifikatsi-yasizlanish alomatlari paydo bo‗lganda modifikator bilan takror ishlov 
berish tavsiya qilinadi. Modifikatsiyalash sifati ponasimon namunaning oqarish 
balandligi bo‗yicha nazorat qilinadi. 
Silikobor asosida ЦНИИТМаш (Rossiya) ishlab chiqqan yangi kompleks 
modifikatorlar uzoq vaqt ta‘sir qilish xossasiga ega. Ular cho‗yanning evtektivligiga 
qaramasdan, jarayonning yuqori darajada barqaror bo‗lishini ta‘minlaydi va 
modifikatsiyalash effektining davom etish vaqtini 2—3 marta oshiradi [8]. 
Ba‘zan suyuq qo‗shimchalar bilan modifikatsiyalash usuli qo‗llaniladi. 
Tarkiblari turlicha bolgan ikkita suyuq cho‗yanni yoki cho‗yanni suyuq po‗lat bilan 
aralashtirganda kimyoviy tarkibning o‗rta qiymatgacha rostlanishi emas, balki 
ancha murakkab, modifikatsiyalashga o‗xshash jarayonlarning sodir bo‗lishi 
kuzatilgan. Bu jarayonlar strukturaning maydalanishiga va mexanik xossalarini 
yaxshilashga yordam beradi. 
Cho‗yanni gazlar va chang- gaz aralashmalari bilan ishlash uchun kislorod, azot, 
argon, karbonat angidrid gazi va uglevodorodlar ishlatiladi. Gaz oqimiga 
changsimon qo‗shimchalar (modifikatorlar va shunga o‗xshashlar) kiritilishi 
mumkin. Cho‗yanni gaz kiritib tozalash uchun kisloroddan foydalanilsa, u 
cho‗yanning kimyoviy tarkibi va xossalariga sezilarli darajada ta‘sir qiladi. Cho‗yan 
boshqa gazlar kiritib tozalansa, cho‗yan tarkibidagi gaz miqdori o‗zgaradi, bu ham 


296 
uning xossalariga ta‘sir qiladi. Bunda grafitlanish jarayonining aktivlanishi yoki 
bostirilishi sodir bo‗lishi mumkin (suyuqlanmadan vodorod va azot chiqarib 
yuborilganda — kuchayish, kristallanish markazlari koagulatsiyalanganida bostirish 
sodir bo‗ladi). Suyuq cho‗yanga gazlar bilan ishlov berish grafit qo‗shilmalarining 
shakliga va evtektiv donalar o‗lchamlariga ta‘sir qiladi. Donalar argon va azot bilan 
ishlov berilganda yiriklashadi hamda vodorod, karbonat angidrid gazi, kislorod va 
tabiiy gaz bilan ishlov berilganda maydalashadi. 
Desulfuratsiya pechdan tashqarida bajarilsa, cho‗yanga 5—10% plavik shpati, 
20—30% elektrokorund, 60—70% ohak aralashmasidan hosil qilinadigan sintetik 
shlaklar bilan ishlov berish mumkin. Bunday ishlov berish oltingugurt miqdorini 
dastlabki miqdordan 90% ga kamaytirishga imkon beradi. Sintetik shlak maxsus 
shlak suyuqlantiri- ladigan pechda tayyorlanadi, so‘ngra u kovshga quyiladi, unga 
suyuq cho‗yan ham quyiladi, cho‗yan shlak bilan aralashib desulfuratsiyalanadi. 
Cho‘yanga fizik metodlar bilan ham ishlov beriladi. Mexanik tarzda aralashtirish 
va 
vibratsiya 
parrakli 
aralashtirgichlarda, 
aylanadigan 
kovshlarda 
va 
vibroqurilmalarda bajariladi. Bunda metall yuzasiga tarkibida ohak, plavik shpati, 
kalsiy karbidi bolgan tozalovchi aralashma kiritiladi. Suyuq cho‗yan shunday tarada 
2—4 minut davomida ishlanganda kovshdagi oltingugurt miqdori 0,1 dan 
0,01—0,02% gacha kamayadi. 
Quymakorlikda cho‘yanni modifikatorlar bilan pechdan tashqarida ishlash eng 
ko‗p tarqalgan. Yuqori sifatli kulrang cho‗yan olish sanoat texnologiyasining eng 
yaxshi varianti elektr pechlarda yoki dupleks- jarayon yordamida suyuqlantirib 
olishdir. Bunda kerakli kimyoviy tarkibli, birlamchi agregatda suyuqlantirib olingan 
cho‗yan kutish pechiga quyiladi, undan oqarganligini tekshirishga namuna olinadi. 
Agar oqarish modifikatsiyalashgacha talab etilganidan ortiq bo‗lsa, unda pechga 
ФС75 va grafit aralashmasi kiritiladi. 
Modifikatsiyalash bo‗yicha eng yaxshi natijalarga ФС75 (0,15— 0,6%), 
silikokalsiy (0,1 —0,2%) va donador grafit (metall massasidan 0,1 —0,25%) 
aralashmasi kiritilganda erishiladi. Modifikatsiyalash cho‗yanda grafitning 
vermikular shaklni olishga imkon beradi. Bunday holda suyuqlantirish uchun yoy va 


297 
induksion pechlardan, ba‘zi hollarda esa dupleks- jarayon (vagranka—induksion 
pech)dan foydalaniladi. 
Dastlabki cho‗yan sifatida evtektiv va unga yaqin bo‗lgan tarkibli cho‗yandan 
(3,4-3,6% S; 2,0-2,8% Si; 0,3-0,6% Mn; <0,2% P; < 0,02% S) juda keng ko‗lamda 
foydalaniladi. Modifikatsiyalash uchun cho‗yan desulfuratsiya qilinsa, maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. Desulfuratorlar sifatida ohak, soda, texnik kalsiy karbidi yoki ular 
asosida tayyorlangan aralashma ishlatiladi. 
Cho‗yanni tarkibida elementlar — sferoidizatorlar (Mg, Y, Ce), shuningdek, Al 
va Ti kiradigan ligaturalar; Ni — Mg — Ce, Ce — Y, Ce — Mg — RZE lar; JKMK 
va boshqa ligaturalar bilan modifikatsiyalash grafitning vermikular shaklini olish 
asosi hisoblanadi. 
Grafitning eng barqaror vermikular shakli suyuqlanmani tarkibida RZE bo‗lgan 
(masalan, tarkibida 25—30% nodir- yer elementi bo‗lgan СЦЕМИШ va 
СИИТМИШ) ligaturalar bilan modifikatsiyalab olish mumkin. Bu jarayon 
ЦНИИТМаш instituti tomonidan ishlab chiqilgan va qator zavodlarda joriy 
qilingan. 
Ishlab chiqarish sharoitlariga qarab, ligaturani 1350—1400 °C da bevosita 
pechga, shuningdek, 1430—1480 °C da quyadigan kovsh tubiga yoki metall 
oqimiga kiritish mumkin (cho‗yanda RZE ning qoldiq- miqdorini 0,1—0,15% 
chegaralarda olish hisobidan). Qo‗shimcha ligatura massasi undagi RZE miqdori 
bilan aniqlanadi va dastlabki suyuqlanma tarkibidagi oltingugurt miqdoriga bog‗liq 
bo‗ladi. Tarkibida 0,015—0,3% oltingugurt bo‗lgan cho‗yan uchun qo‗shiladigan 
ligatura miqdori suyuq- metall massasidan 0,7—0,8% ni tashkil qiladi. Vagrankada 
suyuqlantiriladigan cho‗yan uchun (oltingugurt miqdori 0,08— 0,1%) qo‗shiladigan 
ligatura miqdori 2,0—2,5% gacha ortadi. Bunda vagranka cho‗yanini oldindan 
desulfuratsiyalash maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ligatura bilan ishlangandan keyin 
quymalarda ledeburit yoki strukturaviy- erkin sementit hosil bo‗lishining oldini 
oladigan grafitizatsiyalovchi qo‗shimchalar bilan (ФС75 va h.k.) qo‗shimcha 
ravishda modifikatsiyalash talab qilinadi. 


298 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish