Chigitli paxta va tayyor mahsulotlarni saqlashni nazorat qilish.
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasini TNB, korxonadagi chigitli paxtani belgilangan standartlar,texnik shartlarga asosan to’g’ri saqlanishini nazorat qilib boradi. Yong’in chiqadigan joylari bo’lsa, zudlik bilan korxona direktoriga xabar beradi. Xom ashyo va tayyor mahsulot bo’lim boshliqlari yong’inga qarshi chora tadbilarki ko’rib chiqishlari zarur.
TNB tola toyini, momiq va tolali nuqsonlarning saqlanishini nazorat qilib boradi.
TNB boshlig’i har oyda qayta ishlanayotgan va tayyorlanayotgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlari hisobot tuzib boradi. Hisobotda, paxta tolasining har bir sanoat navi bo’yicha uning navi, terib olinish turi, tozalanishi, tolaning sanoat navi to’liq ko’rsatiladi.
Hisobotda quyidagilar ko’rsatilishi lozim:
- belgilangan hisobiy me’yordan yuqori bo’lgan nuqson va chiqindilar miqdorini hosil bo’lish sabablari;
- ishlab chiqarish topshiriqlarisiz va yuqori namlikda keltirilgan xom ashyoning to’dasi;
- yuqori navli chigitli paxtaning navini pasayishining sabablari;
- texnologik jarayonning ish davomida buzilish tasodiflari xaqida;
- paxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash borasida ko’rilgan tadbirlar;
- paxtani qabul qilishda, saqlashda va joylashtirishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar;
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonalari tashqarisida joylashgan paxta maskanlarida chigitli paxta navlarini aniqlashda namunalar tayyorlash usullari
Tayyorlov punktida chigitli paxtani qabul qilish davrida uning sifatini aniqlash uchun birlashtirilgan namunadan o’rtacha kunlik namuna tayyorlash.
Tayyorlov punkitiga xo’jaliklardan keltirilgan chigitli paxta partiyasining har ikki tonnasidan, kamida uch joydan 100-150 g nuqtali namuna tanlanadi, ular kichik bankaga joylashtiriladi, keyingi partiyadan ham (bir hil xo’jalikdan) nuqtali namunalar tanlanadi. Ularni yig’ib birlashtirilgan namuna tuziladi, katta bankaga joylashtirib 1-1,5 kg massadagi namuna. Bir kun davomida yig’ilgan, ya’ni birlashtirilgan namunalarni qo’shib o’rtacha kunlik namuna tayyorlanadi. Massasi 3-4 kg bo’lgan o’rtacha kunlik namunadan ifloslikni aniqlash uchun namunalar tanlab olinadi. Namlikni aniqlash uchun esa alohida namuna tanlanib, ularni temir bankalarda saqlaydi. Agarda keltirilgan chigitli paxtaning namligini xar bir (telejkadan) pritsepda aniqlash zarur bo’lsa, namuna olingan zaxoti o’lchanadi.
CHigitli paxtaning namligini VXS-1 yoki “Sifat” termovlagomerlarida 195±20S da quritish usulida aniqlanadi. Namuna massasi 40±0,02 g bo’lib uchta namuna tuziladi, uning ikkitasi o’lchanadi va bittasi nazorat uchun olinadi. Agarda tekshirishda xatolik 5 % dan oshib ketsa uchinchi namuna ham o’lchanadi va o’rtacha namlik aniqlanadi.
CHigitli paxtaning iflosligini aniqlash uchun LKM (Лабораторный прибор для определения крупного и мелкого сорта) pribori ishlatiladi. Agarda namuna namligi 12 % dan ortiq bo’lsa uni SXL-3, USS-1, “Elektronika” quritish asboblarida 12 % gacha quritib, so’ngra uning iflosligini aniqlanadi. LKM priborida ifloslikni aniqlashda 3 ta 300 grammli namuna tayyorlanadi va uning ikkitasi o’lchanadi. Umumiy ifloslik 10% bo’lganda ular orasidagi farq 0,6 % bo’lishi va 10 % dan yuqori bo’lganda 1% gacha bo’lishi lozim. Agarda ushbu xatolikdan oshib ketsa uchinchi namuna ham o’lchanadi va o’rtacha ifloslik olinadi. Ifloslikni qo’lda aniqlash uchun bitta 100 grammli namuna olinadi.
Chigitli paxtaning navini organoleptik usulda aniqlashda olingan namunani etalon namuna (namunaviy namuna) bilan taqqoslab, uning rangi, yaltiroqligi, egiluvchanligi, zichligi, uzunlik ko’ratkichlari bilan baholanadi.
2. Paxta yetishtiruvchi xo’jalik va qabul qiluvchi o’rtasida chigitli paxtaning navi va iflosligi bo’yicha kelishmovchilik yuzaga kelganda to’dadan birlashtirilgan namuna tanlash
Topshiruvchi va qabul qiluvchi o’rtasida paxta sifati bo’yicha kelishmovchilik vujudga kelgan vaqitda, chigitli paxta to’dasidan, xar 2 tonnasini, 15 joyidan kam bo’lmagan nuqtali namuna olinadi. Namuna klassifikator va topshiruvchi ishtirokida amalga oshiriladi. Nuqtadan olingan namunalardan 1 kg dan kam bo’lmagan birlashgan namuna tuziladi. Namlik va ifloslanish 1-punktda keltirilgan ketma-ketlik bo’yicha bajariladi. Navi instrumental usulda aniqlanadi. Buning uchun chigitli paxta DL-10 laboratoriya djinlash mashinasidan o’tkazilib uni chigitdan ajratadi. Birlashtirilgan namunadan 200-300 g tanlab olinadi va LD-10 laboratoriya djinidan shtkaziladi. Olingan tolalarning iflosligini AX (analizator xlopka) priboridan utkaliladi va tayyorlangan paxta tolasining sifat ko’rsatkachlarini LPS-4. ya’ni sortini, selektsion naviga qarab 8,1 g li 4 ta namuna tayyorlanadi. Tayyorlangan namunaning 3 tasi tekshiriladi va bittasi nazorat uchun olib qo’yiladi. Namunaning pishib yetilganlik darajasini qutillantiruvchi nur bilan mikroskopda ko’rish usulida aniqlanadi. Uning uchun 4 ta preparat oynachasi tayyorlanib, uning ikki joyidan tekshiriladi va 8 ta ko’rish yuzasi tahlil qilinadi. Namunaning mustaxkamligi bo’yicha taxlillar DSH-3 pribori yordamida amalga oshiriladi. O’tkazilgan barcha tahlillar bo’yicha qabul vilingan chigitli paxta to’dasining sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi.
3. Qabul qilingan chigitli paxtani g’aramlarga to’g’ri joylashtirilishini nazorat qilishda birlashgan namuna olish va sifatini aniqlash.
Ushbu namunani olishdan maqsad, qabul qilinayotgan chigitli paxtaning namligi va iflosligini to’g’ri aniqlanayotganligini, hamda to’g’ri jamlanishini ta’minlash uchun tahlil qilinadi.
Qabul qilingan g’aramlarning xar 15 tonnasidan kamida 10 joyidan 100-150 g miqdordagi nuqtali namuna olinadi. Birlashtirilgan namunani kunduzgi qabul qilish ishlari tugagandan so’ng amalga oshoriladi. Agarda kunlik topshirish 30-50 tonna bo’lsa, nuqtali namunani olish g’aramlashga qarab bir kunda 2-3 marotaba olinadi. Namunani laborantlar klassifikator bilan birgalikda tayyorlashadi. Olingan namuna kichik bankalarga joylashtiriladi, u 2 kg dan kam bo’lmasligi lozim. Ushbu tayyorlangan namunani namligi va ifloslanishi priborlarda aniqlanadi . Agarda namuna mexanizatsiyalashgan tarizda olinib, uning sifat ko’rsatkichlari istrumental usul bilan aniqlanadigan bo’lsa, uni qo’shimcha nazorat deyiladi va uni tanlov asosida hamda, lozim topilgan vaqtla amalga oshiriladi. Bunda, namligi (VXS-1), iflosligi (AKM), navi (LPS-4, DSH-3, va mikroskop-porliroid) yordamida amalga oshiriladi.
4. G’aramlangan chigitli paxtaning sifatini aniqlashda birlashtirilgan namuna tayyorlash.
G’aramlab jamlab qo’yilgan chigitli paxtaning sifatini nazorat qilish maqsadida bitta birlashtirilgan namuna I va II navli paxtaning xar 50 tonnasidan, III va IV navlardan xar 30 tonnasidan paxta olinadi. Masalan: I navli chigitli paxta 400 tonna jamlangan bo’lsa, uni 8 ta qisimga bo’linadi va xar bir bo’lagidan bittadan namuna olinadi. Nuqtali namuna g’aramning 20 joyidan, ya’ni har-xil qatlamdagi joylari va chuqurligidan, tuneldan olib tayyorlanadi. G’aramning bir qismidan olingan namuna 1 kg dan kam bo’lmasligi va birlashtirilgan namuna massasi 5-10 kg dan kam bo’lmasligi lozim.
5. G’aramlarga joylashtirilgan chigitli paxtaning sifatini aniqlashda (aprobatsiya) uchun birlashtirilgan namuna olish.
Tayyorlov punktlarida bir mavsumda jamlangan barcha chigitli paxtaning navlari bo’yicha (uzilish kuchiga chidamliligi, navi, pishib yetilganlik darajasi) baholosh, (aprobatsiya) qilish lozim.
Buning uchun partiyalar bo’yicha birlashtirilgan namuna olinadi. Xo’jaliklardan jamlab yig’ilgan har 10 tonna chigitli paxtadan 400 g o’rtacha kunlikga to’g’ri keluvchi o’rtacha namuna olinadi. Masalan, №10 g’aramda 30 tonna chigitli paxta yig’ilgan (konditsion massasi bo’yicha) undan o’rtacha kunlikka to’g’ri keluvchi namuna quyidagicha olinadi, 30×400:10=1200 gni tashkil etadi. SHunday o’rtacha namunalarni bir hil xo’jaliklar bo’yicha yig’ilib birlashgan namuna tayyorlanadi.
Me’yor bo’yicha komplektatsiya qilingan 400-500 tonnali g’aramdan massasi 15-20 kg bo’lgan umumiy namuna olinadi. G’aramlarga joylashgan chigitli paxtaning sifatini aniqlashda, birlashgan namunani oyna yoki fanerga teks yoyilib, uni 4 qisimga bo’linadi. G’ar bir bo’lingan qismidan 3,5 – 4 kg dan (taxminan 14 kg) namuna olinib, uni ikkiga bo’ladi (taxminan 7 kg) shunda 7 kg dan tashkil topgan bo’ladi. Birinchi namunani paxta tozalash korxonasining sinov laboratoriyasiga, sifatini aniqlash uchun yuboriladi, ikkinchisini o’zida olib qoladi (nazorat uchun). CHigitli paxtaning g’aramlanishi tugatilishi bilan tayyorlangan namunani ikki nusxadagi pasport-kartochkasi (chigitli paxta pasporti) bilan pazta zavodiga jo’natiladi. Bitta pasport-kartochka sinov natijasi bilan paxta punktida qoladi. CHigitli paxtaning navini instumental usulda aniqlansa, ushbu g’aramda aprobatsiya nazorati o’tkazilmaydi.
6. CHigitli paxtani korxonaga jo’natish vaqtida birlashtirilgan namuna tanlash usuli.
Tayyorlav punkitidagi chigitli paxtani paxta tozalash korxonasiga jo’natish vaqtida bir kunda jo’natilayotgan. Bir hildagi partiyadan birlashgan namuna olinadi. Namunani olish har 2 tonna chigitli paxtadan, qabul qilishdagiga o’xshab nuqtali namunalar yig’indisidan tashkil topgan bo’ladi. Kolxida mashinasiga yuklangan chigitli paxtaning har 2 tonnasidan kamida 3 joydan nuqtali namunalar olinadi. Bir kunlik jo’natilgan paxtadan olingan namunalardan birlashtirilgan namuna tuziladi. Oxirgi mashinadan olingan namunani oldingi namunalar bilan birlashtirib chigitli paxta sifati aniqlanadi va nakladnoy bo’yicha jo’natiladi.
7. Paxta zavodida paxta punktlaridan keltirilgan paxtaning navini aniqlash uchun birlashtirilgan namuna olish.
Paxta punkitlaridan avtotrasportlarda keltirilgan chigitli paxta sifatini aniqlashda har ikki tonna paxtaning 3 ta har-xil joylaridan, nuqtali namuna tanlab olinadi. Ushbu namuna har bir punkt uchun alohida-alohida tanlab olinishi lozim. Bir kunda avtotrasportlarda keltirilgan chigitli paxtalardan tayyorlangan nuqtali namunalarni jamlab, birlashtirilgan namuna tuziladi va qabul qilingan chigitli paxta sifatini ushbu birlashtirilgan namuna bo’yicha aniqlanadi.
8. Quritish tozalash tsexining ish jarayonlarini nazorat qilish va sifatini aniqlashda birlashtirilgan namuna olish.
Quritish-tozalash tsexi ishga tushgandan oldin quritilishi lozim bo’lgan chigitli partiyaning namligi aniqlanadi va quritgich agregati, SBO yoki SBT quritgichlarining parametrlari belgilanadi. Quritgich ishga tushgandan 30 minutdan keyin, unga kelayotgan chigitli paxta partiyasining quritishdan oldingi va quritishdan keyingi namlik miqdorining o’zgarishi nazorit qilinadi. Bunda, har 2 soatda nuqtali namuna olinib, birlashgan namuna tayyorlanadi va chigitli paxtaning namlik yo’qotilishi (qanchasi bug’langanligini) quyidagicha aniqlanadi:
Bunda, M1 va M2 –chigitli paxtani quritishgacha va quritilgandan keyingi massasi, kG; V1 va V2 – chigitli paxtaning boshlang’ich va quritilgandan keyingi namligi, foizlarda (%).
Quritish tozalash tsexidan chiqayotgan chigitli paxtaning ifloslanish ko’rsatkichini aniqlanadi. Unda, ish boshlanib, 30 minut o’tgandan so’ng nuqtali namuna 15-20 minut davomida olinadi va uning miqdori 1 kg dan kam bo’lmasligi lozim. Keyingi namuna xar 2 soatda olinib, umumiy namuna tuziladi. SHu bilan birga chqindilardagi tolali chigitlar mavjudligini ham nazorat qilinadi.
9. Tayyorlov punkitlarida topshirilayotgan chigitli paxtaning navini tashqi ko’rinishi qarab (organoleptik usulda) aniqlash.
Qabul qilish punkitlarida xo’jaliklardan keltirilgan chigitli paxtadan birlashtirilgan namuna tanlanib, ushbu namuna bo’yicha, tashqi ko’rinishiga qarab uning (har bir telejkadan olingan nuqtali namunalar yig’indisi) navi aniqlanadi (organoleptik usul).
Respublika standartiga binoan chigitli naxtaning tashqi ko’rinishi bo’yicha navini aniqlashda, oldindan tayyorlangan namunaviy namuna – etalon paxta bilan taqqoslanib belgilanadi. Ma’lum turdagi selektsion navli chigitli paxtaning xususiyatlari (rangi, egiluvchanligi, zichligi, uzunligi, yaltiroqligi va bikirligi) standartlarda berilgan bo’ladi. Ushbu xususiyatlariga ko’ra, UzRSt 615-94 “Paxta texnik shartlar” standartiga binoan namunaviy namuna – etalon tayyorlanadi. Bunda qo’lda terilgan, mashinada terilgan, yerdan terilga va urug’lik chigitli paxtaga alohida etalonlar tuziladi. Organoleptik usul faqat kunduz kuni qabul qilish vaqtida qo’llaniladi.
Agarda topshiruvchi va qabul qiluvchi o’rtasida norozilik vujudga kelsa chigitli paxtaning navi instrumental usulda baholanadi. Buning uchun, keltirilgan partiyadan har ikki tonnasidan kamida 15 joyidan nuqtali namuna tanlanadi va umumiy massasi 1 kg dan kam bo’lmasligi lozim. Namuna olish qabul qiluvchi (klassyor) va paxta topshiruvchi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |