qarshi tomonni ko’rsatadi. Relyefi gorizontallar bilan ifodalangan
joyda qatlamning
yotish burchagi kattaligini yo’nalish chiziqlari orasidagi masofa (qatlam qadami)dan
bilish mumkin.
Qatlamning yotish burchagi relyef qiyaligidan kichik bo’lsa, qatlam
uchburchagining uchi suv ayirg’ichida qatlamning yotish tomonini va aksincha,
daryo vodiysida qarama-qarshi tomonini ko’rsatadi.
Chunki bunda qatlamning yer
yuzasiga chiqish nuqtasi suv ayirg’ichdagiga qaraganda yuqori balandlikda bo’ladi.
Agar bu xususiyat hisobga olinmasa, qatlam uchburchagining uchi yo’nalishini
qatlamning yotish tomoni deb noto’g’ri qabul qilish mumkin.
Qatlamning yotish
tomonini ko’rsatuvchi qatlam uchburchaklari burchagining kattaligi har xil bo’lishi
mumkin. U qatlamning qiyalik burchagiga va relyefga bog’liq. Qatlamning yotish
burchagi kichik bo’lganda qatlam uchburchagining uchi o’tkir bo’lib, yotish
burchagining kattaligi oshib borgan sari o’tmaslashib boradi va nihoyat,
qatlam tik
holda turganda uning yer yuzasiga chiqish chegarasi to’g’ri chiziqqa aylanadi.
Qatlam uchburchagining uchi qatlamning yotish burchagi o’zgarmas bo’lganda
nishabligi katta, relyefda kichik, qiyalikdagiga qaraganda o’tkirroq bo’ladi.
Gorizontallari bo’lmagan geologik xaritalarda qatlam uchburchaklari yordamida
qatlamning yotish tomonini va taxminiy yotish burchagini aniqlash mumkin.
Qatlamning haqiqiy qalinligini aniqlash formulalari
Qatlamning yotish burchagi bilan relyef yuzasi orasidagi
munosabatlarga qarab
qatlamning haqiqiy qalinligini aniqlashda bir qancha variantlar bo’lishi mumkin. Bu
variantlarni ko’rib chiqishda qatlamning haqiqiy qalinligini (h), ko’rinarli qalinligini
(l), yotish burchagini (a) va relyef yuzasining qiyalik burchagini (b) harflar bilan
belgilab olamiz.
1. Relyef yuzasi gorizontal va qatlam qiya yotganda: bu variantda o’tkir burchak
(a) qatlamning yotish burchagidir.
Bunda
sin
l
h
yoki
sin
l
h
(1)
2. Relyef yuzasi qiya va qatlam gorizontal yotganda: bu variantda o’tkir burchak
(b) relyef yuzasining qiyalik burchagidir.
Bunda
sin
l
h
yoki
sin
l
h
(2)
3. Relef yuzasi qiyaligi va qatlamning yotishi
qarama-qarshi tomonga
yo’nalganda: bu variantda o’tkir burchak reiyef yuzasining qiyalik (b) va qatlamning
yotish (a) burchaklari yig’indisidan iboratdir.
Bunda
)
sin(
l
h
yoki
)
sin(
l
h
(3)
4. Relyef yuzasining qiyaligi va qatlamning yotishi bir tomonga yo’nalgan
bo’lib, qatlamning yotish burchagi relyef qiyaligidan katta bo’lganda: bu variantda
o’tkir burchak relyef yuzasi qiyalik burchagidan qatlamning yotish burchagi
ayirmasiga teng.
Bunda
)
sin(
l
h
yoki
)
sin(
l
h
(4)
5. Relyef yuzasining qiyaligi qatlamning yotish burchagidan katta bo’lganda: bu
variantda o’tkir burchak relyef yuzasi qiyalik burchagidan
qatlamning yotish
burchagi ayirmasiga teng.
Bunda
)
sin(
l
h
yoki
)
sin(
l
h
(5)
6. Qiya yotgan qatlam tik qazilgan burg’i qudug’i orqali ochilganda: bu
variantda o’tkir burchak (a,) qatlamning yotish burchagi (a)ga teng.
Bunda
cos
l
h
yoki
cos
l
h
(6)
Yuqorida ко’rib chiqilgan formulalarning barchasi qatlamning ko’rinarli
qalinligi uning yo’nalish chizig’iga ko’ndalang tartibda o’lchangandagina to’g’ri
bo’ladi. Dala sharoitida ko’pincha buning imkoniyati bo’lavermaydi. Aksariyat
hollarda qatlamlarning ko’rinarli qalinligi yurish uchun qulay yo’nalishda o’lchanadi.
Bu yo’nalish esa qatlamlarning yotish chizig’iga to’g’ri kelmasligi mumkin. Shuning
uchun ham qatlamlarning haqiqiy qalinligini hisoblashda P.M.Leontovskiy
formulasidan foydalanish kerak bo’ladi. Bu formula uch ko’rinishda bo’lib, ulardan
biri qatlamlarning yotishi va
relyef qiyaligi qarama-qarshi, ikkinchisi qatlamlarning
yotishi va relyef qiyaligi bir tomonga yo’nalgan, lekin relyef qiyaligi qatlamning
yotish burchagidan kichik va uchinchisi qatlamning yotishi
bilan relyef qiyaligi bir
tomonga yo’nalgan, ammo relyef qiyaligi qatlamning yotish burchagidan katta
bo’lgan hollardir.
Do'stlaringiz bilan baham: