Barcha gazlamalarning navini aniqlash uchun tagishli davlatstandartlari mavjud
Barcha gazlamalarning navini aniqlash uchun tegishli davlat standartlari mavjud. Shu jumladan:
Barcha gazlamalarning navini aniqlash uchun tegishli davlat standartlari mavjud. Shu jumladan:
- ip gazlamalari uchun - 161-86 raqamli;
- zig’ir tolali gazlamalar uchun - 357-75 raqamli;
- jun gazlamalari uchun - 358-82 raqamli;
- ipak gazlamalari uchun - 187-85 raqamli
standartlar
Ip va ipak gazlamalarning navini aniqlash. Ip gazlamalarning navini aniqlash uchun bular to’rtta guruhga bo’linadi:
Ip va ipak gazlamalarning navini aniqlash. Ip gazlamalarning navini aniqlash uchun bular to’rtta guruhga bo’linadi:
Birinchi guruh – shit, gul bosilgan surp, satin, ayollar ko’ylagibop, kiyimbop va jovonsozlikda ishlatiluvchi va uy jihozlariga mo’ljallangan gazlamalar.
Ikkinchi guruh - shoyshabbop va ichki kiyimlar uchun mo’ljallangan gazlamalar.
Uchinchi guruh - astarbop, matraslar uchun mo’ljallangan gazlamalar va past navli paxta tolasidan ishlab shiqarilgan hamda xom gazlamalar.
To’rtinshi guruh - kesilgan tukli gazlamalar
Ip gazlamalarning navini aniqlash ikkita asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha olib boriladi:
Ip gazlamalarning navini aniqlash ikkita asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha olib boriladi:
a) gazlamalarning fizik - mexanik xossalari va bo’yoqining mustahkamligi bo’yicha ko’rsatkichlari davlat standartida yoki texnikaviy sharoitlarda ko’rsatilgan, me’yorlarga mos kelishligi;
b) gazlamalarning tashqi ko’rinishidagi nuqsonlarning miqdori.
Ip gazlamaning navini baholash yig’ilgan nuqsonlar jamiga qarab olib boriladi:
Ip gazlamaning navini baholash yig’ilgan nuqsonlar jamiga qarab olib boriladi:
1 - nav ko’rsatkichiga jami 10 nuqsondan ko’p bo’lmagan;
II - nav ko’rsatkichiga jami 30 nuqsondan ko’p bo’lmagan gazlamalar kiradi.
Ipak gazlamalarning navini aniqlash ip gazlamalariga o’xshash bo’ladi. Ipak gazlamalar uchta guruhga bo’linadi:
Ipak gazlamalarning navini aniqlash ip gazlamalariga o’xshash bo’ladi. Ipak gazlamalar uchta guruhga bo’linadi:
Birinchi guruh - ichki kiyimlik, ko’ylaklik, kiyimlik va boshqa sof ipaklik gazlamalar.
Ikkinchi guruh - astarbop va boshqa yarim ipak gazlamalar.
Uchinchi guruh - tukli gazlamalar.
Zig’ir tolali gazlamalarga ham xuddi ip gazlamalariga belgilanganidek ikkita sifat ko’rsatkichi tayin etilgan fizik-mexanik xususiyatlar ko’rsatkichlarining standart me’yorlariga mos kelishi va tashqi ko’rinishdagi nuqsonlar bor-yo’qligi. Zig’ir tolali gazlamalarning sifatini aniqlashda hisobga olinadigan tashqi ko’rinishdagi nuqsonlar mahalliy va tarqalgan nuqsonlarga bo’linadi.

Birinchi navli gazlamalarda 8 ta nuqson va ikkinchi navli gazlamalarda 22 ta nuqsondan ko’p bo’lishi mumkin emas.
Birinchi navli gazlamalarda 8 ta nuqson va ikkinchi navli gazlamalarda 22 ta nuqsondan ko’p bo’lishi mumkin emas.
Birinchi navli gazlamalarda tarqalgan nuqsonlar bo’lishi ma’n etiladi Ikkinchi navli gazlamalarda esa bularning soni bittadan ko’p bo’lmasligi shart.