32
chiqariladigan qalinligi 15, 20, 25 va 30
sm
bo‘lgan tagliklar;
ruletka; 10
m
uzunlikdagi shpagat; 20 kN lik dinamometr;
darslikdan tashqari ma’lumotlar manbayi bo‘ladigan plakatlar,
reklama
prospektlari, kitoblar; bevosita dalada plugli agregat
ishini namoyish qilish uchun 0,30 ga yer, shudgor chuqurligini
o‘lchagich; 10 dona baland qoziqlar; gayka kalitlari to‘plami.
Mashg‘ulotni bajarish tartibi:
o‘qituvchi jihozlangan
maydonchada talabalarga tirkalma va osma plugni traktorga ulash
tartibini, ish joyidagi xavfsizlik qoidalarini tushuntiradi va misol
uchun bitta plugni traktorga ulab ko‘rsatadi.
Mashg‘ulotga kelgan talabalar 4 guruhga bo‘linadi. 1-guruh
pluglarni 15
sm,
2-guruh 20
sm,
3-guruh 25
sm
va 4-guruh 30
sm
chuqurlikda ishlay oladigan qilib traktorga ulash topshirig‘ini
oladilar. O‘qituvchi mashg‘ulot bo‘yicha qo‘yiladigan ballni e’lon
qiladi. Topshiriqqa binoan 1-guruh plugni g‘ildirakli traktorga, 3-
guruh zanjir-tasmali traktorga ulaydi va bajarilayotgan ishlarni
og‘zaki izohlab turadi. 2-guruh 1-guruh
ishini kuzatib, izohlarni
muhokama qilib turadi. 4-guruh esa 3-guruh bilan birgalikda
ishlaydi.
Keyinchalik, navbat bilan guruhlar joy almashtirib, topshiriqni
to‘liq bajaradilar.
Oddiy plug bilan yer haydashda agregatni dala chetidan burish-
dagi salt yurishini kamaytirish maqsadida katta maydonli dala
kichik paykallarga bo‘linadi. Paykal o‘rtasi yoki chetlarida tuproq
uyumlari va shudgor jo‘yaklari paydo bo‘lib qoladi. Ularni
keyinchalik tekislash talab qilinadi.
Maydonchadagi ishlar tugaganidan so‘ng, traktorga to‘g‘ri
ulangan tirkalma plugli agregatga dinamometr o‘rnatilib,
ajratilgan tajriba dalasiga olib chiqiladi. Oldindan tayyorlangan
shudgor devoriga har 10 m masofada 5 ta qoziq qoqiladi. Agregat
bilan 100 m uzunlikdagi yer haydalib talabalarga ko‘rsatiladi.
O‘qituvchi talabaning e’tiborini
tuproq palaxsasining korpus
bo‘ylab siljish jarayoniga, uning uvalanib ag‘darilishiga qaratadi.
Agregat ilgari qoqilgan qoziq ro‘parasiga kelganida talaba
plugning sudrashga qarshiligi P
pl
ni dinamometrdan yozib oladi.
33
Agregat o‘tib ketganidan so‘ng, ilgari qoqib qo‘yilgan qoziqlar
ro‘parasiga, ya’ni so‘nggi yurishida qoldirgan shudgor devoriga
ham 5 ta qoziq qoqiladi. Qoziqlar oralig‘i, ya’ni plugning
amaldagi qamrov kengligi B
pl
o‘lchab yoziladi. Birinchi va oxirgi
korpuslarning
shudgorlash chuqurliklari
a
1
va
a
n
o‘lchab olinadi.
P
pl
, B
pl
,
a
1
va a
n
o‘rtacha arifmetik qiymatlari topilib, hisobot
yoziladi.
Keyin, plug sozlangan chuqurligini o‘zgartirmasdan traktorga
noto‘g‘ri ulanib, yana agregat ishlatiladi va P
1
p
l
, B
1
p
l
, a
1
1, a
1
n
lar
aniqlanadi hamda tajribadagi ko‘rsatkichlardan farqi topiladi.
Tegishli tahlildan so‘ng xulosalar yoziladi. Tahlil qilishda har bir
o‘quvchi o‘z fikrini asoslab, himoya qiladi. Berilgan topshiriqni
bajarish sifati, muhokamada bildirgan fikri va hisobot mazmuniga
qarab o‘quvchilarga tegishli ball qo‘yiladi va e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: