O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
“Metrologiya sertifikatlashtirish va standartlashtirish” kafedrasi
“Sinov laboratoriyalarini loyihalashtirish” fanidan
KURS ISHI
Bajaruvchi 7au-16 guruhi talabasi
M.Mamadaliyev
Qabul qiluvchi: D.Atamboyev
Namangan-2020
Mavzu: Gulbog’ paxta tozalash korxonasi sinov laboratoriyasini loyihalash (yiliga quvvati 50 000 tonna)
Reja:
Kirish………………………………………………………………………
Korxonaning yer maydonini tanlash va asoslash………………………….
Sinov laboratoriyasining vazifasi………………………………………….
Laboratoriya boshlig’ining vazifasi………………………………………..
Laboratoriya boshlig’ining vazifasi………………………………………..
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasining texnologik (ishlab chiqarish) laboratoriyasi………………………………..…………………………….
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasining texnik nazorat bo’limi…
Chigitli paxta va tayyor mahsulotlarni saqlashni nazorat qilish…………..
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonalari tashqarisida joylashgan paxta maskanlarida chigitli paxta navlarini aniqlashda namunalar tayyorlash usullari……………………………………………………………………..
Paxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini aniqlashda foydalanilgan davlat sandartlari………………………………………………………………….
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasi tashqarisida joylashgan paxta maskanining sinov laboratoriyasini loyixalash…………………………....
Chigitli paxtani tayyorlov maskanlarida paxtani qabul qilish va jamlash
Xulosa va takliflar………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….
Kirish
Mustaqil Respublikamizni jaxon moliyaviy inqirozi vaziyatidan chiqish uchun yetarlichamoliyaviy zaxiralar mavjud. Shulardan biri, Respublikamizning milliy iftixori bo’lgan paxta yetishtirish soxasi hisoblanadi. Bu yilgi Respublikamizda tayyorlangan paxta xosili 4,65 million tonnani tashkil etdi va ob-havoning yaxshi kelishi munosabati bilan, paxta oliy navlarga topshirilda. Bunda paxta selektsiyalarini yaxshilanishi va ertapishar paxta navlarini yaratilishi katta o’rin tutadi. Uni dastlabki ishlash jarayonida texnik talablarga muvofiq qayta ishlanib, sifatli va jaxon bozorlarida raqobatbardosh paxta tolasini tayyorlamoqdalar. Bu yilgi o’tkazilgan EKPO-2010 ko’rigida ham O’zbekiston paxtasi yuqori o’rinlarni egallab, jaxon bozorida paxta tolasining sifati bo’yicha yaxshi natijalarga erishildi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikamiz erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish davridan boshlab xozirgi kungacha, aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash borasidagi muammolarni hal etib kelmoqda va xanuzgacha dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Ishlab chiqarishda mahsulot sifatini ko’tarish va jaxon bozorida raqobatbardosh bo’lishligini ta’minlash, nafaqat Respublikamiz, balki butun jaxon sanoat korxonalari oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanib kelinmoqda.
Respublikamiz sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish borasida O’zbekistor Respukblikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilingan. Bu borada, 1995 yil fevral oyida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida prezidentimiz I.A.Karimov so’zga chiqib, “Bizning oldimizda turgan eng muhim vazifa – ishlab chiqarishni kengaytirish, jaxon standartlari darajasiga mos ravishda sifatli mahsulot ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini hamda xaridorgirligini oshirish lozim” degan edi.
Jaxon bozori miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo’lishi uchun uning sifat ko’rsatkichlari shu mahsulotga nisbatan qo’yilgan talablarga, ya’ni standartlarga javob berishi lozim. SHu bilan bir qatorda, mahsulot ishlab chiqarishga sariflangan xarajatlar kam bo’lishi, korxonada ilg’or texnika va texnologiya joriy etilgan bo’lishi, yuqori mehnat unumdorligiga erishilgan bo’lishi kerak.
Jaxonda kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bo’lsa ham, uni gigienik xususiyatlari paxta tolasidan ko’ra pastligi tufayli, xozirgi kunda paxta tolasiga bo’lgan extiyoj yanada oshib bormoqda. Respublikamizdagi yangi tashkil etilgan, yigirish va to’qimachilik korxonalarida ham paxta tolasiga bo’lgan talab kundan–kunga ortib bormoqda. Shu sababdan to’qimachilik sanoatlarida paxta tolasi asosiy xom ashyolardan biri xisoblanib kelinmoqda.
Respublikamizda paxta xom ashyosini yetishtirishda, uning hosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Paxta yetishtirish maydonlarining qisqartirilishiga qaramay Respublikamizda yiliga 3,65–4,0 million tonna paxta xom ashyosi tayyorlanib kelinmoqda. Paxtaning xosildorligini oshirishda, yangi selektsiya navlari, ayniqsa rayonlashtirilgan selektsiya navlari katta hissa qo’shib kelmoqda.
Xozirgi kunda, Respublikamiz bo’yicha 120 dan ko’proq Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonalari, 500 dan ziyod paxta tozalash korxonalari qoshidagi paxta tayyorlov maskanlari mavjud. Ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning, ya’ni paxta tolasining salkam 75 foizi eksport qilinmoqda va ulardan olingan daromat 1,5 milliyard AQSH dolloridan oshib ketdi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini jaxon andozalariga mos keladigan va raqobatbardosh, xaridorgir hamda yuqori me’yorda tashkil etish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun, ichki rezervlardan to’liq foydalangan holda, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va texnologik reglament hamda standartlar asosida ish yuritish va nazorat qilib turish lozim.
Paxta xom ashyosi va paxta tolasining sifat ko’ratkichlarini paxta qabul qilishdan boshlab to paxta tolasini toylab, uni sotishga olib borishga qadar nazorat qilib, sifati aniqlanib turiladi. Ushbu ishlar paxta qabul qilish punktlaridagi va ishlab chiqarishdagi sinov laboratoriyalarida amalga oshiriladi. Sinov laboratoriyalarida paxta va uning mahsulotlarining sifatini aniq va tezkor usullarni qo’llab o’lchash, xamda ularni jaxon standartlari darajasida baholash uchun laboratoriya priborlari sozlangan, ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni olib tashlab, qayta jixozlash, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilga, o’lchash aniqligi yuqori bo’lgan priborlar va jixozlar bilan ta’minlash zarur.
Kurs loyixasining asosiy maqsadi, Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi Gulbog’ paxtani qayta ishlash korxonasi joylashgan paxta punkitining sinov laboratoriyasini loyixalash ko’zda tutilgan. Buning uchun amaliyot davrida to’plangan ma’lumotlardan foydalanib korxonaning quvvati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xajmi, texnologik tizim, sinov laboratoriyasining ishi va faoliyati bo’yicha materiallarni tahlil qilib chiqamiz hamda sinov laboratoriyasini zamon talabiga javob bera oladigan loyixasini ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida:
Fermer xo‘jaliklari va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish doirasida 2018-yil boshidan buyon respublikaning 20 ta tumanidagi 160 ming gektar hududda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakli joriy etildi.Joriy yil boshidan buyon paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tomonidan ishlarni tashkil etishning ilg‘or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash hamda paxtachilik tarmog‘iga yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va agronomlarni jalb etishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakllarini joriy etish doirasida 2018-yilda maydonlarni egiluvchan plastik quvurlar vositasida sug‘orish orqali 3163 gektar paxta maydonlarida suvni tejaydigan texnologiyalar qo‘llanildi, suv chiqarish tizimlari va hovuzlar barpo etildi, sug‘orish manbalari uzoq bo‘lgan tumanlarda 225 ta nasos agregatlari o‘rnatildi, 1285 ta turli qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilindi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislar (agronomlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy institutlar mutaxassislari) jalb qilindi, xorijiy davlatlarga borgan holda Turkiya, Isroil, Braziliya va AQShning paxta yetishtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi o‘rganildi, 4,3 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.Fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligining boshqa ishlab chiqaruvchilari (keyingi o‘rinlarda fermer xo‘jaliklari deb ataladi) va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishni rag‘batlantirish va qishloq aholisining bandligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.To‘qimachilik sanoati korxonalari — zamonaviy paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlar tashkil etish tashabbuskorlari (keyingi o‘rinlarda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlar tashkilotchilari deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariningVazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida nazarda tutilgan mintaqalar hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllarini keyingi yillarda joriy qilishni davom ettirish2019-yil paxta xomashyosi hosilidan boshlab, 1-ilovaga* muvofiq respublika mintaqalarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda2018-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda fermer xo‘jaliklarining ro‘yxatini aniqlasinlar va fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlar tashkilotchilari o‘rtasida 2019-yil paxta xomashyosi hosili uchun kontraktatsiya shartnomalari tuzilishiga amaliy yordam ko‘rsatsinlar;fermer xo‘jaliklari tomonidan olingan majburiyatlarni bajarmasligi sababli bo‘shaydigan yer maydonlaridan ishlarni tashkil etishning ilg‘or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy natijalarni ta’minlaydigan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga ushbu maydonlardan foydalanish huquqini tomchilatib sug‘orishning zamonaviy tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish sharti bilan belgilangan tartibda bersinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari, fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda 2019 — 2023-yillarda paxtachilikda, shu jumladan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
4. Quyidagilarga:paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga — tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish,tijorat banklariga — paxta xomashyosini yetishtirish jarayonida tomchilatib sug‘orishning ilg‘or tizimlarini joriy qilishni moliyalashtirish, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun revolver kredit liniyalari ochish,O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga — shartnoma shartlarining so‘zsiz bajarilishini, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllari doirasida yerlardan samarali foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining kredit liniyalarini jalb qilish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
6. Belgilansinki, ushbu qarorga 1-ilovaga* kiritilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2019-yil hosili paxta xomashyosini yetishtirish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi doirasida nazarda tutilgan shartlar asosida hisoblab chiqiladigan ehtiyojning kamida 60 foizi miqdoridagi kredit resurslari xizmat ko‘rsatuvchi banklar yoki “Agrobank” ATBda ochiladigan maxsus hisob raqamlari orqali ajratiladi va ta’minot sifatida sug‘urta polisi beriladi.
Ushbu qarorga 1-ilovaga* kiritilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida nazarda tutilgan qoidalar va shartlar tatbiq etilsin.
7. “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ushbu qarorga 2-ilovaga* muvofiq paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlarining bino va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 253-son qarorining 2-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga investitsiyalar kiritgan holda, 5 yil muddatda bo‘lib to‘lash (teng miqdordagi yillik to‘lovlar) sharti bilan baholash qiymatida sotish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga* kiritilgan paxta tozalash korxonalarini va paxta tayyorlash punktlarini xatlovdan o‘tkazsin va ularning holatini baholasin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan so‘ng bir oy muddatda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga sotiladigan hamda ushbu qarorga 2-ilovaga* kiritilgan paxta tozalash korxonalarining soliq bo‘yicha qarzlarini xatlovdan o‘tkazsin va xarid to‘lovlari jadvallarini hisobga olgan holda, ushbu qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
8. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlarning tashkil etilishi va paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilarining faoliyati natijalari yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy va jadvalli materiallar hamda tegishli takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligioraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 2-ilovada* nazarda tutilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga sotiladigan paxta tozalash korxonalarining bo‘shab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirishnpaxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilarining buyurtmanomalari asosida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ruxsatnomalarni, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni belgilangan tartibda berishni ( muddatini uzaytirishni) ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. 2018-yilda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashni hisobga olishning amaldagi tartibi joriy etilsin.
“O‘zpaxtasanoat” AJ “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilarining rahbarlari va mas’ul xodimlari uchun paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashni hisobga olishni tashkil etish bo‘yicha bir hafta muddatda amaliy seminar tashkil qilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashni hisobga olishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni 2019-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |