Xx asr oxirida yuz bergan eng dahshatli halokat



Download 408,95 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi408,95 Kb.
#418231
Bog'liq
radioaktiv xavfsizlik


XX asr oxirida yuz bergan eng dahshatli halokat...

Chernobl fojeasi yadroviy quvvatdan foydalanish boshlanganidan buyon ro‘y bergan eng halokatli hodisa deb ko‘riladi. 1986-yilning 26-aprel tunida mahalliy vaqt bilan soat 1:24 da AES 4-energoblok reaktori nazoratdan chiqib ketib portlagan, buning oqibatida radioaktiv modda havoga tarqalgan.

Radiatsiya Ukraina, Rossiya, Belarus hududlariga, shimoliy Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Atom elektr stantsiyasi reaktori portlashi oqibatida halok bo‘lgan insonlarning soni bahsli ekanicha qolmoqda. 2005-yili BMT oʻtkazgan "Chernobil forumi" hisobotiga ko‘ra, ilk portlash 50 nafarga yaqin inson o‘limiga sabab bo‘lgan.
Ularning aksari AES ishchilari bo‘lganlar. Sho‘rolar Ittifoqi hukumati yadroviy falokat haqidagi xabarning dunyoga tarqalishini istamagan. Shu bois Chernobil halokatiga mutanosib chora ko‘rish amallari ham kechikkan. Atom elektr stantsiyasiga yaqin hududda yashagan insonlar boshqa joyga ko‘chirilganlar. Yadroviy falokat oqibatlarini bartaraf etishga butun SSSRdan, jumladan, O‘zbekistondan ham odamlar safarbar etilganlar.
Ularning aksari harbiylar bo‘lganlar. Biroq oradan yillar o‘tib, o‘sha paytda Chernobil oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan insonlarni radiatsiya nurlanishidan asrash uchun talab darajasidagi chora-tadbir ko‘rilmagan! Slavutich shahrida tungi soat 1:24 da qurbonlar xotirasiga shamlar yoqilgan. O‘zbekistonliklar orasida ham o‘z ixtiyori bilan Chernobilga borib ishlashni ixtiyor etgan odamlar bo‘lgan. Ular radiatsiya tufayli salomatligini yo‘qotganlar. SSSR hukumati Chernobil oqibatlarini bartaraf qilishda qatnashgan insonlarga xuddi Ikkinchi Jahon urushi va Afg‘on urushi qatnashchilaridek imtiyozlar joriy etgan!
Chernobil AESi atrofidagi hududlarda radiatsiya miqdori hamon inson salomatligiga xatarli darajada qolmoqda.
AES binosining vayronalari ichida hali ham ko‘p miqdorda radioaktiv moddalar qolmoqda va reaktor va bino qulashi havoga yanada ko‘p radiatsiya chiqib ketishiga olib kelishi mumkin degan xavotirlar bildirib kelinadi. "Chernobil forumi" radiatsiya 9000 nafardan ortiq inson o‘limiga sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi.
Biroq "Grinpis" tashkiloti Chernobil halokati 93000 atrofida inson umriga zomin bo‘lgan, degan fikrda.
Olgan nurlanishidan ayrim odamlar 2004-yili ham hayotdan ko‘z yumganlar. Chernobilga yaqin bo‘lgan hududlarda hozir ham chaqaloqlar jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilayotgani kuzatiladi. Chernobil AESi halokatdan 14 yil oʻtibgina, yaʼni 2000-yilning 15-dekabrida rasman yopilgan. Xalqaro hamjamiyat ko‘magi bilan Chernobil reaktori ustini yopishga qaror qilingan, bu loyiha 2 milliard dollardan ziyodga baholangan. Hozirda o'sha 4-energoblok usti to'la yopilgan. Lekin hali qilinadigan ish ko'p

Yadro quroli — shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat boʻlgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash (atom yadrosining zarrachalarga boʻlinishi), zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaqtda sodir boʻlishi vaqtida ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni nishonga yetkazish vositasi (raketa, torpeda, samolyot, artilleriya toʻpi) va bombaning nishonga aniq borib tushishini taʼminlaydigan boshqarish qurilmalaridan iborat. Yadro quroli yadro energiyasining olinish usuliga qarab, yadro va termoyadro (vodorod) qurollariga boʻlinadi. Yadro oʻqdorilariga aviatsiya bombalari, artilleriya snaryadlari, raketalarning jangovor qismlari, dengiz torpedalari, suv osti bombalari va minalari (atom fugaslari) kiradi. Yadro quroli zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va radioaktiv zaharlash va boshqalar turli shikastlantiruvchi taʼsirlarga ega. Yadro snaryadlarining quvvati trotil ekvivalenti bilan tonna, kilotonna (1 kt — 1000 t) yoki megatonna (1 mg — 1 mln. t) larda oʻlchanadi. Yadro quroli quvvatiga qarab, kichik quvvatli (15 kt gacha); oʻrtacha quvvatli (15—100 kt), katta quvvatli (100—500 kt), juda katta quvvatli (500 kt dan yuqori) qurollarga boʻlinadi. Yadro quroli havoda, yer (suv) ustida, yer (suv) ostida portlashi mumkin (yana q. Yadro portlashi). Yadro quroli taktik va strategik jihatdan farklanadi. Taktik qurollarga turli masofaga uchuvchi boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar (raketalar), samolyotlar, suv osti kemalari, shuningdek, yadro zaryadi tashuvchi yirik kalibrli stvolli artilleriya kiradi. Taktik va strategik qurollar oʻrtasida keskin chegara yoʻq, baʼzi sharoitlarda taktik maqsadlar uchun moʻljallagan yadro zaryadlari strategik jahatdan ham qoʻllanilishi mumkin. Yirik strategik nishonlarni shikastlantirish uchun moʻljallangan yadroning jangovar qismlari 1—5 mln. t (hatto 40—50 mln. t gacha) trotil ekvivalentiga ega boʻlishi mumkin.

Strategik yadro qurollarini eltuvchilar uzoqqa uchuvchi raketalar, qitʼalararo ballistik raketalar, samolyotsnaryadlar va strategik bombardimonchi samolyotlardir. Qudratli yadro zaryadlarini nishonga eltishda Yerning sunʼiy yoʻldoshlaridan foydalanish rejasi ham bor.

YA.q. 20-asrda yadro fizikasining taraqqiy etishi munosabati bilan 40-y.lar boshida paydo boʻldi. Birinchi portlash 1945 yil 16 iyulda Alamogodro poligonida (AQSH) amalga oshirildi. 1945 yil avgust oyida esa har birining quvvati 20 kt boʻlgan 2 atom bombasi Yaponiyaning Xirosima (6 avgust) va Nagasaki (9 avgust) shahrilariga tashlandi. Sobiq SSSR da termoyadro bombasi birinchi marta 1953 yil 12 avg .da sinab koʻrildi. Yadro quroliga ega boʻlgan davlatlar AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy (rasmiy maʼlumotlarga koʻra) (2005).

AES yonilg‘isi qanday qayta ishlanadi?

Yadro reaktorida bir yil foydalanilganidan so‘ng uran almashtirilishi kerak bo‘ladi. Yonilg‘i unsurlari bir necha yil davomida sovutilib, maydalash va eritishga yuboriladi. Kimyoviy ekstraksiya natijasida uran va plutoniy ajralib chiqadi va ulardan yangi yadroviy yonilg‘i ishlab chiqariladi va qayta foydalaniladi.

Uran va plutoniy parchalanishidan olingan mahsulotlardan ionli nurlash manbalari tayyorlanadi, ulardan tibbiyot va sanoatda keng qo‘llaniladi.

Ushbu jarayonlardan so‘ng ajralgan chiqindi eritilib undan shisha tayyorlanadi, shishalar maxsus omborlarda saqlanadi. Ushbu shishalardan radioaktiv moddalarni saqlashda foydalaniladi.


Shishadan atrof-muhitga zarar yetkazadigan radioaktiv unsurlarni ajratib olishning deyarli imkoni yo‘q
AESning afzalliklari

Yadroviy energetikani rivojlantirish tarafdorlari atom elektr stansiyalarining ustun jihatlariga e'tibor qaratishadi. Xususan, Jahon yadro assotsiatsiyasi qiziq ma'lumotni keltirib o‘tadi. Uning hisobotida aytilishicha, AESda bir gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishda insonlarning qurbon bo‘lishi ko‘rsatkichi an'anaviy issiqlik elektr stansiyalarinikiga nisbatan 43 marta kam ekan.

Atom elektr stansiyalarining ustunliklariga quyidagilar kiradi:
- elektr energiyasi ishlab chiqarish arzonga tushadi;
- gaz bilan ishlaydigan 1000 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi atmosferaga yiliga 13 ming tonna va ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasi 165 ming tonna zararli modda chiqaradi. 1000 MVt quvvatga ega IES yiliga 8 million tonna kislorod yutadi. AES kislorod iste'mol qilmaydi va yuqoridagidek zararli chiqindilar chiqarmaydi;
- ularni yirik yonilg‘i manbasi yaqinida qurish uchun zarurat yo‘q. IESga ko‘mir va gaz keltirish katta xarajatlarni talab qiladi, AESga kerakli uran esa bitta yuk mashinasiga joylashishi mumkin;
- foydalanilgan yonilg‘ini qayta ishlab, undan yana yonilg‘i sifatida foydalaniladi;
- yuqori quvvat: bitta energoblokning quvvati 1000—1600 MVtni tashkil qiladi.
ESning kamchiliklari

Har bir loyiha ijobiy xususiyatlar bilan birga kamchiliklarga ham ega bo‘ladi. AESlar ham bundan mustasno emas.

Atom elektr stansiyalari quyidagi kamchiliklarga ega:
- nurlangan yonilg‘i xavfli hisoblanadi, uni qayta ishlash va saqlash murakkab jarayon hamda ko‘p mablag‘ talab qiladi;
- AES qurish uchun katta mablag‘ va juda ko‘p suv kerak bo‘ladi;
- AES katta miqdordagi radioaktiv chiqindilar chiqaradi va ularni saqlash uchun katta infratuzilma talab etiladi;
- AES bilan baxtsiz hodisa yuz berish ehtimoli judayam kam, ammo biror kor-hol sodir bo‘lsa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tarixdagi halokatlar

AES bilan yuz bergan dunyodagi birinchi halokat 1979 yil 28 martda AQShning Pensilvaniya shtatidagi Tri-Mayl-Aylend stansiyasida sodir bo‘lgan.

Halokatga reaktor sovutish tizimidagi nuqsonlar va xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning xatolari sabab bo‘lgan. Natijada yadroviy yonilg‘i erib ketgan. Halokat oqibatlarini bartaraf etish uchun bir milliard dollarga yaqin mablag‘ sarflangan, bartaraf etish jarayoniga 14 yil ketgan.

AESlar halokatlari 7ta daraja bilan o‘lchanuvchi INES shkalasi bo‘yicha tasniflanadi. 4 va undan yuqori darajadagi halokatlar aholi uchun nurlanish xavfini tug‘diradi.

Tarixda faqat ikkita halokat 7-daraja bilan baholangan – bular Chernobil va Fukusima AESlari halokati.

Chernobil AESi halokatiga uning ishlash tamoyili asosiy sabab bo‘lgan deb hisoblanadi. Hodisaning rasman ikkita talqini mavjud. Birinchi talqinga ko‘ra, muammo reaktor operatorlarining noto‘g‘ri harakatlari oqibatida kelib chiqqan. Ikkinchi talqinga ko‘ra esa, elektrostansiyaning muvaffaqiyatsiz konstruksiyasi sababli halokat sodir bo‘lgan. Shuningdek, amalda takrorlashning mutlaqo imkoni yo‘q tasodiflar zanjiri yuz bergan degan fikr ham mavjud. Unga ko‘ra, o‘sha hududda yer silkinishi sodir bo‘lgani, reaktor bilan tajriba o‘tkazish, konstruksiyaning mayda-chuyda muammolari va yana boshqa tasodifiy holatlar portlashga sabab bo‘lgan.


Fukusima halokatiga ham tasodiflar zanjiri sabab bo‘lgan. Stantsiya zilzila va sunamilardan ishonchli tarzda himoyalangandi. Ammo bu ikki tabiiy ofat bir vaqtning o‘zida yuz berishi mumkinligini hech kim xayoliga keltirmagan. Fukusima AESi generatori butun majmua xavfsizligi ish faoliyatini qo‘llab-quvvatlab turish uchun energiyani tashqi manbalardan olardi. Bu oqilona chora bo‘lib, halokat yuz bergan taqdirda stansiyadan energiya olish imkonsiz bo‘alrdi. Zilzila va sunami oqibatida barcha tashqi manbalar ishdan chiqdi va reaktorlar erib ketib, halokat sodir bo‘ldi. Hozirda ushbu halokat oqibatlari bartaraf qilinmoqda.
Lekin hozirgi AESlarning xavfsizlik tizimi takomillashtirilgan bo‘lib, halokat ehtimolini to‘laligicha yo‘qqa chiqaradi, atom reaktorlari ishi kompyuterlashtirilgan va eng kichik nuqson aniqlanishi bilan reaktorlar o‘chiriladi.
Dunyoda nechta AES bor va bu borada yetakchi kim?

2017 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 31ta davlat atom elektr stansiyasiga ega bo‘lib, jami 191ta AES faoliyat ko‘rsatmoqda va reaktorlar soni 451tani tashkil etadi.

Aksariyat atom elektr stansiyalari Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo va sobiq SSSR hududida joylashgan. AESlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda AQSh turadi – 60ta AES, reaktorlar soni 100ta.

Keyingi o‘rinlarni quyidagi mamlakatlar egallaydi: Fransiya – 19ta AES, 58 reaktor, Yaponiya – 17ta AES, 43 reaktor, Xitoy – 13ta AES, 36 reaktor, Rossiya – 10ta AES, 36 reaktor, Buyuk Britaniya – 7ta AES, 15 reaktor.

Yangi AESlar qurish bo‘yicha Rossiya, Hindiston va Xitoy yetakchilik qilmoqda.

Ayrim davlatlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishda AESlarning ulushi yuqori bo‘lib, 12 mamlakatda bu ulush 30 foizdan oshadi.

Shu bilan birga, ayrim davlatlarda AESlar faoliyati to‘xtatilgan. Masalan Italiya o‘z hududidagi barcha AESlarni yopgan. Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Shveytsariya yadroviy energetikadan voz kechish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan siyosatni amalga oshirmoqda. Niderlandiya, Tayvan, Shvetsiya atom energetikasidan voz kechishni rejalashtirgandi, ammo hozircha buni amalga oshirish ortga surilgan.

Raqamlar


2017 yil boshidagi holatga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 60ta reaktor qurilish bosqichida. AES reaktorlaridan foydalanish muddati 30-40 yil, ayrim hollarda 60 yilgacha deb baholanadi. AQShdagi Sarri AESi (1972 yilda qurilgan) uchun esa 2015 yilda foydalanish muddatini yana 80 yilga uzaytirishga ruxsat so‘ralgan.

AESlar har 10 yilda tekshiruvdan o‘tkaziladi va xavfsizlik standartiga javob beradigan bo‘lsa, tekshiruv natijalariga ko‘ra litsenziya muddati uzaytiriladi.

AESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi bo‘yicha AQSh dunyoda 1-o‘rinda turadi - 804 ming 872,94 GVt/soat. Bu butun dunyodagi AESlar ishlab chiqargan elektr energiyasining uchdan bir qismiga teng.

Janubiy Koreyadagi Kori AESi dunyodagi eng yirik AES hisoblanadi – uning quvvati 6254 MVtni tashkil etadi. Fransiyada jami elektr energiyasining 70 foizi atom stansiyalarida ishlab chiqariladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, muqobil energiya manbalaridan ekologik toza energiya ishlab chiqarish AESdagiga nisbatan taxminan 20 baravar qimmatga tushadi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, jahondagi ko‘mir zaxiralari 270 yilga, neft 50 yilga va gaz 70 yilga yetadi. AESlarda ishlatiladigan uran zaxirasi esa 5 718 400 tonnani tashkil etadi. U 2500 yilga yetishi hisoblab chiqilgan.

Dunyodagi eng yirik uran zaxiralari Avstraliya, Qozog‘iston, Rossiya va Kanadada. O‘zbekiston bu borada 11-o‘rinda turadi.

Kanada, Zoir, Fransiya va Chexiyadagi konlar uranga boy bo‘lib, ularda bir tonna uran rudasidan 22 kilogrammgacha uran xomashyosi olinadi. Rossiyada bir tonna rudadan bir yarim kilogrammdan ortiqroq uran olinadi.


✅ Mariya Kyuri 1867 yilning 7 noyabrida Varshavada o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan.

✅ Olima radiy (radioaktivlik xossasiga ega bo‘lgan kimyoviy element)ning xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan va elementni metall shaklida qo‘lga kiritib, xlorid bilan radiyning birikishini ajratib ko‘rsatishga erishadi.

✅ Hech qanday davosi yo‘q hisoblangan saraton kasalligini radioaktiv nurlanish orqali davolash mumkinligini aniqlab, tibbiyot sohasi rivojiga katta hissa qo‘shadi. Olib borgan tadqiqotlari yuqori baholanib, fizika fani bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq topiladi.

✅ Mariya radiy va poloniy (kimyoviy elementlar)ning sof ravishda ajralishi, tabiati va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish borasida olib borgan ishlari yuzasidan kimyo sohasida Nobel mukofotini yana bir bor qo‘lga kiritishga musharraf bo‘lgan


Dori-darmon ishlab chiqaruvchilar radiofarmasevtikaga o`tishmoqda



Nishonlangan radioterapiya dori-darmonlariga prostata saratoniga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonganligi sababli, qiziqish kuchaymoqda. Radiofarmasevtik vositalar o'simtalarni radioaktiv izotoplar (https://nature.us17.list-manage.com/track/click?u=2c6057c528fdc6f73fa196d9d&id=5265e36eab&e=911ebd54fe) bilan nishonga olish va yo'q qilishga qaratilgan bo'lib, sog'lom to'qimalarga zarar yetkazmaydi
Download 408,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish