23
4 – rasm.
25, 80 va 130
O
C haroratdagi MgO – P
2
O
5
– H
2
O sistemasida eruvchanlik
izotermasi: ikkita qattiq fazali muvozanatdagi eritmaning tarkibi nuqtalar bilan
belgilangan.
Ikkinchi
bosqich
reaktsiyaning
tugallanishi
arafasida
ham
monomagniyfosfatning eruvchanligi katta bo‘lganligi uchun suyuq faza uning
bilan to‘yinmagan holatida qoladi, ammo u to‘la eritmada bo‘ladi va fosfat
kislotaning neytrallanish darajasi kutilganidan ko‘ra nihoyatda katta bo‘ladi.
Monomagniyfosfat fosfat kislota bilan
bufer aralashma hosil qiladi, Mg
2+
va
H
2
PO
4
-
ionlariga dissotsilanadi, bu esa fosfat kislotaning N
+
va H
2
PO
4
-
ionlariga
dissotsilanishini susaytiradi. Shu sababga ko‘ra xomashyoning parchalanishini
ikkinchi bosqich jarayonidayoq
keskin pasaytiradi, uning uchinchi bosqichdagi
tezligi esa butunlay kamayadi.
Yuqorida
ta‘kidlanganlarni,
shuningdek
monomagniyfosfatning
gigrosko‘ikligini e‘tiborga olinsa, u Qoratog‘ fosforitidan olingan superfosfatning
fizik xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun fosforitlarni oldindan magniy
birikmalarining bir qismini yo‘qotish orqali boyitish maqsadga muvofiqdir.
Ishlatiladigan xom ashyoda magniyning miqdori P
2
O
5
miqdorining 6-8% idan ortib
ketmasligi lozim. Qoratog‘ fosforitidan olinadigan
superfosfat uchun ombordagi
24
o‘timal harorat (65-80
O
C) apatit yoki magniy tutmagan fosforitlardan olinadigan
superfosfatlarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bu holatda superfosfat massasining
sovishi parchalanish jarayonini tezlashtirmaydi, balki sekinlashtiradi. Buning
sababini yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, suyuq
fazaning yuqori darajada
neytrallanganligi
va
haroratning
pasayishi
bilan
monomagniyfosfat
eruvchanligining kamaymasligi bilan izohlanadi.
Tarkibida 27,5% P
2
O
5
, 6,6% CO
2
va 2,5% P
2
O
3
bo‘lgan Qoratog‘ fosforitini
68% li sulfat kislota bilan 64 og‘irlik qism stexiometrik me‘yorda parchalash yo‘li
bilan olingan kukunsimon oddiy superfosfatda xom ashyoning parchalanish
darajasi 90% ga yetadi va mahsulot quyidagi tarkibga ega bo‘ladi: P
2
O
5umum.
=
15,6%; P
2
O
5o‘zl.
= 14,0%; P
2
O
5erkin
= 5,0%; H
2
O = 10,5% [
11,12
].
Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari. Superfosfat ishlab chiqarishda fosfatli xom
ashyo parchalanishining to‘laligi
parchalanish koeffitsienti
, ya‘ni
superfosfatdagi
o‘zlashadigan P
2
O
5
ning umumiy P
2
O
5
miqdoriga nisbati orqali talqin etiladi.
Sulfat kislota me‘yori qanchalik katta bo‘lsa, parchalanish koeffitsenti ham
shunchalik yuqori bo‘ladi. 68-72 og‘irlik qism me‘yorida apatit kontsentratidan
olingan kamerali superfosfatdagi parchalanish koeffitsenti 83-88%
ga teng va
superfosfatda ma‘lum miqdordagi (11-12%) erkin fosfat kislota bo‘ladi.
Superfosfat ning ombordagi yetiltirish jarayonida esa parchalanish koeffitsenti 93-
95% ga yetadi, erkin fosfat kislotasi esa
5% gacha kamayadi.
Olingan superfosfat miqdorining uni ishlab chiqarish uchun sarflangan fosfat
miqdoriga nisbati
superfosfat unumi
deyiladi. Vaholanki, fosfatdagi P
2
O
5
to‘laligicha superfosfatga o‘tadi, shuning
uchun unum fosfatdagi P
2
O
5
ning foiz
miqdorini mahsulotdagi umumiy P
2
O
5
ning foiz miqdoriga nisbati bilan
ifodalanadi. Apatit kontsentratidan yangi hosil qilingan superfosfatning unumi
1,94-2,01 ni, fosforitdan olingan superfosfat unumi esa 1,5-1,9 ni tashkil etadi.
Superfosfatni omborda saqlanishi natijasida undan suvning bug‘lanishi
hisobiga
unum ma‘lum darajaga pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: