O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

4.7- rasm.
Avtoklavdagi suyuq cho‗yanga Mg kiritish qurilmasi:
1 — avtoklav, 2 — kamerani yopuvchi mexanizm, 3 — kovsh, 4 — qalpoqchani kovshga 
uzatuvchi shtok, 5 — uzatish va aralashtirish mexanizmi, 6 — qopqoq,
7 — magniy uchun bo‗shliq, 8 — qorgich, 9 — qopqoqni ochuvchi mexanizm. 
Cho‗yanni magniy bilan modifikatsiyalash uchun ЦНИИТМаш instituti 


282 
tomonidan ishlab chiqilgan germetiklashtirilgan kovshlardan foydalaniladi (4.8- 
rasm). 


283 
a) b) 
4.8- rasm.
Cho‗yanni ЦНИИТМаш da konstraksiyalangan germetik kovshda 
modifikatsiyalash qurilmasi. 
Kovshning holati: a — islilov berishdan oldin; b — ishlov berish vaqtida. 
Po‘latlarni 
modifikatsiyalash.
Zamonaviy 
po‗lat 
metallurgiyasida 
modifikatsiyalash jarayonlari nihoyatda katta rol o‗ynaydi. Modifikatsiyalash 
suyuqlantirishni me‘yoriga yetkazish va uni oksidsizlantirish bilan uzviy ravishda 
birga qo‗shilib, kristallizatsiyalanish xarakteri hamda po‗latning kompleks xossasini 
yuqori darajada aniqlaydi [45]. 
Po‗latni suyuqlantirib olishda II tur modifikatorlar sifatida metall suyuqlanma 
bilan o‗zaro ta‘sirlashadigan va oksidlar, sulfidlar hamda nitridlarning qiyin 
suyuqlanadigan kristalik suspenziyasini tashkil qiladigan kuchli oksidsizlagichlar 
ishlatiladi. Bunday modifikatorlar suyuqlanmada yuqori dispersli, ba‘zan esa 
kolloid- dispers sistemani hosil qiladi, bu esa suyuq metalining hajm birligida 
kurtaklar sonining keskin ortishiga olib keladi. Kristallanishning majburiy 
markazlarini hosil qilish yo‗li bilan modifikatsiyalash suyuq metalining kristalli- 
zatsiyalanish sharoitlarini o‗zgartiribgina qolmasdan, balki qattiq holatdagi 
aylanishlar jarayoniga ham jiddiy ta‘sir qiladi. 
Keng ko‗lamda qo‗llaniladigan po‗latni aluminiy bilan oxirgi oksidsizlantirish 
jarayoni uning qoniqarli sifatini ta‘minlaydi, lekin optimal jarayon hisoblanmaydi, 
chunki po‗latda ajralib chiqadigan o‗tkir burchakli oksisulfid qo‗shilmalar 
zo‗riqishni bir joyga to‗playdi va mikrodarzlarning hosil bo‗lishiga qulaylik yaratib 
beradi, bu esa metall matritsaning mo‗rtlashishiga sabab bo‗ladi. Quyilgan po‗latda 


284 
qo‗shilmaning eng yaxshi shakli — mikrodarzlarning vujudga kelishini 
so‗ndiradigan yumaloq globullardir. Bu po‗lat sifatining yanada oshirilishiga, 
aluminiy bilan oksid- sulfid mahsulotlarini globularizatsiyalashga qodir bo‗lgan 
element- modifikatorlarni birgalikda qo‗llab, kompleks oksidsizlantirish natijasida 
erishish mumkin. Bu jihatdan eng istiqbollisi — kislorod, oltingugurt, azot va 
boshqa elementlarga kimyoviy jihatdan nihoyatda yaqinligi bilan xarakterlanadigan 
ishqoriy- yer hamda noyob- yer metallaridir. Po‗lat quymakorligida ishqoriy- yer 
metallaridan, odatda, silikokalsiy qotishmalari CK10, CK15, CK20, CK25, CK30 
(ГОСТ 4762-71) ko‗rinishidagi kalsiy ishlatiladi. Bu markadagi raqamlar 
qotishmadagi kalsiy miqdorining pastki chegarasini ifodalaydi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish