O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

 
Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Umumiy Yer bilimi nimani o’rganadi? 
2. Hozirgi zamonda Umumiy Yer bilimining vazifalari nimalardan iborat? 
3. Umumiy yoki regional tabiiy geografiya fanidan ma’lum bir hududda 
tadqiqot olib borishda qanday usullardan foydalaniladi? 
4. Bashoratlash usuli boshqa usullardan, xususan, taqqoslash yoki dala 
(ekspeditsiya) usulidan farqi nimalardan iborat? 
4-MAVZU: KOINOT HAQIDA TUSHUNCHA. QUYOSH TIZIMI 


14 
Reja: 
3. Quyosh tizimi

 
Tayanch iboralar: 
Olam, gelaktika, metagalaktika, Quyosh, yulduz, Oy, sayyora, meteor, 
meteorit, astriod, kometa, yorug’lik yili. 
1. Koinot haqida tushuncha. 
Bizning sayyoramiz bo’lgan Yer yulduzlar, sayyoralar
asteroidlar, kometalar va boshqalar kabi osmon jismlaridan biridir. Yer boshqa qator sayyoralar 
kabi Quyosh atrofida aylanadi va Quyosh tizimidagi osmon jismlari qatoriga kiradi. Quyosh esa 
galaktikamizning yulduzlaridan biri hisoblanadi va atrofidagi sayyoralar, asteriodlar, yo’ldoshlar, 
kometalar bilan bir tizim bo’lib Galaktika bilan birga harakat qiladi. Galaktikamiz esa 
metagalaktika tarkibiga kiradi. Metagalaktika esa olam tarkibiga kiradi. 
Koinot to’g’risidagi asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat: olam, metagalaktika, 
galaktika, yulduzlar; Quyosh tizimi, sayyoralar, yo’ldoshlar, asteroidlar, meteorlar, meteoritlar, 
kometalar va h.k. 
Olam - bu cheksiz va chegarasiz dunyodir. Uning na boshlanishi va na oxiri ma’lum emas. 
U hech qanday tabiiy chegaraga ega emas. 
Metagalaktika - bu hozirgi teleskoplar yordamida o’rganilishi mumkin bo’lgan olamning
bir qismidir. U galaktikalar tizimidan iborat. Fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan 
metagalaktikaning chegarasi ham kengayib boradi. 
Galaktikalar turli miqdordagi yulduzlar tizmidan iborat. Suratga olingan eng olisdagi
galaktikalargacha bo’lgan masofa bir milliarddan ortiqroq yorug’lik yiliga teng. Radioteleskoplar 
esa 5mlrd. yorug’lik yiliga teng bo’lgan masofada joylashgan Galaktikalarni ham aniqlashi 
mumkin. Yerga eng yaqin bo’lgan galaktika Andromeda tumanligi bo’lib, u 1,5 mlrd. yorug’lik 
yilliga teng bo’lgan masofada joylashgan.
Yorug’lik yili-nurning (yorug’likning) bir yilda bosib 
o’tgan yo’li r=9,96x10¹²km. Galaktikalarning shakllari elliptik, spiralsimon va noto’g’ri bo’lishi 
mumkin. Elliptik shakldagi galaktikalar aylanasimondan cho’ziqsimongacha b’ladi. Spiralsimon 
galaktikalar yarqirab turadigan yadrodan va undan spiralsimon tarzda ajralib turadigan 
tarmoqlaridan iborat Noto’g’ri shaklga ega bo’lgan galaktikalar kam uchraydi. Ularni yadrosi 
yo’q va juda xira. Galaktikalarning diametri ham turlicha
10
.
Ayrimlarining diametri 50000 parsek, boshqalariniki esa 500 parsekka yetmaydi. 
Galaktikalar o’rtasidagi o’rtacha masofa 3MP.
Parsek (P)=3,26 yorug’lik yilliga teng; kiloparsek 
(KP)=1000P; megoparsek (MP)=1000000P
11
Galaktikalarning markaziy yadrosidan doimo vodorod nurlari sifatida moddalar ajralib 
turadi va ular galaktikani tashlab chiqib ketishadi. 
Hamma galaktikalar u yoki bu darajada radioto’lqinlar tarqatib turishadi. Radioto’lqinlarni 
tarqatish manbai bo’lib o’ta ajoyib koinot jismi bo’lgan kvazarlar ham hisoblanadi (o’ta o’lkan 
yulduzlar). Ularning tabiati hali o’rganilmagan. Olimlarning fikricha ularning parchalanishidan 
bo’lajak galaktikalarning hosil bo’lishi boshlanadi. (galaktikalar - portlagan kvazarlarning 
parchalaridir).
Bizning Galaktika yoki somon yo’li yulduzlar turkumi (grekcha galaktikos-sutrang, gala-
sut so’zidan olingan). Bizning Quyosh tizimimizga kiradigan yulduzlar tizimi, Galaktika turli xil 
o’lchamdagi yulduzlardan, tumanliklardan, yulduzlararo bo’shliqlardagi zarracha va atomlardan 
iborat. Galaktikaning juda ko’p yulduzlari yerdan juda uzoqda bo’lganligi uchun ularni alohida-
alohida payqab bo’lmaydi, shuning uchun ular bir-biri bilan qo’shilib oqish yo’lni, ya’ni somon 
yo’lini hosil qiladi. 
Galaktika murakkab spiralsimon (girdob) tuzilishga ega. Galaktikaning diametri tahminan 
100000 yorug’lik yiliga teng. Galaktika markazi atrofida yulduzlar zichligi yuqori. 
Galaktikaning markazida yadro joylashgan, har yili Quyosh og’irligiga teng bo’lgan moddalarni 
10
Vaxobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: Bilim, 2005, 25-b. 
11
Vaxobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: Bilim, 2005, 26-b.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish