O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Geografik qobiqdagi moddalar va ularning xususiyatlari



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

Geografik qobiqdagi moddalar va ularning xususiyatlari. 
Geografik 
qobiqning turli qismlarini kimyoviy tarkibi turlicha. Ammo Olamning bizga 
ma’lum bo’lgan qismining tarkibi deyarli bir xil, bu yerda atomlarning 93%ni 
vodorod atomi tashkil qiladi. Yerda esa vodorod va geliy nisbatan kam.
 
Geografik qobiqdagi moddalarning murakkab kimyoviy tarkibining 
asosiy sababi uning uzoq vaqt davomida rivojlanishidir. Bunda moddalar kimyoviy 
tarkibining shakllanishida Quyosh tizimi va Yerning vujudga kelish sharoiti, 
dastlabki mantiya moddasini gravitatsion va fizik-ximik tabaqalanishi (bu 
tabaqalanishda Yerning tashqi qobiqlari hosil bo’lgan), geografik qobiqning uzoq 
davr moboynida rivojlanishi (bunda Yer yuzasida alohida moddalar va elementlar 
to’planishi sodir bo’ladi) juda muhim ahamiyati ega bo’ladi. Natijada Yer 
po’stining hozirgi kimyoviy tarkibi shakllandi. 
Yer yuzasida kislorod, temir, kremniy, alyuminiy, magniy, kaltsiy, natriy, 
uglerod, kaliy ko’proq tarqalgan. 
Troposferada asosan azot (75-80%), kislorod (20%), karbonat angidrid (1-
2%); biosferada kislorod (50-60%), karbonat angidrid (20%), vodorod (10%), azot 
(10%), litosferada kislorod (50%), karbonat angidrid (5%), vodorod (2,5%), azot 
(10%); gidrosferada kislorod (70%), karbonat angidrid (0,5%), vodorod (>10%), 
azot (0,1-0,2%), kremniy (0,2-03%) keng tarqalgan. Magmatik tog’ jinslari 
tarkibida kislorod (40-50%), karbonat angidrid (2-3%), vodorod (0,5-1%), azot (2-
3%), kremniy (30-35%) mavjud
29

5. Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi darajalari.
Yerning havo 
qobig’i (asosan troposfera), Yer po’sti, suv qobig’i (okean va quruqlik suvlari) va 
29
Vahobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: 2005, 63-64-b (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 


31 
hayot qobig’i (o’simlik va xayvonlar) geografik qobiqning tarkibiy qismlari 
hisoblanadi.
Geografik qobiqda bir nechta tuzilish darajalari ajratiladi: geotarkibli, 
geosferali va geotizimli. 
Geotarkibli yoki eng oddiy tuzilish darajasi. Geotarkiblar – bu Yer 
yuzasidagi nisbatan bir xil xususiyatga ega bo’lgan moddiy hosilalar 
birlashmasidir. Asosiy va ikkinchi darajali geotarkiblar ajratiladi. Asosiy 
geotarkiblarga tog’ jinslari, havo, suv, o’simlik va hayvonlar kiradi. Ikkinchi 
darajali geotarkiblarga esa tuproq, muz, muzloq gruntlar kiradi. 
Geotarkiblar hosil bo’lishi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga qarab bir-
biridan keskin farq qiladi. Geografik qobiqda ilgari aytganimizdek, notirik, tirik va 
aralash moddalar ajratiladi Aralash (tirik va notirik moddalar birlashmasi) 
moddalarga tuproq, muz va muzloq grunt kiradi. Notirik (noorganik) moddalarga 
asosan tog’ jinslari kiradi, ular Yer po’stida keng tarqalgan. Tirik moddalarga 
o’simliklar, hayvonotlar va mikroorganizimlar kiradi. Ular biosferada keng 
tarqalgan. 
Geosferali tuzilma darajasi. Geosfera deb, asosan ma’lum bir geotarkibdan 
tuzilgan Yerning aniq bir qismlariga aytiladi. Geosferalar (geoqobiqlar) kontsentrik 
bir-birini ichiga kirgan qatamlarni tashkil qiladi. Geosferalar litosfera, gidrosfera, 
atmosfera va biosferadan iborat. Litosfera zichligi yuqori bo’lgan va qattiq 
moddalardan iborat tog’ jinslaridan tuzilgan. Gidrofera esa suyuq moddalardan, 
ya’ni suvdan iborat, atmosfera gazsimon moddalardan iborat. Biosfera esa tirik 
moddalardan tashkil topgan. Litosfera, gidrosfera va atmosfera to’xtovsiz, yaxlit 
qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik mavjudodlar tarqalgan qobiq sifatida yaxlit 
qobiqni hosil qilmaydi, u boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan 
qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi. Mazkur geoqobiqlar 
orasida yaxlit qatlam hosil qiladigan asosiy qobiqlar va yaxlit qatlam hosil 
qilmaydigan ikkinchi darajali qobiqlar ajratiladi. Ikkinchi darajali qobiqlarga 
krisofera (sovuqlik qobig’i), tuproq (pedosfera) va boshqalar kiradi. 
Geotizimli tuzilma darajasi. Geotizimlar- geotarkiblarning o’zaro ta’siri 
natijasida vujudga keladigan majmuali hosilalardir. Notirik geotarkiblarning o’zaro 
ta’siri natijasida oddiy geotizimlar hosil bo’ladi. Masalan, muzliklar, daryo 
vodiylari va x.k. Muzliklar atmosfera va gidrosferaning o’zaro ta’siri natijasida 
hosil bo’ladi. Daryo vodiylari esa litosfera va gidrosfera hamda atmosferaning 
o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. 
Geotizimlilar hozirgi paytda faqat tabiiy tarkiblarni emas, balki antropogen 
omillarni ham o’z ichiga oladi. Natijada geografik qobiqda geotexnogen tizimlar 
vujudga kelmoqda. Geotexnogen tuzilmalar tabiiy tarkiblardan va kishilik
jamiyatidan iborat (shaharlar, sanoat markazlari, qishloq xo’jalik yerlari, 
gidrotexnik inshoatlar va x.k.)
Umumiy Yer bilimi geografik qobiqning bo’ylama va yuzalama tuzilishini 
o’rganadi. Ammo geografik qobiqning yuzalama tuzilishini faqat planetar darajada 
o’rganadi. 


32 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish