O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/96
Sana04.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#482696
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
Bog'liq
qishloq xojaligi mashinalari 2

Oniy aylanish markazi p
v
qanchalik uzoqda bo‘lsa, plug 
to‘liq chuqurlikka botishi uchun ko‘proq yo‘l bosib o‘tadi va 
ko‘p joy chala haydaladi. 
Ustun balandligi to‘g‘ri tanlansa, plug 
2–3 
m
davomida to‘liq chuqurlikka botib ulguradi. 
10-§. Osma plugni ishga tayyorlash (amaliy mashg‘ulot) 
 
Mashg‘ulotni o‘tkazishdan maqsad: 
talabalarga tirkalma va 
osma plugni traktorga to‘g‘ri ulashning ahamiyati (to‘g‘ri ulan-
magan plug ish sifatining pasayishi va sudrashga qarshiligining 
oshishini tahlil qilish asosida) ni uqtirish, bilim berish; ularda bun-
day 
ishlarni 
amalda 
bajarish 
bo‘yicha 
ko‘nikmalarni 
shakllantirish. 
Mashg‘ulot joyini jihozlash: 
zanjir – tasmali va g‘ildirakli 
traktorlar; tirkalma va osma pluglar; agregat tuzish uchun maxsus 
tayyorlangan maydoncha; ustiga traktor va plug g‘ildiraklari 


32 
chiqariladigan qalinligi 15, 20, 25 va 30 
sm
bo‘lgan tagliklar; 
ruletka; 10 
m
uzunlikdagi shpagat; 20 kN lik dinamometr; 
darslikdan tashqari ma’lumotlar manbayi bo‘ladigan plakatlar, 
reklama prospektlari, kitoblar; bevosita dalada plugli agregat 
ishini namoyish qilish uchun 0,30 ga yer, shudgor chuqurligini 
o‘lchagich; 10 dona baland qoziqlar; gayka kalitlari to‘plami. 
Mashg‘ulotni bajarish tartibi: 
o‘qituvchi jihozlangan 
maydonchada talabalarga tirkalma va osma plugni traktorga ulash 
tartibini, ish joyidagi xavfsizlik qoidalarini tushuntiradi va misol 
uchun bitta plugni traktorga ulab ko‘rsatadi. 
Mashg‘ulotga kelgan talabalar 4 guruhga bo‘linadi. 1-guruh 
pluglarni 15 
sm,
2-guruh 20 
sm,
3-guruh 25 
sm
va 4-guruh 30 
sm
chuqurlikda ishlay oladigan qilib traktorga ulash topshirig‘ini 
oladilar. O‘qituvchi mashg‘ulot bo‘yicha qo‘yiladigan ballni e’lon 
qiladi. Topshiriqqa binoan 1-guruh plugni g‘ildirakli traktorga, 3-
guruh zanjir-tasmali traktorga ulaydi va bajarilayotgan ishlarni 
og‘zaki izohlab turadi. 2-guruh 1-guruh ishini kuzatib, izohlarni 
muhokama qilib turadi. 4-guruh esa 3-guruh bilan birgalikda 
ishlaydi. 
Keyinchalik, navbat bilan guruhlar joy almashtirib, topshiriqni 
to‘liq bajaradilar. 
Oddiy plug bilan yer haydashda agregatni dala chetidan burish-
dagi salt yurishini kamaytirish maqsadida katta maydonli dala 
kichik paykallarga bo‘linadi. Paykal o‘rtasi yoki chetlarida tuproq 
uyumlari va shudgor jo‘yaklari paydo bo‘lib qoladi. Ularni 
keyinchalik tekislash talab qilinadi. 
Maydonchadagi ishlar tugaganidan so‘ng, traktorga to‘g‘ri 
ulangan tirkalma plugli agregatga dinamometr o‘rnatilib, 
ajratilgan tajriba dalasiga olib chiqiladi. Oldindan tayyorlangan 
shudgor devoriga har 10 m masofada 5 ta qoziq qoqiladi. Agregat 
bilan 100 m uzunlikdagi yer haydalib talabalarga ko‘rsatiladi. 
O‘qituvchi talabaning e’tiborini tuproq palaxsasining korpus 
bo‘ylab siljish jarayoniga, uning uvalanib ag‘darilishiga qaratadi. 
Agregat ilgari qoqilgan qoziq ro‘parasiga kelganida talaba 
plugning sudrashga qarshiligi P
pl
ni dinamometrdan yozib oladi. 


33 
Agregat o‘tib ketganidan so‘ng, ilgari qoqib qo‘yilgan qoziqlar 
ro‘parasiga, ya’ni so‘nggi yurishida qoldirgan shudgor devoriga 
ham 5 ta qoziq qoqiladi. Qoziqlar oralig‘i, ya’ni plugning 
amaldagi qamrov kengligi B
pl
o‘lchab yoziladi. Birinchi va oxirgi 
korpuslarning shudgorlash chuqurliklari 
a
1
va 
a
n
o‘lchab olinadi. 
P
pl
, B
pl

a
1
va a
n
o‘rtacha arifmetik qiymatlari topilib, hisobot 
yoziladi. 
Keyin, plug sozlangan chuqurligini o‘zgartirmasdan traktorga 
noto‘g‘ri ulanib, yana agregat ishlatiladi va P
1
p
l
, B
1
p
l
, a
1
1, a
1
n
lar 
aniqlanadi hamda tajribadagi ko‘rsatkichlardan farqi topiladi. 
Tegishli tahlildan so‘ng xulosalar yoziladi. Tahlil qilishda har bir 
o‘quvchi o‘z fikrini asoslab, himoya qiladi. Berilgan topshiriqni 
bajarish sifati, muhokamada bildirgan fikri va hisobot mazmuniga 
qarab o‘quvchilarga tegishli ball qo‘yiladi va e’lon qilinadi. 

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish