O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti


Paxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini aniqlashda foydalanilgan davlat sandartlari



Download 130,87 Kb.
bet6/9
Sana06.07.2022
Hajmi130,87 Kb.
#749533
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish. Gulbog\'

Paxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini aniqlashda foydalanilgan davlat sandartlari
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasida ishlab chiqarilgan paxta tolasi va uning mahsulotlari belgilangan me’yoriy xujjatlar, texnik shartlar va standartlarga muvofiq o’rnatilgan tartibda amalga oshiradi. SHulardan asosiy bo’lgan Davlat standartlarini ko’rib o’tamiz.
Paxta tolasidan namuna tanlash uslubi
Paxta tolasidan namuna tanlash O’zDST 614-2016 standarti bo’yicha aniqlanadi. Ushbu standart paxta tolasiga joriy etilib, toylanmagan tola va toylardan namuna olish usullarini va sinash ishlarini o’tkazish uchun tayyorgarlik ko’rish tartibini belgilaydi.
Nuqtadan olingan namuna toylanmagan yoki toylangan tolaning ma’lum joyidan bir payitda olingan paxta tolasi miqdori hisoblanadi. Birlashtirilgan namuna, nuqtadan olingan namunalar yig’indisidan tashkil topadi.
Sinash uchun namuna birlashtirilgan namunadan olingan va belgilangan usulda sinash o’tkazish uchun tayyorlangan paxta tolasining miqdori hisoblanadi. Toyning markalangan qismini buzmagan holda, qavariq tomonidagi ikki tasma oralig’idan o’rta mato kamida 20-25 sm uzunlikda qirqiladi. Agar muayyan sharoitda, mumkin bo’lsa va ruxsat etilsa, namuna oson olinishi uchun bir yoki bir nechta tasma yechiladi. Paxta toyining yuqori qatlamidan 1-2 sm olib tashlanadi. Qo’l yordamida yengil urilib, vazni 100 g. bo’lgan, kengligi 10-12 sm qatlam ko’rinishida nuqtadan olinadigan namuna olinadi.
Birlashtirilgan namunaning massasi 1 kg dan kam bo’lmasligi lozim. Namlikni aniqlash uchun 200 g dan kam bo’lmagan namuna olinadi.
Toylangan paxta tolalarining namligini aniqlashda kelishmovchilik kelib chiqsa, toylar to’liq ochilib ikkita birlashtirilgan namuna olib sinash ishlari o’tkaziladi.

Tolaning pishib yetilganligini aniqlash


Paxta tolasining pishib yetilganligini O’zDST 618-2014 standarti bo’yicha aniqlanadi.
Paxta tolasini pishib yetilganligini aniqlash uchun namunaviy pilikdan massasi 35-40 mg bo’lgan namuna olinib, shtapel tayyorlab olinadi. 250 ta tolani mikroskop ostida etalonga qarab pishganlik darajasi bo’yicha qiymatlari yozib olinadi.Tolalar pishganlik darajasi bo’yicha 11 ta guruhga bo’linadi. Qutiblashgan nurda aniqlashda (tezkor usul) tolalar pishganlik darajasi bo’yicha, yaxshi pishgan, pishib yetilgan, xom va butunlay xom bo’lgan 4 ta guruhga bo’linadi. Sinashdan olingan natijalarga ko’ra tolaning pishganlik darajasi aniqlanadi.
Tolaning mustahkamligini aniqlash
Paxta tolasining solishtirma uzilish kuchi O’zDST 619-2014 standarti bo’yicha anaqlanadi. Tola tutamining solishtirma uzilish kuchini dnomometr DSH-3 yordamida yoki namunani havo o’tkazuvchanligi bo’yicha aniqlanadi. Namunaviy plikdan massasi 50-60 mg bo’lgan tola tutamini olib, bir teks qilib taram tayyorlanadi. Namunaning teks joyidan 8 mm joy tashlab, rang bilan belgilab qo’yiladi. Tayyorlangan namuna taqriban 10 ta bo’lakka bo’linadi, shunda har bir uzunlikdagi tolalar uzilishda ishtirok etishi lozim. Har bir bo’lakni yuqorigi qisqichga tekislanib qistiriladi. Tolalarning ikkinchi uchi pastki qisqichga qistiriladi. Qisqichlar orasidagi masofa 3 mm, pastki qisqichning tushish tezligi 300±15 mm/min.Sinovda uzilgan tolalar dastasini ikkala qisqichdan olinib, og’irligi torozida aniqlanadi va xisoblash usulida xaqiqiy mustaxkamlik aniqlanadi.
Tolaning chiziqli zichligini aniqlash
Paxta tolasining chiziqli zichligi va mikroneyr ko’rsatkichi O’zDST 620-2014 standarti bo’yicha aniqlanadi.
Paxta tolasining chiziqli zichligini aniqlash uchun namunaviy plikdan massasi 35-40 mg atrofida shtapel tayyorlanib, qisqich №1 va tayanchli taxta yordamida bir tomoni teks taram tayyorlanadi. Taxlangan taramni qisqich yordamida taxtadan olib, uning teks tomonini chap qo’lning barmoqlari bilan qisib olib va yana taramlarni ketma-ketlik qilib bir tekisda tahlanadi. Qisqich №1 yordamida qora taxtadan sekinlik bilan taram olinib, millimetrli qog’ozning ustiga joylab, yana qisqich №1 yordamida taramni teks tomonidan 16 mm belgilab qisib olinadi. Taramni oldin siyrak, keyin zich temir taroq yordamida asta-sekin, oldin teks tomoniga yaqin uchidan, keyin o’rtasidan va nihoyat qisqichga yaqin joydan taray boshlaymiz. Taralgan tolani qisqich №1 dan bo’shatib, chap qo’limiz bilan qisib va qolgan qismini yana oldin siyrak, keyin zich taroq bilan ikki martalab tarab tashlaymiz. Keyin, taramni 10 ta qisimga ajratib, oynachalar yordamida moslama tayyorlanadi.
Mikroskop yordamida tolalar soni sanab bo’lgandan keyin, moslamadagi tolalarni teks tomonga birlashtirib yana bir marta tarab tashlanadi va tashlangan tolalarni sanab, umumiy tolalar sonidan ayrib chiqariladi. Keyin dastani kesish qisqichiga joylab, uning o’rtasidan 10 mm uzunlikdagi qirqim qirqiladi. SHtapelning kesilgan o’rta qismini va chetki qisimlarini alohida qilib VT-20 torozida 0,05 mg gacha aniqlikda massasi aniqlanadi. Xisoblash yo’li bilan tolaning chiziqli zichligi topiladi.

Tola tarkibidagi nuqson va chiqindilarni aniqlash


Paxta tolasining tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdori O’zDST 632-2014 standarti bo’yicha aniqlanadi.
Bu usulda tolaning tarkibidagi nuqson va chiqindilar quyidagi tartibda olib boriladi.
1. Massosi 10 g bo’lgan namuna tarkibidagi nuqson-chigal tola, murakkab chigal tola, urilgan yoki jarohatlangan chigitlar, pishmagan tolalar dastasi, yirik xas cho’plar qisqich yordamida ajratiladi. Ajratilgan nuqson va chiqindilar miqdorini 1 mg gacha aniqlikda bo’lgan torozi yordamida vazni aniqlanadi. Olingan natijalar 0,2 foizdan yuqori chiqadigan bo’lsa, sinov ishlari qaytadan olib boriladi.
2. Birinchi ajratishdan qolgan namunaning 1/10 qismi olinadi. SHu bilan birgalikda tola tarkibidagi po’stloqli tola va kichik nuqsonlar ajratilib, 0,1 mg gacha aniqlikda massasi aniqlanadi.
3. Birinchi ajratishdan qolgan namunaning 1/20 qismi olinadi va tola tarkibidagi tugunchalar miqdori aniqlanadi.
Hisoblash ishlarini olib borishda olingan natijalarni 20 marta ko’paytirish yo’li bilan olib boriladi.
Tola uzunligini aniqlash
Paxta tolasining uzunligi O’zDST 618-94 standarti bo’yicha aniqlanadi.
Paxta tolasining uzunligini aniqlash uchun natijaviy pilikdan standart bo’yicha massasi 60 mg bo’lgan namuna tanlab olamiz va undan shtapel tayyorlab olamiz. Tayyorlangan shtapelni Jukov asbobiga joylashtirib, 2 mm uzunlik farqi bilan tolaning uzunligi bo’yicha massasi aniqlanadi. Olingan natijalarga asoslanib, tolaning modal, shtapel va o’rtacha massa uzunliklari aniqlanadi.

Laboratoriyadagi asbob-uskunalar va ishlaydigan laborant xodimlarning sonini hisoblash


Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasida yillik mavsum o’rtacha 70 kunni tashkil etadi, shundan sentyabrning o’rtasi va oktyabr oyi paxta topshirish mavsumining eng ko’p topshiriladigan kunlari (pik) hisoblanadi.
Agar 50 000:70 = 715 tonna kunlik paxta topshirish deb olinsa, pik kunlar hisobiga unga zaxira sifatida 200 tonna qo’shib, bir kunlik paxta qabul qilish miqdorini 915 tonna deb qabul qilamiz.
Telejkalar sonini hisoblashda, xar bir telejkaga o’rtacha 2 tonna chigitli paxta ketadi deb qabul qilamiz.
Unda, bir kunda 915:2 = 458 ta telejka paxta qabul qilinadi.
Laboratoriya me’yoriy xujjatlarga va standartlarga asosan sinov ishlarini olib boradi. paxtani qayta ishlash korxonaning sinov laboratoriyasi 2 smenada ishlaydi. Ish kuni 8,2 soat yoki 8,2 x 60=492 minutni tashkil etadi.
Laboratoriyada mavjud bo’lgan asbob-uskunalarni tozalash, o’z-o’ziga xizmat uchun 30 minut vaqt talab etiladi.
T=Tish-(Ta + Tb + Tv) = 492- (10+10+10) = 492- 30 = 462 minut.
Bu yerda Ta- asbob- uskunalarni ishga tayyorlash uchun ketgan vaqt - 10 minut; Tb – o’z-o’ziga xizmat qilish -10 minut; Tv – asbob-uskunalarni tozalash uchun ketgan vaqt- 10 minut.
Xom-ashyo laboratoriyasini hisoblash
Xom-ashyo laboratoriyasini hisoblash ishlari GOST 16298-81 standarti bo’yicha amalga oshiriladi va quyidagicha hisoblaymiz.
1.O’zDst 614-2001 standartiga binoan namuna tanlash ishlari amalga oshiriladi. Namuna olish uchun talab etiladigan vaqt 20 minutni tashkil etadi
T1= 25 x 20 =5000 minut
Namuna bir kunda 25 marotabp olinadi.
2. O’zDst 634-94 standartiga binoan USX-1 asbobida chigitli paxtaning namligi aniqlanadi. CHigitli paxtaning namligini aniqlash uchun talab etiladigan vaqt 60 minutni tashkil etadi.
T2= 25 x 15 = 375 minut.
3. O’zDst 592-92 standartiga binoan paxta tolasi tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdorini aniqlash uchun talab etiladigan vaqt 30 minutni tashkil etadi.
T3 = 15 x 25 = 375 minut
4. O’zDst 632-92 standartiga binoan paxta tolasi tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdori qo’l yordamida aniqlanadi. Paxta tolasi tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdorini aniqlash uchun talab etiladigan vaqt 180 minutni tashkil etadi.
T4 = 1 x 180 = 180 minut
5. Paxta tolasining navini LPS-4 rusumli priborda aniqlash uchun 40 minut vaqt talab etiladi.
T5 = 15 x 25 = 375 minut
Umumiy vaqt 1805 minutni tashkil etadi.
Laboratoriyada ishlaydigan laborantlar soni quydagicha:
1805 : 462 = 3,9 = 4 ta laborant deb olamiz.

Umumiy laborantlar shtatini aniqlaymi.


Laboratoriya boshlig’i - 1
Katta laborant - 1
Laborantlar soni:
Hom-ashyo laboratoriyasida - 4
Tayyor iahsulot laboratoriyasida - 6
Ikkilamchi hom ashyo laboratoriyasida - 2
Mexanikelektrik – 1. Korxonadagi umumiy laborantlar soni – 13 ta.

Laboratoriya uchun asbob-uskunalar soni


Laboratoriya uchun asbob-uskunalar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
n x Tm n x Tm
K= =
m x Tn m x (Ta + Tb + Tv)
bu yerda: n- sinovlar soni, Tm- sinovlvr uchun ketgan vaqt, m – namunalar soni, Tn – bir kundagi ishchi vaqt.
1. Paxta namligini aniqlovchi VXS, VTS rusumli namo’lchagich. Sinovlar soni 25 ta, namuna soni 2 tani tashkil etadi.
K = 25 x 25 /2 x 462 = 0,67
Bitta pribor deb qabul qilamiz.
2. LPS-4 priborida paxta tolasining navini aniqlanadi.
K = 25 x 60 /2 x 462 = 1,62
Ikkita pribor deb qabul qilamiz.
3. LKM pribori chigitli paxtani iflosligini aniqlash uchun ishlatiladi.
K = 25 x 60 /2 x 462 = 1,62
Ikkita pribor deb qabul qilamiz.
4.MBU-5 biologik mikroskopi paxta tolasining pishib yetilganligini aniqlash uchun ishlatiladi.
K = 25 x 45 /2 x 462 = 0,97
Bitta pribordeb qabul qilamiz.
5.DSH-3M pribori,paxta tolasining mustaxkamligini aniqlash uchun ishlatiladi.
K = 25 x 40 /2 x 462 = 1,08
Bitta pribor deb qabul qilamiz.
6.VT-20 torsion torozi, namunaning massasini aniqlash uchun ishlatiladi.
K = 25 x 10 /2 x 462 = 0,27
Bitta pribor deb qabul qilamiz.
7.AX-2 pribori,paxta tolasining iflosligini aniqlash uchun ishlatiladi.
K = 25 x 60 /2 x 462 = 1,62
Ikkita pribor deb qabul qilamiz.



Download 130,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish