Chigitli paxtani tayyorlov maskanlarida paxtani qabul qilish va jamlash.
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasida xo’jaliklar tomonidan sotiladigan paxtani qabul qilish paxta tozalash korxonasi tashqarisida va zavod qoshida joylashgan paxta punkitlarida amalga oshiriladi. Xar kun paxtani qabul qilishdan oldin klassifikator, tayyorlov punktining mudiri va xo’jalik topshiruvchilari ishtirokida avtomobil torozlarini tekshiriladi hamda maxsus daftarda bu xaqida yozuvlari bo’lishi shart.
CHigitli paxtani qabul qilish maskanlarida paxtani qabul qilish va jamlash O’zRST 615-94 “Paxta. Texnik shartlar” va O’zRST 642-95 “Urug’li paxta. Texnik sharoitlar” respublika standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Bitta nav, turi va sinfga tegishli sifat to’g’risidagi xujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta keltirilgan to’da hisoblanadi.
Xar bir paxta turi, tashqi ko’rinishi va pishib yetilganlik koeffitsientiga binoan beshta navga bo’linadi. Paxta ifloslanganlik va namlik miqdoriga qarab uchta,1 (qo’lda), 2 (mashinada), 3 (to’kilgan paxta) siniflariga bo’linadi.
Paxta to’dasini jamlanishi, saqlanishi va qayta ishlanishi “Paxta terish va tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma”ga binoan uning turiga va sifat ko’rsatkichlariga qarab xar bir xo’jalik bo’yicha alohida amalga oshiriladi.
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasining paxta tayyorlov maskanida paxtani ikki yoki uch zonali tizim bo’yicha qabul qilishni amalga oshirish mumkin. Birinchi zonada keltirilgan paxtaning sifati aniqlanadi. Ikkinchi zonada torozida tortiladi. Uchinchi zonada qabul qilingan raxtalarni tushirish va g’aramlash ishlari bajariladi.
Ikki zonali qabul qilishda qabul qilinadigan paxtaning sifatini aniqlash va tortish birinchi zonada amalga oshiriladi. Paxtani tushirish, g’aramlash va uning sifatini qoshimcha tekshirish ikkinchi zona klassifikatori tomonidan amalga oshiriladi.
CHigitli paxtani qabul qilishda xar-bir keltirilgan to’da nuqtalaridan namunalarni tayyorlov punktining klassifikatori paxta topshiruvchi ishtirokida paxta tortilguncha qo’lda tanlab olinadi. Nuqtalardan namunalar tanlash paxta tushirilgan joylarda ham ruxsat etiladi. Keltirilgan paxta to’dasining har ikki tonnasida turli chuqurlikdagi kamida uch joyidan, xar biri 100-150 g miqdorda namuna tanlab olinadi (O’zRST 643-95 Namuna tanlash usullari). Umumiy tanlangan namuna 800 g dan kam bo’lmasligi lozim.
Paxtaning iflosligi va namligi tayyorlov maskanining laboratoriyasida xar bir xo’jalik bo’yicha o’rtacha kunlik namunalari tayyorlanadi. Paxtaning iflosligini aniqlash O’zRST 592-92 “Raxta. Namligini aniqlash uskunalari” bo’yicha baholanadi.
Paxtaning ifloslanishi va namligi sanoat navlari uchun keltirilgan konditsion massa bo’yicha qabul qilinadi, u quyidagicha aniqlanadi:
Bunda mf – paxtaning xaqiqiy massasi, kg. mr- iflosnanishni xisob me’yoriga keltirilgan paxta massasi, kg. Wr-namlikning xisob me’yori, % Wf- haqiqiy namlik, %. 3f- paxtadagi haqiqiy ifloslanish,% Zr-ifloslanishning meyoriy hisobi, 2,0% ga teng.
CHigitli pxtaning navi organoleptik usulda aniqlanadi. Nobodo topshiruvchi va qabul qiluvchi o’rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda, kunlik namunadan instrumental ravishda sifati aniqlanadi.
Paxtani pozalash korxonasidan tashqarida joylashgan paxta maskanining sinov laboratoriyasining sxemasi quyidagi chizmada keltirilgan.
Sinov laboratoriyaidagi pribor va jixozlarning nomi va soni hamda markalari jadvalda keltirilgan.
CHigitli paxtani qabul qilish maskanidagi sinov laboratoriyasini loyixalashdagi sxemasi
1. CHigitli paxtadan o’rta namuna tanlash xonasi;
2. CHigitli paxtaning ifloslanishini aniqlash xonasi;
3. CHigitli paxtani jinlash xonasi;
4. CHigitli paxtani navini aniqlash xonasi;
5. Analizdan olingan natijalarni tahlil qilish va hisoblash xonasi;
6. Laboratoriya boshlig’ining xonasi;
7. Tovaroved va mexanik xonasi;
8. Tayyorlov maskani boshlig’ining xonasi;
9. Olingan namunalarni keyingi nazorat uchun saqlash xonasi;
10. Xo’jalik jixozlarini saqlash xonasi;
11. Namunalarning namligini aniqlash xonasi;
12. Xojatxona.
Paxtani qabul qilish maskanining sinov laboratoriyasidagi asosiy pribor va jixozlarning ro’yxati
T/r
|
Asbob-uskuna va jixozlar nomi va texnik ko’rsatkichlari
|
Tip, rusum, modeli
|
O’lchov birligi
|
soni
|
1 tasining elektr quvvat sarfi, kvt
|
Og’irligi.kg
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
1.
|
CHigitli paxta namunasini qo’yish stoli 1000x1500
|
|
dona
|
1
|
-
|
-
|
2.
|
Laboratoriya stoli 1000x2000x620
|
|
dona
|
1
|
-
|
-
|
3.
|
Paxtani quritish uskunasi 730x920x1370
|
SXL
|
dona
|
1
|
13,0
|
120
|
4.
|
CHigitli paxtani yirik va mayda iflosliklardan tozalash pribori 685x820x1335
|
LKM
|
dona
|
1
|
1,0
|
350
|
5.
|
Kvadrant texnik torozi 190x310x350, laboratoriya torozi
|
VLKT-500
|
dona
|
1
|
|
8
|
6.
|
Supachali kronshteyn 500x800
|
|
dona
|
5
|
|
|
7.
|
Aylanuvchi stul 400x400
|
|
dona
|
7
|
|
|
8.
|
Laboratoriya paxta tozalagichi 730x1700x1310
|
PPV
|
dona
|
3
|
1
|
170
|
9.
|
Klavishli xisoblash mashinkasi 440x350x250
|
VMM-2
|
dona
|
1
|
0,04
|
|
10.
|
Bir tumbali yozuv stoli 650x1300x900
|
|
dona
|
4
|
|
|
11.
|
Daftar kitoblar uchun shkaf 350x950x1800
|
|
dona
|
4
|
|
|
12.
|
Osilib turuvchi supacha 250x1000x650
|
|
dona
|
4
|
|
|
13.
|
Paxta navini aniqlovchi pribor 370x680x1540
|
LPS-4
|
dona
|
2
|
0,36
|
82
|
14.
|
Kvadrant texnik torozi 190x274x240
|
VLKT-20
|
dona
|
2
|
|
5
|
15.
|
Namo’lchagich 510x610x940
|
VTS
|
dona
|
2
|
1,2
|
77,55
|
16.
|
Laboratoriya quritish shkafi 365x770x1440
|
USS-1
|
dona
|
1
|
2,1
|
158
|
17.
|
1-klass texnik torozi 390x500x540
|
T1-1
|
dona
|
1
|
|
18
|
18.
|
Paxta namligini aniqlash shkafi 500x1500x2000
|
|
dona
|
4
|
|
|
19.
|
Buntlardagi xaroratni nazorat qilish uchun pribor «KT-1»
|
KT-1
|
dona
|
2
|
|
20
|
Do'stlaringiz bilan baham: |