Laboratoriya boshlig’ining vazifasi
Paxta tozalash korxonasining laboratoriya boshlig’i, texnik nazorat bo’lim boshlig’ining muovini hisoblanadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
1. Laboratoriya boshlig’i ish rejasi asosida, belgilangan vazifalarni o’z muddatida bajarilishini ta’minlaydi.
2. Laboratoriya xonasidagi mavjud bo’lgan barcha turdagi asbob- uskunalarni to’g’ri ishlashiga javob beradi.
3. Laboratoriyaga yangi asbob-uskunalar keltirilsa, uni to’g’ri ishlashligini sinab ko’radi va ishlatishga taqdim etadi.
4. Laboratoriyadagi asbob-uskunalarning to’g’ri ishlashi va mahsulotning sifat ko’rsatkichlari standart va texnik shartlarga mos kelishiga mas’ul hisoblanadi.
5. Laboratoriya holati, xom-ashyo va tayyor mahsulot sifati, ularni toylab, saqlash va jo’natish ishlariga mas’ul shaxs hisoblanadi
6. Laboratoriyada ishlash rejimi tuziladi va laboratoriya xodimlari orasida tasdiqlaydi.
7. Laboratoriyada olingan sinov natijalarini nazorat qilib boradi, ulrni tahlil qilib hisobga oladi.
8. Laboratoriya boshlig’i yaxshi ishlagan xodimlarga qo’shimcha mukofotlar berish uchun korxona raxbariyatiga murojat etadi.
9. Laboratoriya boshlig’i ilmiy-texnik konferentsiyalarda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishi mumkin.
10. Laboratoriyada mavjud bo’lgan asbob-uskunalarning noto’g’ri ishlashi, o’lchash asboblarining noto’g’ri ko’rsatishiga javobgar hisoblanadi.
11. Korxona ishlab chiqargan barcha mahsulotlarning sifatini baholaydi, ularni tahlil etib korxona raxbariga taqdim etadi.
12. Ishlab chiqarilgan mahsulotni gruppalari bo’yicha partiyalar shaklida jamlab, uni saqlash va jo’natish ishlarini nazorat qiladi va xujjatlarni to’ldirishda mas’ul hisoblanadi.
13. Laboratoriya boshlig’i, texnik nazorat bo’lim boshlig’ining yo’qligi vaqtida, uning vazifasini bajarishga vakolati bo’ladi.
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasining texnologik (ishlab chiqarish) laboratoriyasi.
G’o’za turlarining xilma-xilligi, uni o’stirishda tuproq iqlim mintaqalari, ishlov berish va yig’im-terimning turli agrotexnik usullari paxtani fizim-mexanik xossalari hamda sifat ko’rsatkichlari turlicha bo’lishiga ta’sir etadi. Bu esa tabiiyki, paxta sotilganda uning bozor narxlarida o’z aksini topadi. Paxta tolasining sifati qancha yuqori bo’lsa,uni shuncha qimmatga va aksincha, uning sifat ko’rsatkichi qancha yomon bo’lsa, u shuncha arzon baholanadi. Ana shu sababli korxona laboratoriyalarida chigitli paxtani qabul qilishdan boshlab, texnologik jarayonlarda va uni sotishga jo’natashga qadar sifatini nazorat qilinadi.
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasining texnologik laboratoriyasining ish hajmi korxonaning mahsulot ishlab chiqarish quvvati bilan belgilanadi. Korxonaning quvvati esa ishlab chiqriladigan paxta tolasining hajmi, va unga zaxira quvvatni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasini texnologik laboratoriyasining asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi: korxona smenasida chigitli paxtani belgilangan texnologik reglament asosida ishlashini nazorat qilish; texnologik jarayon dasgoxlarni oraliq va tirqishlarini narorat qilish; paxta sifatiga talluqli bo’lgan barcha operatsiyalarni to’g’ri bajarilishini; tayyor mahsulotni joylash , markalash va to’plamlarga yig’ish ishlarini nazorati; standart bo’yicha ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining sifatini aniqlash; ikkilamchi xom ashyo xossalarini aniqlash va x.k. kiradi.
Bir to’dadagi paxta uchun bitta marka qabul qilinadi, uning vazni 50-60 tonna tola bo’lishi mumkin. Ushbu paxta tolasini, massasi 215±15 kg bo’lgan massada toylanadi va saqlash uchun omborxonaga jo’natilad. Xar bir toyda korxona nomi, paxtaning sifat ko’rsatkichlari, partiyasi va smenasi aniq ko’rsatiladi.
Korxonadagi texnologik laboratoriya quyidagi bo’limlardan tashkil topgan bo’ladi:
- kundalik namunadan o’rta namunaga tanlash uchun laboratoriya xonasi;
- qabul qilingan partiyaning namlikni aniqlash uchun laboratoriya xonasi;
- iflosligini aniqlash uchun laboratoriya xonasi;
- paxta tolasini sinash uchun laboratoriya xonasi;
- ikkilamchi mahsulotlarni sinash uchun laboratoriya xonasi;
- kimyoviy analizlar o’tkazish uchun laboratoriya xonasi.
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasida paxtani dastlaki ishlash uchun o’rnatilgan texnika va texnologik jarayon tartibining chizmasi.
1-Teplogenerator. 2-Quritish barabani. 3-5-Paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunalari.
4-Paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunasi. 6-Regenerator. 7-Separator. 8-Arrali jin.
9-Tola tozalagich. 10-Tola kondensori. 11-Tola presi. 12-Elevator. 13-Linterlar. 14-Momiq kondnensori.15-Momiq pressi. 16-Elevator. 17-CHigit torozisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |