O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


O‘qituvchi quyidagilarni tushuntiradi



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/96
Sana04.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#482696
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96
Bog'liq
qishloq xojaligi mashinalari 2

O‘qituvchi quyidagilarni tushuntiradi. 
Traktorga noto‘g‘ri 
ulangan plug korpuslari bir xil va belgilangan chuqurlikda ishla-
masdan, traktor sudrayotgan yo‘nalishga nisbatan yonboshlab 
yurishi, ya’ni qamrov kengligini hisoblanganga qaraganda 
o‘zgartirishi, sudrashga qarshiligini ko‘paytirishi mumkin. 
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun, birinchidan ko‘p 
vaqt ketadi, ikkinchidan dalaning tajriba o‘tkazilgan qismi sifatsiz 
shudgorlangan bo‘ladi. Shu sababli, plugni dalaga chiqarib ishlata 
boshlaganda uning hamma korpuslari birdaniga belgilangan chu-
qurlikda ishlay oladigan qilib traktorga ulash kerakligini 
tushuntiradi. 
Osma plugni sozlash
uni traktorga gorizon
 
tal tekislikda 
to‘g‘ri ulashdan boshlanadi 
(13-rasm).
Bu ish ham maxsus 
tayyorlangan maydonchada bajariladi. 
Plug traktorga noto‘g‘ri ulansa, u «yonboshlab» yuradi. 
Natijada, ishlayotgan korpuslarning ishchi sirti go‘yo boshqa
turga aylanib qolgandek bo‘ladi, ularning tuproqqa ta’siri 
o‘zgarib qoladi.
 


34 
Gorizontal tekislikda osma plugni zanjir
 
tasmali yoki g‘ildirakli 
traktorga ulash quyidagicha bo‘ladi. 
Osma plug zanjir-tasmali traktorga shudgor devori (SHD) chi-
zig‘iga nisbatan o‘rnatib ulanadi. Birinchi korpus lemexi SHD ga 
+ Db
 
=25 
mm
ga kiritilib, traktorning o‘ng tomondagi zanjir-
tasmasi esa haydalmagan yerda, SHD ga m=15–20 
sm
yetmasdan 
joylashtiriladi. 
Zanjir-tasmali traktorlarda 1'–2' va 1"–2" pastki tortqilarni 
ko‘ndalangiga surib, plugning gorizontal tekislikdagi oniy 
aylanish markazi 
II
Z
ni traktor simmetriya o‘qiga nisbatan o‘ng 
tomonga siljitish imkoni ko‘zda tutilgan. Shu sababli, 
n
g
nuqtasini 
surilib, uning ustiga tushiriladi va mahkamalanadi. 
Plug 
bunday 
ulanganda 
traktorning 
boshqaruvchanligi 
birmuncha qiyinlashadi, uning o‘ng zanjir-tasmasi ko‘proq toyishi 
hisobiga u asta-sekin o‘ng tomonga burilib ketaveradi. Traktorchi 
esa vaqti-vaqti bilan uni chap tomonga burib, agregatning to‘g‘ri 
yurishini ta’minlab turadi. 
Osma plugni zanjir-tasmali traktorga vertikal tekislikda 
ulashda 
(13-rasm, a)
ham traktor 
a
+ (1–2 
sm)
balandlikdagi 
taglik ustiga chiqariladi. Plug esa yerga to‘liq tushiriladi. Plugning 
oniy aylanish markazi 
П
в
traktor zanjirining oldingi g‘altagi 
atrofida joylashadigandek qilib markaziy tortqi 3–4 plug 
ustunidagi teshiklarning biriga ulanadi. Keyin, markaziy tortqi va 
kashaklarning uzunligi o‘zgartirilib, plugning hamma korpuslari 
lemexi maydoncha yuzasiga tushirib qo‘yiladi. 





pom 

П
в
pom 


35 
13-rasm.
Osma plugni belgilangan shudgor chuqurligiga o‘rnatish.
 
 
 a – vertikal tekislikda zanjir tasmali traktor bilan; b – gornizontal tekislikda 
g‘ildirakli traktor bilan. 
Traktor g‘ildiraklarining yer bilan tishlashish kuchi zanjir-
tasmaga nisbatan kamroq bo‘lganligi sababli, uning sudrash kuchi 
ham cheklangan. Traktor sudray oladigan plugning qamrov 
kengligi B
pl
, uning g‘ildiraklari tashqi sirti oralig‘i B
tr
dan kam 
bo‘ladi (B
pl
< B
tr
). Bu hol ayniqsa respublikamizda og‘ir tuproqli 
dalalarni chuqur haydashda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Plugning 
birinchi korpusini SHD ga nisbatan Db
 
=25 
mm
ga kiritib sudrash 
kerakligi sababli, plugni traktorga nosimmetrik ulash mumkin. 
Ammo, bunday holda o‘ng tomondagi yetaklovchi orqa g‘ildirak 
ko‘proq toyishi hisobiga traktor o‘ng tomonga uzluksiz burilishga 
intiladi. Oldingi g‘ildiraklarning yer bilan tishlashish kuchi yetarli 
bo‘lmaganligi uchun, bunga to‘siq bo‘la olmaydi. Shu sababli, 
osma plugni g‘ildirakli traktorga ulash boshqacha bajariladi, ya’ni 
traktorning o‘ng g‘ildiragi shudgorlangan yerda yuritiladi 
(15-b 
rasm). 
Shuning uchun g‘ildirakli traktorda 
П
g
ni ko‘ndalang 
tomonga siljitish ko‘zda tutilmaydi. 
Plug SHD ga nisbatan to‘g‘ri o‘rnatiladi va uning POMI dan 
tirak taxtalarga deyarli parallel bo‘lgan shpagat ip tortiladi. 
П
g
 
pom 
П
в
В
tr
В
pl
+

в 



36 
markazi shu ip ustiga tushadigandek qilib traktor plugga nisbatan 
ko‘ndalang yo‘nalishda joylashtiriladi. Traktor orqa g‘ildiraklari 
oralig‘ini o‘zgartirish imkoniyati bo‘lgani sababli, o‘ng g‘ildirak 
bilan SHD chizig‘i orasida 3–4 
sm
gacha joy qoldiriladi. 
Ayrim osma pluglarda ko‘ndalang to‘sin 2'–2" sharnirlariga 
nisbatan birmuncha surilishi hamda burilishi mumkin. Bu jarayon 
dastlabki sozlashga aniqlik kiritish imkonini beradi. 
Osma plugni vertikal tekislikda g‘ildirakli traktorga ulash 
uchun chap g‘ildirak 
a
+ (1–2 
sm)
balandlikdagi taglik ustiga 
chiqarilib, hamma korpuslar maydoncha yuzasiga bir tekis 
tegadigandek qilib markaziy tortqi va kashaklar uzunligi 
o‘zgartiriladi. 

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish