O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

 
Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Yer sharining ko’lami haqidagi bilimlar qanday shakllangan va takomillashgan? 
2. Yer sharini ko’lamini o’lchashda Abu Rayhon Beruniyning xizmatlari nimalardan iborat? 
3. Yerning sharsimonligini isbotlovchi qanday dalillarni bilasiz? 
4. Yerning yillik harakati haqida nimalarni bilasiz? 
5. Nima sababdan yer yuzasining hamma qismi bir xil yoritilmaydi va isitilmaydi? 
6. Yer sharidagi issiqlik mintaqalarini yozuvsiz kartaga tushirib, ularning bir-biridan farqini 
aniqlang. 
7. Yerning ko’lami haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun Quyosh tizimidagi boshqa 
sayyoralar ko’lami bilan taqqoslovchi aylana diagramma chizing 
8. Globus va telluriy yordamida Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishini sinab 
ko’ring. 
7-MAVZU: MAGNITOSFERA 
Reja: 
1.
 
Fazoning Yerga ta’siri.
2.
 
Quyosh va Yer aloqalari. 
3. Magnitosfera 
 
Tayanch iboralar: 
Quyosh va Yer aloqalari, Quyosh radiatsiyasi, Quyosh shamoli, Yer 
va Quyosh aloqalarining doimiyligi va uning oqibatlari, Magnitosfera, magnit og’ish, magnit 
enkayish, magniit meridiani, magnit ekvatori va magnit qutblari . 
1. Fazoning Yerga ta’siri. Quyosh va Yer aloqalari. 
Yer osmon jismlaridan biri 
bo’lganligi tufayli, ulardan juda uzoqda bo’lishiga qaramasdan Koinot Yerga doimo ta’sir etib 
turadi. Koinotning Yerga ta’siri quyidagilardan iborat . 
1. Quyosh bilan Yer orasidagi masofa Yer uchun eng muhim issiqlik ko’rsatkichi bo’lgan 
Quyosh radiatsiyasining miqdorini aniqlab beradi. Yerga Quyosh taratayotgan issiqlikning ikki 
milliarddan bir qismi yetib keladi. Bu miqdor esa Yer uchun xos bo’lgan termodinamik sharoitni 
ta’minlaydi. Quyoshdan Yerga keladigan nur issiqligi Yer yuzasidagi issiqlikning asosiy manbai 
bo’lib, quruqlikda, okeanlarda, atmosfera hamda tirik mavjudotlarda ro’y beradigan juda ko’p 
jarayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy kuchdir. 
2. Yerning Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida joylashgan o’rni Yerdagi moddalar 
zichligini aniqlab beradi, uning o’lchamlari esa, uning massasini aniqlab beradi. Yerdagi 
moddalarning o’rtacha zichligi 5,5 g/sm
3
, hajmi 1,0834 – 10
21
m
3
, massasi (og’irligi) 5,976 ∙ 10
24
kg. Yerning bunday og’irligi atmosferani ushlab turishga qodirdir. 
3. Yer yuzasidagi atmosfera bosimini mavjudligi suvni suyuq holda bo’lishiga imkon 
beradi, aks holda suv bug’lanib ketgan bo’lar edi. Chunki berilgan harorat va bosimga to’g’ri 
keladigan muvozanat bo’zilgan bo’lar edi. 


25 
4. Oy bilan Quyoshning tortishi tufayli Yer davriy ravishda deformatsiyalanib (shakli 
o’zgarib) turadi. Natijada dunyo okeani, atmosfera va yer po’stida qalqish hodisalari sodir bo’lib 
turadi. Bundan tashqari Oy tortishi natijasida Yerning sutkalik harakati doimo sekinlashib 
boradi. Bu esa juda katta geografik ahamiyatga ega. Buning natijasida yerning sutkalik harakat 
tezligi qutbiy siqiqligi va Koriolis kuchi kamayadi. Natijada atmosfera havosi va okean suvlari 
harakatlari o’zgaradi, oqibatda iqlim ham o’zgaradi. Yerning sutkalik harakatining sekinlashishi 
natijasida sutkaning uzunligi 1mlrd. yilda 6 soatga ortadi. 
5. Yerda ma’lum bir doimiy termodinamik sharoitni ushlab turishda atmosfera va 
okeaning ahamiyati juda katta. Atmosfera Quyoshdan kelayotgan Yer uchun zararli bo’lgan 
elektromagnit nurlarni ushlab qoladi. 
6. Yerning og’irligi Yerga tushib turadigan meteoritlar hisobiga muntazam ravishda ortib 
boradi. Ayni vaqtda Yer atmosferasining tashqi baland qatlamlaridan fazoga doimiy ravishda 
turli xil gaz zarralari uchib ketib turadi. 
7. Quyoshdan yerga issiqlikdan tashqari, elektr zaryadli juda ko’p turli tuman zarralar 
ham kelib turadi. Koinotning uzoq qismidan Yer atmosferasining yuqori qatlamariga ko’rinmas 
va juda yuksak energiyaga ega bo’lgan kosmik nurlar kelib turadi (asosan vodorod atomining 
yadrolari). Yerdagi ko’p hodisalar – qutb yog’dusi, magnit bo’ronlari, havoning ionlashishi, 
atmosferadagi ba’zi gazlarning molekula holatidan atom holatiga o’tishi va boshqalar – Yer 
atmosferasiga koinotdan kirib keladigan zarralar va nurlar ta’sirida vujudga keladi
23


Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish