O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Koinot Yerga qanday yo’llar bilan ta’sir etadi? 
2. Magnitosfera nima va u qanday vazifalarni bajaradi? 
24
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment.»,2003, 11-
b (mazmun va mohiyatidan foydalanildi). 
25
Vaxobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: Bilim, 2005, 54-b, (mazmun va mohiyatidan 
foydalanildi). 
26
Vaxobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: Bilim, 2005, 55-56-b, (mazmun va mohiyatidan 
foydalanildi). 


27 
3. Magnit meridiani haqida nimalarni bilasiz va u geografik maydondan farqi nimalardan 
iborat? 
4. Magnit ekvatori geografik ekvatordan farqini geografik karta orqali tahlil qiling. 
5. Nima sababdan magnit qutblari o’rnini almashinib turishini tahlil qiling? 
8
-MAVZU: GEOGRAFIK QOBIQ VA UNING XUSUSIYATLARI. 
GEOGRAFIK QOBIQDAGI MODDALAR VA ULARNING XIMIK VA 
FIZIK XOSSALARI
Reja: 
1. Geografik qobiq xaqida tushuncha 
2. Geografik qobiqning chegaralari. 
3. Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari. 
4. Geografik qobiqdagi moddalar va ularning xususiyatlari. 
5. Geografik qobiqning tarkibi va tuzilish darajalari. 
6. Geografik qobiqdagi tutash yuzalar, simmetriya va disimmetriyalar. 
Tayanch iboralar: 
Geografik qobiq, geografik muhit, epigeosfera, 
biogenosfera, geografik qobiqning chegaralari, geografik qobiqning xususiyatlari,
geotarkib, geotizim, geosfera, tutash yuzalar, simmetriya, disimmetriya, tabiiy 
xududiy va tabiiy akval majmua. 
1. Geografik qobiq xaqida tushuncha. 
Geografik qobiq haqidagi ta’limot 
XX asrda A.A. Grigorev tomonidan ishlab chiqildi.
Geografik qobiq deb, atmosferaning quyi qismi, litosferaning yuqori qismi, 
gidrosfera va biosferaning bir-biriga o’zaro ta’siri etib, o’zaro bir-biriga kirishib va 
tutashib turidigan Yerning qismiga aytiladi. 
Geografik qobiqqa gidrosfera va biosfera to’liq kiradi, u atmosferada ozon 
qatlamigacha bo’lgan joylarni, litosferada esa gipergenez zonasini o’z ichiga oladi 
(grekcha hiper-tepada, genesis-kelib chiqish Yer yuzasiga yaqin joylashgan 
litosferaning bir qismi). Geografik qobiq uncha qalin emas, uning eng katta 
qalinligi 40 km. atrofida (Yer yuzidan yuqoriga va pastga 15-20 km.ga cho’zilgan). 
Geografiik qobiqda juda ko’p va xilma-xil voqea va jarayonlar sodir bo’lib 
turadi, ularning asosiy sababi, ushbu qobiqda Yerning ichki va koinot omillarining 
birgalikda, ayni bir paytda, hamda juda qarama-qarshi ta’siri ostida vujudga keladi 
va rivojlanadi. 
Yer qobig’ida mazkur ikki guruh kuchlari Yer yuzida to’qnashib va Yer 
yuzasining o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlari bilan qo’shilib, unda 
sayyoramizning boshqa hech qanday qismida butunlay o’xshamaydigan o’ziga xos 
tabiiy tizimni vujudga keltirgan. 
Geografik qobiq tushunchasidan tashqari landshaft qobig’i (Yu.K.Efremov) 
va epigeosfera (A.G.Isachenko) tushunchalari ham ishlatiladi. Ammo hozirgi 
paytda geografik qobiq tushunchasi keng tarqalgan. 
Geografik qobiq tushunchasining keng tarqalganligiga qaramasdan, hozirgi 
paytda olimlar orasida mazkur tushunchani almashtrishga harakat qilayotganlari 
ham uchrab turibdi. 


28 
A.A.Grigorev va qator olimlar geografik qobiq va georafik muhit qamrovi 
bitta, ular bitta tushunchadir degan g’oyani olg’a surishadi. Ularning fikricha 
mazkur ikki tushuncha bir-birini to’ldiradi va bir xil tabiiy hodisani turli tomondan 
tavsiflaydi. Ammo XIX asrning 70-yillarida frantsuz olimi Eliza Reklyu 
tomonidan tavsiya etilgan geografik muhit tushunchasi tabiiy kategoriya emas, 
ko’proq ijtimoiy-tarixiy kategoriyadir. Geografik muhitning chegarasi 
jamiyatining rivojlanishi bilan kengayib boradi. Hozirgi paytda esa inson faoliyati 
geografik qobiq chegarasidan chiqib ketdi. Demak, geografik muhit kengayib 
uning chegarasi geografik qobiq chegarasi bilan muvofiq bo’lib qolmoqda. 
Yu.K.Efremov geografik qobiqni landshaft qobig’i deb atash lozim degan fikrni 
bildiradi. Ammo landshaftlar geografik qobiqda juda yupqa qatlamni tashkil qiladi. 
SHuning uchun landshaft qobig’i tushunchasini geografik qobiq tushunchasiga 
qarama-qarshi qo’yish noto’g’ri hisoblanadi, chunki landshaftlar geografik 
qobiqning bir qismdir. Shuning uchun landshaft qobig’i tushunchasini alohida va 
o’z o’rnida qo’llangan ma’qul. 
A.G. Isachenko geografik qobiq bu Yerning tashqi, tepadagi qobig’i bo’lgani 
uchun uni epigeosfera (grekcha hyper-yuqori) deb atashni tavsiya etadi. Ammo 
yuqorida aytganimizdek, Yer qobiqlari ularning joylanishiga qarabgina emas, balki 
moddalarning xossalariga ham qarab ajratilishi hamda Yerning tashqi qobig’ini 
geografik qobiq emas atmosfera va magnitosfera tashkil etishini xisobga olsak 
epigeosfera atamasi geografik qobiq tushunchasiga mos kelmasligi ma’lum 
bo’ladi. 
I.B. Zabelin esa geografik qobiqda hayotning vujudga kelishi va rivojlanishi 
sodir bo’lganligi uchun geografik qobiq tushunchasini biogenosfera tushunchasi 
bilan almashtirishni tavsiya qilgan. «Biogenosfera» tushunchasi fanda keng 
tarqalgan «Biosfera» tushunchasiga juda yaqin. Agar mazkur tushuncha qabul 
qilinadigan bo’lsa, «Biosfera» tushunchasi murakkablashib va chalkashib ketadi. 
Bundan tashqari geografik qobiq tushunchasini almashtirishga hojat ham, asos ham 
yo’q
27


Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish