2 - Mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati.
Masalalar
1-Masala. Oliy o‘quv yurti talabalarining o‘zlashtirishini o‘rganish maqsadida:
1) 1 – kurs talabalarining qishki imtihon sessiyasi natijalari bo‘yicha;
2) 2 - kurs talabalarining mustaqil tayyorgarlikka sarflagan vaqtlarini;
3) 3 - kurs talabalarining qishgi imtihon sessiyasi natijalari bo‘yicha kuzatish ob’ektini, to‘plam birligini aniqlang va kuzatish dasturini tuzing.
2-Masala. Sanoat korxonasini, fermerlik xo‘jaligini, savdo korxonasini, oilani hamda alohida shaxsni to‘plam birligi sifatida ifodalovchi muhim savollar ro‘yxatini aniqlang.
3-Masala. Sanoat korxonalari ro‘yxatini, savdo korxonalari ro‘yxatini va maktablar ro‘yxatini ifodalash maqsadida statistik kuzatish rejasini tuzing, kuzatish birligini, ob’ektini, maqsadini hamda vazifalarini aniqlang, formulyarini va uning yo‘riqnomasini, dasturini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |