O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Olam deganda nimani tushunasiz?
2. Metagalaktika va galaktikalar qanday tuzilgan? 
3. Bizning galaktikamiz - Somon yo’li haqida nimalarni bilasiz? 
4. Yulduzlar qanday xususiyatlarga ega? 
5. Sayyoralar qanday umumiy xususiyatlarga ega? 
6. Mayda sayyoralar (asteroidlar) nima va ular kometalardan nimasi bilan farq qiladi? 
7. “Meteorit yomg’iri” nima? U qanday oqibatlarni keltirib chiqadi?
5-MAVZU: QUYOSH VA SAYYORALAR. OY. QUYOSH VA 
SAYYORALARNING KELIB CHIQISHI HAQIDAGI GIPOTEZALAR 
Reja: 
1. Quyosh.
2. Sayyoralar. 
3. Oy.
4. Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar.
Tayanch iboralar: 
Quyosh, sayyoralar, Oy, Quyosh mash’allari va flokkulalari, 
protuberantslar, Quyosh energiyasi, Quyosh dog’lari, orbita, ekliptika, ekstsentrisitet, konvektiv 
zona, xromosfera, Quyosh toji, gravitatsion tabaqalanish, yo’ldoshlar, I.Kant va P.S.Laplas,
O.Yu.Shmitd. 
1. Quyosh.
Quyosh koinotdagi yerga eng yaqin bo’lgan yulduzdir. U sariq mitti yulduzlar 
safiga kiradi. Quyosh 70 foiz vodoroddan va 27 foiz geliydan iborat, o’ta qizigan, yorug’lik 
tarqatib turadigan gazsimon shardir. Quyoshning zichligi Yernikidan 4 marotaba kichik. Uning 
markazida bosim 300 mlrd. atmosferaga, harorat esa 10-15 mln. darajaga yetadi. Quyoshning 
markazidagi yuqori bosim va harorat yadro reaktsiyalarini hosil bo’lishiga imkon beradi. Bunda 
vodorod geliyga aylanadi
12

Quyosh. Quyosh koinotdagi yerga eng yaqin bo’lgan yulduzdir. U sariq mitti yulduzlar 
safiga kiradi. Quyosh 70 foiz vodoroddan va 27 foiz geliydan iborat, o’ta qizigan, yorug’lik 
tarqatib turadigan gazsimon shardir. 
Quyoshning zichligi Yernikidan 4 marotaba kichik
. Uning 
markazida bosim 300 mlrd. atmosferaga, harorat esa 10-15 mln. darajaga yetadi. Quyoshning 
markazidagi yuqori bosim va harorat yadro reaktsiyalarini hosil bo’lishiga imkon beradi. Bunda 
vodorod geliyga aylanadi. 
Quyoshning ichki tuzilishi qatlamsimon ya’ni sferasimon (yadro, issiqlikni nur orqali 
taralashi oblasti, konvektiv zona, atmosfera) tuzilishiga ega.
Yadro-Quyoshning markazi, bosim va harorat juda yuqori, natijada doimo yadro 
reaktsiyalari sodir bo’lib turadi. Yadro deyarli ko’zga ko’rinmaydigan va harakatsiz o’ta yuqori 
haroratga ega bo’lgan gazlardan iborat. 
Issiqliqni tashqi qobiqlarga uzatilishi nur yordamida amalga oshiriladi, bunda gazlar 
harakatsiz qoladi. Mazkur jarayon quyidagicha sodir bo’ladi: yadrodan issiqlik nur oblastiga 
qisqa to’lqinli diapozonlarda keladi (gamma nur taratish), ketishda esa uzun to’lqinli (rentgenli) 
diapozonlarda ketadi, bu esa tashqarida xaroratni pastligi bilan bog’liq. 
Konvektiv oblast issiqlikni nur yordamida tashilish oblastining tepasida joylashgan. 
Mazkur oblast ham konvektiv holatdagi ko’zga ko’rinmaydigan gazlardan iborat. Issiqlikning 
konvektiv harakati Quyoshning markazi va tashqarisida bosim va haroratning farqlari tufayli 
sodir bo’ladi. 
Atmosfera. Quyosh atmosferasi bir necha qatlamlardan iborat
13

12
Vaxobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: Bilim, 2005, 33-b. 
13
Vahobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: Bilim, 2005, 32-b. 


17 
- Fotosfera. Quyosh atmosferasining quyi qatlami. Bevosita konvektiv oblastining tepasida 
joylashgan. Fotosfera qizigan, ionlashgan gazlardan iborat. Uning quyi qismida (asosida) harorat 
6000 daraja, yuqori qismida esa 4500 daraja. Fotosfera juda yupqa gaz qatlamidan iborat; 
- Xromosfera. Quyosh to’la tutilganda qoraygan doiraning eng chekkasida och qizil yog’du 
ko’rinadi. Ana shu yog’du xromosfera deyiladi. Xromosfera fotosferaning tepasida joylashgan; 
- Quyosh toji-Quyoshning tashqi atmosferasi hisoblanadi. U juda siyrak ionlashgan 
gazlardan iborat. Quyosh tojining tashqi qatlamlari koinotga toj gazlarini tarqatadi. Mazkur 
gazlarni Quyosh shamoli deb atashadi. 
Quyoshda quyidagi jarayonlar sodir bo’lib turadi: 
- Quyoshning ichki qismidan tashqi qismiga issiqlikni nur yordamida tashilishi; 
- gazlarning konvektiv harakati; 
- gazlarning turbulent (tartibsiz) harakati. 
Quyosh yuzasida sodir bo’ladigan jarayonlarga Quyosh dog’lari, Quyosh mash’allari 
(fakellar), protuberantslar kiradi. 
Quyosh dog’lari. Vaqti-vaqti bilan Quyosh yuzasida dog’larni ko’rish mumkin. 
Dog’larning diametri bir necha kilometrga yetishi mumkin. Quyosh dog’lari Quyoshda faol 
oblastlarni vujudga kelishiga olib keladi. Dog’larning holati, soni va harakatchanligi doimo 
o’zgarib turadi. Dog’lar ma’lum davrlarda faollashib turadi.
Quyosh energiyasi. Quyoshning markazida yadro reaktsiyasi sodir bo’ladi. Bunda ulkan 
miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Yerga Quyosh taratadigan issiqlikning milliarddan ikki qismi 
yetib keladi. Quyosh taratayotgan issiqlik bilan birga yilliga 1,4 x 10
12
t. modda Quyoshdan olib 
ketiladi. Olimlarning hisoblashlaricha 10 mlrd. yildan so’ng Quyosh so’nadi
14
.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish