26
tomon harakatlanadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari bilan mazkur zaryadlangan zarralarning
o’zaro ta’siri natijasida qutb yog’dusi hosil bo’ladi
24
Magnit maydonining tuzilishi geografik kengliklarga qarab o’zgarib turadi. Har bir yarim sharda
uchta kenglik zonasi ajratiladi:
-
ekvatorial zona (25
0
sh.k. – 25
0
j.k.) Bu zonada kuchlangan magnit liniyalari yer yuzasiga
parallel xarakatlanadi. SHuning uchun atmosferaning yuqori qismlariga zaryadlangan zarralar
kam kirib keladi;
-
mo’’tadil kengliklar zonasi (30
0
sh.k. va 55
0
j.k.) Bu zonada yerda zaryadlangan zarralar
oqimining sur’ati kuchayib boradi. Qutblar tomon magnit maydonining o’tkazuvchanligi ortib
boradi;
-
qutbiy oblastlar zonasi. Bu zonada kuchlangan magnit liniyasi yer yuzasiga tikroq
yo’nalgan va voronkasimon shaklga ega. Mazkur voronka orqali Quyosh shamoli magnitosfera
so’ngra atmosferaga kirib keladi. Zaryadlangan zarralarni atmosfera bilan o’zaro ta’siri natijasida
qutb yog’dusi sodir bo’ladi
25
.
Yer yuzasining har bir nuqtasida kompasning magnit strelkasi kuchlangan magnit
liniyalariga parallel joylashadi. Magnit maydonining o’lchamlari quyidagilardan iborat:
-magnit meridiani bilan geografik meridian orasidagi burchak magnit og’ishi deyiladi.
Kompasdagi magnitlangan strelkaning bir uchi albatta shimolga, ikkinchi uchi esa janubga
qaragan bo’ladi. Strelkaning bu holati magnit meridianining yo’nalishini ko’rsatadi. Ammo
magnit meridianining yo’nalishi geografik meridian yo’nalishiga to’g’ri kelmaydi va undan
g’arbga yoki sharqqa buriladi;
-magnit enkayishi deb, tekis yuza bilan tik aylanuvchi magnit strelkasi oralig’idagi
burchakka aytiladi. Magnit enkayishi bir xil bo’lgan chiziqlar izoklinlar deyiladi. Enkayish
magnit qutblari bilan ekvator oralig’ida 90
0
dan 0
0
gacha o’zgaradi. Bu o’zgarish miqdori
shimoliy yarim sharda «+» alomati, janubiy yarim sharda «-» belgisi bilan belgilanadi;
-magnit ekvatori – magnitli strelka gorizontal holatda turadigan chiziqqa aytiladi. Ikkala
qutbdan barobar uzoqlikda strelka gorizontal holatni oladi. Magnit ekvatori geografik ekvatorga
mos kelmaydi. U Afrika bilan Osiyoda geografik ekvatordan shimolroqda, Amerikada esa
janubroqda joylashgan. Magnit ekvatorida enkayish 0
0
, qutblarda esa 90
0
ga teng. Magnit
ekvatori geografik ekvatorni 169
0
sh.k. va 23
0
g’.u. da kesib o’tadi;
-magnit meridiani – magnit strelkasi joylashgan katta aylana yuzasiga aytiladi;
-magnit qutblari – magnit strelkasi tik holatda turadigan joylarga aytiladi. Yer yuzasida
va quyi atmosferada Yer magnit maydonining yer po’sti va uning magnit massalari bilan bog’liq
bo’lgan har xil qismi namoyon bo’ladi. Bu maydonning qutblari magnit qutblari deb ataladi.
Magnit qutblarning o’rni yil sayin o’zgarib turadi. Hozirgi vaqtda shimoliy magnit qutbi
Kanadada Butiya yarim orolidan sharqroqda (74
0
sh.k. 92
0
g’.u.), janubiy magnit qutbi esa
Antarktidada (69
0
j.k. 144
0
g’.u.) joylashgan. Yerning magnit kutblari doimo o’zgarib turadi.
Masalan shimoliy magnit qutbi 1950 yili 72 sh.k. 96
0
g’.u., janubiy magnit qutbi 70
0
j.k.,
150
0
g’.u., 1970 yili esa 75
0
42
1
sh.k. 101
0
30
1
g’.u. va 65
0
30
1
j.k. 140
0
18
1
g’.u. joylashgan
26
.
Do'stlaringiz bilan baham: