O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/96
Sana04.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#482696
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
Bog'liq
qishloq xojaligi mashinalari 2

imkonini beradi. 
Bu usulda shudgorlash uchun ramaga qamrov 
kengliklari bir xil bo‘lgan (b = 35 
sm)
ustki va pastki korpuslar 
bir-biriga nisbatan 450–550 
mm
oraliqda ketma-ket o‘rnatiladi. 
Yarusli plugdan so‘ng qoladigan shudgor devori pog‘onasimon 
ko‘rinishda bo‘ladi. Yaruslab shudgorlashdagi ustki qatlam 
yuzasidagi begona o‘tlarning qoldiqlari to‘liq va chuqur 
ko‘miladi, keyinchalik ularning unishi qiyinlashadi. Bu usulni 
qo‘llashning yana bir afzalligi, o‘rib olinmagan g‘o‘zapoya va 
boshqa ekinlar ham chuqur ko‘miladi. 
Korpus ta’sirida tuproq palaxsasi to‘liqroq ag‘darilishi uchun 
korpus qamrov kengligi 
b
ning shudgorlash chuqurligi 
a
ga nisbati 
1,3 dan kam bo‘lmasligi 
(b/a
> 1,3) ma’lum. 
Tekis shudgorlaydigan pluglar. 
Tuproq palaxsalarini doimo 
bir tomonga ag‘darib dalani tekis shudgorlash uchun to‘ntarma, 
seksiyali, klavishasimon va balansirli pluglardan foydalaniladi 
(14-rasm).
Ularga chap va o‘ng tomonga ag‘daruvchi korpuslar 
o‘rnatiladi.
 
 
To‘ntarma plug 
tekis shudgorlaydigan pluglarning eng keng 
tarqalgan turidir. Korpuslar bir-biriga nisbatan 180
о
ostida ramaga 
o‘rnatilgan bo‘ladi. Maxsus mexanizm yordamida plug ramasi 
180° ga burilib, chap yoki o‘ng korpuslar ishga tushiriladi. 
To‘ntarma plugning tuzilishi va uni sozlash tartibini 
respublikamizda ishlatilgan «Kverneland» LD-100 plugi misolida 
Nisbatan qimmatroq bo‘lgan ikki yarusli plug bilan 
paxtazorni haydash natijasida daladagi begona o‘tlar 
keskin kamayadi. 


38 
ko‘rib chiqamiz. Plug g‘ildirakli traktorga osish moslamasi 
yordamida ulanadi 
(14 va 15-rasmlar).
Plugga tezkor korpuslar o‘rnatilgani sababli, u kamida –10 
km/soat
tezlikda ishlatilsagina shudgorlash sifatli bo‘ladi. Plug 
ustuni 2–3 ko‘ndalang kergich 2
1
–2
2
ga bikr mahkamlangan. 
Ulash uchburchagining 2
1
–3–2
2
asosi 2
1
–2
2
va balandligi 2–3 ning 
o‘lchamlari shunday tanlanganki, plugning oniy aylanish 
markazlari 2–3 ustunning old tomonida ratsional uzoqlikda 
joylashadi. 
П
в
ning joyi agregat 1,5–2 m yo‘l bosib o‘tganda 
plugning to‘liq chuqurlikka botib ulgurishini ta’minlaydi. 
Plugning ramasi ustundagi sharnir 18 atrofida maxsus gidrosilindr 
yordamida 180° ga aylanib, korpuslarni to‘ntarib almashtiradi. 
Plugni aylantiruvchi o‘q 18 traktorning bo‘ylama simmetriya 
tekisligida joylashgan (plug traktorga «simmetrik» ulanadi). 
«Simmetrik» ulangan plug har safar
 
to‘ntarilganda g‘ildirakka 
nisbatan kerakli holatni egallaydi. 
Tayanch g‘ildiragi 17 ning tirsagi 17, 22 ga o‘rnatilgan tirak 13 
ga chuqurlikni sozlovchi vint 23 ning ayrisimon uchi tiralib 
turgani uchun g‘ildirak korpusga nisbatan ma’lum balandlikda 
ushlanib turadi. Plug 180° ga to‘ntarilayotganda tayanch g‘ildirak 
ham ma’lum balandlikka ko‘tarilib, keyin o‘z og‘irligi ta’sirida 
pastga tushadi. Shunday holatni hisobga olib, zarbani yumshatish 
maqsadida g‘ildirak tirsagiga dempfer o‘rnatiladi. 
Korpuslarni shikastlanishdan saqlash uchun bikr saqlagichlar 
o‘rnatilgan. Har bir korpus o‘z ustuniga ikkita bolt 11, 12 
yordamida biriktiriladi. Yumshoq po‘latdan yasalgan bolt 12 
korpusdagi qarshilik me’yoridan oshganda, kesilib ketishi 
natijasida korpus 11-bolt atrofida burilib, to‘siqdan o‘tib ketadi. 
Kesilgan boltni 12 o‘ziga o‘xshagan yumshoq bolt bilan 
almashtirish lozim. 

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish