O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyоt instituti


Qiya yotuvchi qatlamlarning geologik xaritalarda va aerofotosuratlarda



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana01.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#624157
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Курс иши СГГХ Услубий К 29.03.2022 пдф

 
Qiya yotuvchi qatlamlarning geologik xaritalarda va aerofotosuratlarda 
tasvirlanishi
Qiya yotgan qatlamlar yer yuzasiga chiqish chizig’ining ko’rinishi relyef 
shakliga va qatlamning yotish elementlariga bog’liq bo’ladi. Relyef yuzasi tekis 
joyda qiya yotgan qatlamning yer yuzasiga chiqish chizig’i, vertikal yotgan 
qatlamlarniki singari, to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi. Agar relyef yuzasi notekis 


bo’lsa, u relyef shakliga bog’liq holda egri chiziqdan iborat bo’ladi. Qatlamlarning 
yotish elementlari qatlam uchburchaklari yordamida aniqlanadi. 
Aerofotosuratlarda qatlamlar va boshqa stratigrafik gorizontlarning qiya yotishi 
juda oson aniqlanadi. 
Bunda qatlamlar va boshqa stratigrafik gorizontlar hosil qilgan fototonlar bir-
biriga parallel o’tganligi tufayli yaqqol ko’rinadi. 
Relyefi notekis bo’lgan joylardagi qiya yotgan qatlamlar tasvir-langan 
aerofotosuratlarni tahlil qilishdan awal stereoskop yordamida relyef xususiyatlari 
batafsil o’rganiladi. Suvayirg’ichlarning shakli, soylik va jilg’alar, relyef yuzasining 
nishabligi va boshqalarga e’tibor beriladi. Aerofotosuratlarda ham, xuddi geologik 
xaritalardagidek, qatlam uchburchaklari yordamida qatlamlarning yotish elementlari 
aniqlanishi mumkin. Shundan keyin fototonlar xususiyati bilan ajratilgan qatlam va 
gorizontlarning stratigrafik ketma-ketligi aniqlanadi. 
 
Aerofotosuratlarda qatlamlarning yotish elementlarini va qalinligini 
aniqlash xususiyatlari
Aerofotosuratlarda qatlamlarning yotish elemenlarini aniqlash dala sharoitida 
tog’ kompasi yordamida aniqlashdan ancha farq qiladi va geologik xaritalar bo’yicha 
bajariladigan amalga bir-muncha yaqin bo’ladi. Tog’ kompasi bilan tog’ jinslarining 
yotish elementlarini aniqlash o’zaro bog’lanmagan ma’lum masofadagi nuqtalarda 
olib borilsa, aerofotosuratlarda esa ular qatlamlarning yeryuzasiga chiqish chegaralari 
bo’yicha bajariladi. Ular bir-birini to’ldiradi va nazorat qiladi. 
U yoki bu cho’kindi jinslarning qatlamlari, tomirli jinslar yoki yer yoriqlarining 
chegaralari aerofotosuratlarda uzluksiz chiziq holida yoki talqin qilish vaqtida 
ma’lum belgilari bilan tiklanuvchi uzuq chiziqlar sifatida yetarli masofagacha 
kuzatilishi mumkin. Ularning yer yuzasiga chiqish chegaralari holati, birinchi 
navbatda, relyef shakliga bog’liq bo’ladi. Bu munosabat orqali yuqorida sanab 
o’tilgan obyektlarning yotish elementlari va haqiqiy qalinliklarini aniqlash mumkin. 
Agar aerofotosuratlar yuzasida gorizontallar o’tkazilgan bo’lsa, yotish elementlari va 
haqiqiy qalinlik xuddi geologik xaritalardagidek aniqlanadi. 


Qatlam vertikal yotganda yoki yer yuzasi tekis bo’lganda qatlamning yer 
yuzasiga chiqish chegarasi uning yo’naUsh chizig’iga mos tushadi. Boshqa barcha 
hollarda relyef yuzasi notekis bo’lsa, qatlamning yer yuzasiga chiqish chegaralari 
uning haqiqiy yo’nalish chizig’iga muvofiq kelmaydi. Bunda yo’nalish chizig’i, 
geologik xaritadagi kabi, grafik usulda aniqlanadi. Buning uchun stereoskop 
yordamida aerofotosuratlarda tasvirlangan qatlamning yer yuzasiga chiqish 
chegarasining birida bir-biridan ma’lum masofada va bir xil balandlikda joylashgan 
ikki nuqta topilib, ular o’zaro to’g’ri chiziq yordamida tutashtiriladi. Shuni esda tutish 
kerakki, qatlamning yotish burchagi qancha kichik bo’lsa, tanlangan nuqtalar 
balandligi shuncha aniqlikda topilishi kerak. Aks holda, qatlamlarning yotish 
elementlarini aniqlashdagi xatolik katta bo’ladi. Nuqtalarni soyning yoki 
suvayirg’ichning ikki tomonidan tanlash bu amalni bajarishda ancha qulaylik 
tug’diradi. Aerofotosuratlarda tanlangan nuqtalarning balandligi stereoskoplar 
yordamida aniqlanishi mumkin. 
Qatlamlar gofizontal yotganda ularning yer yuzasiga chiqisb chegaralari relyef 
gorizontallari kabi ma’lum bir gipsometrik sathlardan o’tgan bo’ladi. Vertikal 
yotganda esa, relyef shakliga bog’liq bo’lmasdan, to’g’ri chiziqlar kabi tasvirlanadi. 
Qatlamlar qiya yotganda ularning yer yuzasiga chiqish chegaralarining holati 
aerofotosuratlarda relyefga bog’liq ravishda egilgan bo’ladi va undan qatlamning 
yotish tomonini belgilashda foydalaniladi. 
Qatlamlar chegaralarining egilishi bo’yicha qatlam uchburchaklari hosil bo’ladi. 
Ular yordamida qatlamlarning yotish elementlari geologik xaritalardagidek usullar 
bo’yicha aniqlanadi. Ammo geologik xaritalarda qatlamlar va boshqa geologik 
obyektlarning 
yer 
yuzasiga 
chiqish 
chegaralari 
parallel 
proyek-siyada, 
aerofotosuratlarda esa markaziy proyeksiyada tasvirlangani uchun keyingi holda 
ma’lum tuzatmalar kiritilishi kerak bo’ladi. Chunki markaziy proyeksiyada 
aerofotosuratlarning chekka qismlarida geologik obyektlar shakli va o’lchamlari 
ma’lum darajada o’zgargan bo’ladi. 
Aerofotosuratlarda tasvirlangan qatlamlarning haqiqiy qalinligini aniqlash ular 
hosil qugan struktura shakliga, aerofo-tosurat miqyosiga va sifatiga bog’liq bo’ladi. 


Qatlamlarning yer yuzasiga chiqish kengligi ularning yotishi va relyefga bo’lgan 
munosabatiga bog’liq xolda o’zgaruvchan bo’ladi. Aerofotosuratlarda qatlamlarning 
yer yuzasiga chiqish kengligining gorizontal tekislikdagi proyeksiyasini bevosita 
o’lchash mumkin. 
Aerofotosuratlarning stereoparalarini stereoskop yordamida kuzatib, qatlamning 
ostki va ustki yuzalari orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash mumkin. Qatlamlarning 
yotish burchagini bilgan holda, uning haqiqiy qalinligi trigonometrik funksiyalar 
yordamida hisoblab chiqiladi.
Qatlamlar gorizontal yotganda, agar ularning ostki va ustki yuzalarining yer 
yuzasiga chiqish chegaralari aniq ko’ringan bo’lsa, haqiqiy qalinlik 
m = h = Δр К (1) 
formula yordamida aniqlanadi. Formulada Δp-qatlamning ostki va ustki yuzalari 
orasidagi bo’ylama parallakslar farqi va K-parallaks koeffisiyenti, ya’ni ushbu 
aerofotosuratlarning stereoparalari uchun 1 mm parallaksga to’g’ri keluvchi metrda 
o’lchangan balandiik. 
Qatlam vertikal yotganda uning haqiqiy qalinligi yer yuzasiga chiqish kengligi 
proyeksiyasiga teng bo’ladi. Qatlamning yer yuzasiga chiqish kengligi stereoskopda 
parallaks yordamida millimetrning o’ndan bir ulushigacha aniqlikda o’lchanadi va u 
aerofotosurat miqyosiga ko’paytiriladi: 
m = l·M 
(2) 
Bunda l- qatlamning yer yuzasidagi chiqish kengligi, 
M-
aerofotosurat miqyosi. 
Qiya yotgan qatlamlarning haqiqiy qalinligini aerofotosuratlar bo’yicha 
aniqlashda qatlamlarning yotish burchagi va relyef yuzasining qatlamga bo’igan 
munosabati hisobga olinadi. Bunda quyidagi variantlar bo’lishi mumkin: 
1. Qatlam va relyef yuzasi bir tomonga yotgan bo’lib, qatlamning yotish 
burchagi 
(a) 
relyef nishabligidan 
(p) 
kichik bo’lganda 
(a< P) 
haqiqiy qalinlik 
m =(Δp K=cosα)-(l·Msinα) 
(3) 
formula yordamida hisoblanadi. 
2. Qatlam va relyef bir tomonga yotgan bo’lib, qatlamning yotish burchagi 
(a) 
relyef nishabligidan 
(b) 
katta bo’lganda 
(a > b) 
haqiqiy qalinlik 
(I·Msinα)=(Δp K=cosα
) (4) 
formula yordamida topiladi. 
3. Qatlam va relyef yuzasi qarama-qarshi tomonlarga yotganda haqiqiy qalinlik 
m = (Δp K=cosα)=(l· M 
sinα) (5) 
formula bilan hisoblab chiqiladi. 
Relef yuzasi tekis va qatlam qiya yotgan xususiy holda haqiqiy qalinlik 


l·M 
sinα (6) 
bo’ladi 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish