O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Mehnat tarbiyasini takomillashtirish omillari



Download 0,6 Mb.
bet13/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Mehnat tarbiyasini takomillashtirish omillari.
Mehnat tarbiyasi sovet davrida biryoqlama tushunilar edi. Maktablarda mehnat darslarida bolalar nimalarnidir – o’yinchoqlar, oddiy buyumlar yasashga, katta sinflarda duradgorlik, quruvchilik, slesarlik kasblari unsurlarini egallashga o’rgatilar, ustaxonasi yo’q qishloq maktablarda ko’pincha katta sinf o’quvchilari qishda traktorni o’rganish, bahorda maktab hovlisini tozalash, yerni ag’darib biron narsa ekish bilan band edi. Ular turli-tuman hasharlarga, qishloq xo’jaligi ishlarida yordam berishga – g’o’za yaganasiga, paxta terimiga va h.k. – jalb etilar, bolalar mehnati ekspluatatsiya qilinar edi. Mehnat tarbiyasi tekin ishlashga yoki qoloq jismoniy mehnatni o’rganishga majburlash sifatida ota-onalar va bolalarni bezdirib qo’ygan edi. O’quvchilar o’z noroziligini mehnatdan turli yo’llar bilan bo’yintovlash, yoki topshiriqni sifatsiz, chala bajarish orqali ifodalar edi. Boshqacha aytganda, bolada mehnatga ko’proq salbiy munosabat shakllanar edi. Ushbu holat bir necha avlod hayotida davom etdi va odamlar ongida o’ta salbiy iz qoldirdi. Mehnat faqat jismoniy ishdan emas, shuningdek aqliy mehnatdan ham iborat ekanligi, insondagi yaratuvchanlik salohiyatini o’yg’otish, ko’chaytirish lozimligi unutilgan edi. Biz haligacha sovet davrida mehnatga va mehnat tarbiyasiga nisbatan vujudga kelgan biryoqlama, ko’pincha salbiy munosabat illatlaridan qutila olmayotirmiz.
YOshlarning aksariyatiga yaxshi malakali mutaxasis, tadbirkor, olim, san’atkor, yozuvchi, shoir bo’lish uchun ko’p o’qish, erinmasdan yangi yutuqlarni o’rganish, o’zlashtirish, o’z ustida ishlash kerakligini tushuntirish hech qachon oson bo’lmagan, bugungi kunda yanada qiyinlashdi. CHunki ko’ngil ochish, hordiq chiqarish, o’qishda va ishda zarur axborotni ko’p bosh qotirib o’tirmasdan internetdan topish imkoniyati paydo bo’ldi. Ular tinimsiz ortib, o’sib borayotir. SHu sababdan mehnat tarbiyasi oldida turgan vazifalar ham qiyinlashib bormoqda.
Bo’lajak o’qituvchi yoki tashkilot rahbari, menejeri, mutaxassisi, ota – onalar – hamma-hamma istasa – istamasa, u yoki bu darajada tarbiya bilan shug’ullanadi. Hech bo’lmaganda yosh avlodga, qo’l ostidagi xodimlarga hatti – harakati, faoliyati bilan ijobiy yoki salbiy namunaga aylanadi. Ular bir narsani chuqur anglab olishlari lozim: mehnatning ijtimoiy mohiyati va vazifalari universaldir. Mehnat orqali insonning voqelikka, hayotga ratsional va faol munosabati shakllanar ekan, u yetarlicha rag’batlantirilishi, muhofaza qilinishi, jamiyatda mehnatning nufuzi baland bo’lishi lozim.
Mehnat insonni xo’rlovchi, ekspluatatsiya qiluvchi vosita emas, uni ulug’lovchi, qadr – qimmatini oshiruvchi, hayotini farovon etuvchi, ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi omilga aylanishi shart. Inson qattiq mehnat qilib zo’rg’a kunini o’tkazishga, ro’zg’orini tebratishga yetadigan haq olsa, yoki malakasiz ish bilan shug’illangani uchun tevarak – atrofdagilar unga bepisand qarasa, insonda o’z mehnatiga, kasbiga ishtiyoq susayadi, norozilik kuchayadi. U jamiyatdagi tartib – qoidalarni, ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarni, taqsimotni adolatsiz deb hisoblaydi. “Berganinga yarasha” qabilida qo’l uchida, nomiga ishlaydi, topshiriqni chala va sifatsiz bajaradi. Kasbiy mahorat va texnologik jihatdan o’sish nari tursin, hatto o’zidan avvalgilar erishgan yutuqlarni ham qo’llamay qo’yadi, natijada ular asta – sekin unutilib ketadi.
Mehnatga adolatli haq to’lanishi, yetarli shart – sharoit yaratilishi, insonni halol va sifatli mehnatiga qarab qadrlash, hurmat qilish, nafaqat ishlab chiqarish texnologiyalari, ishchining mehnat unumdorligi o’sishiga, shuningdek jamiyatda ijtimoiy – siyosiy barqarorlikning saqlanishiga, mustahkamlanishiga, oqibatda ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot esa mehnatning universal vazifalarini yanada yaqqolroq yuzaga chiqaradi.
Mehnat taqsimoti, almashuv, texnologiyalar rivojlanishi iqtisodiy va ijtimoiy yuksalishga, ishlab chiqarish va mehnatning ixtisoslashuviga, kooperatsiyalashuviga, ko’pukladli iqtisodiyot esa raqobatga, jumaladan, ishchilar o’rtasida o’zaro raqobatga, mehnat bozori vujudga kelishiga keng yo’l ochdi. Bu o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar va qadriyatlar tizimining takomillashuviga qo’shimcha turtki berdi. Mehnat bozori raqobati sharoitida o’sib ulg’aygan kishi kasbiga va tug’ilgan joyiga, “ota-bobosining mozoriga” qattiq bog’lanmaydi, turg’un bo’lmaydi. U ish yuzasidan turar joyini va zarur bo’lsa, qayta o’qib, kasbini o’zgartirib yuborishga tayyor. Ish, barqaror daromad, yashash manbai topilsa, bas. Uning fe’l – atvoriga turg’unlik, loqaydlik, boqimandalik, birovdan sahovat va marhamat kutish yot. U o’ziga, o’z kuchiga tayanishga o’rganadi. Jamiyat unga ish topishda, yangi kasb o’rganishda yordam beradi.
Bizda esa o’tmishdan va sotsializmdan qolgan illatlar – davlat va jamiyatga boqimandalik, befarqlik, tashabbusning yo’qligi, faqat talab qilish, shikoyat yozish, “o’zga yurtda shoh bo’lgandan, o’z yurtingda gado bo’l” qabilidagi turg’unlik va mahalliychilik to’liq bartaraf etilgani yo’q. An’anaviy jamiyatda, har qanday tashabbus o’zboshimchalik deb, an’anani buzish, ota – bobolardan qolgan qoidalardan chekinish deb qabul qilingan sharoitda o’troq xalqlar bir parcha yeriga qattiq bog’lanib qolgan. Jamoadan, qarindosh – urug’lardan ajralib qolmaslik, ularni tashlab ketmaslik me’yorlari odamlar ongiga chuqur singib ketgan va o’z navbatida urug’ – aymoqchilik, mahalliychilik kabi illatlarni keltirib chiqargan. Boshqa joyga ish izlab, yoki ko’chib borib, turmushini o’nglab olgan kishilarga tanqidiy qaralgan. YUqorida keltirilgan “O’zga yurtda shox bo’lgandan, o’z yurtingda gado bo’l” maqoli buni tasdiqlaydi. Bunday maqollar bir-ikkita emas, juda ko’p: “Uzoqdagi quyruqdan, yaqindagi o’pka yaxshi”, “Daraxt bir joyda ko’karadi” va h.k. maqollar inson tashabbusini, ish izlab, erkin harakatlanishini (savdogarlardan tashqari), boshqa joyga ko’chib o’tishini ochiqchasiga qoralaydi.
Biz xalqimizni, ayniqsa yoshlarni mehnat bozori raqobati sharoitida yashashga, faoliyat yuritishga o’rgatishimiz kerak. Ba’zi yoshlar o’z kasb sirlarini puxta o’zlashtirish, yaxshi bilim olish zarurligini, kelajakda mehnat bozorida unga puxta malaka kerak bo’lishini tushunib yetmayotirlar. Ular yo’lini qilib diplom olsam, bas, bu yog’ini tanish-bilish yordamida eplab ketaman, deb xato o’ylaydilar. Rivojlangan bozor munosabatlari, haqiqiy raqobat qaror topganidan keyin, xorij tajribasi guvohlik beradiki, hatto ota noqobil o’g’liga korxonasini qoldirmaydi: “men misqollab, peshona terim bilan yiqqan mablag’imni, qo’lim bilan qurgan korxonamni kasodga uchratasan”,-deb, korxonani boshqarishni bolasiga emas, korxonaga foydasi tegadigan jiyaniga, yaqin qarindoshiga yoki tegishli boshqaruvchi kompaniyalarga topshiradi, oilasi, merosxo’rlari esa mulkdor sifatida foydadan o’z ulushini olaveradi.
Mehnat tarbiyasida ta’limning barcha bo’g’inlarida bozorning shafqatsiz raqobati hisobga olinishi, o’qishga, kasb o’rganishga, malakali mutaxassislikni o’zlashtirishga xalqimizda va rahbarlarda munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim. Mehnat tarbiyasi axloqqa, insonparvarlikka zid kelmaydigan har qanday kasb, har qanday ish jamiyatga kerakli ekanligini, o’z ishini halol bajaradigan kishi yurtdoshlariga, mamlakatiga katta xizmat ko’rsatayotganini yoshlar ongiga singdirishi kerak.
Haqiqiy vatanparvarlik tanlagan kasbi, band bo’lgan sohasida halol va unumli mehnat qilishdir. O’qituvchi o’quvchilarga yaxshi bilim va tarbiya bersa, vatanparvarlik burchini bajargan hisoblanadi. Xuddi shunday, har bir ishchi, mutaxassis, boshqaruvchi, rahbar va h.k. o’z ishini vijdonan, halol bajarsa, vatani boyligiga boylik qo’shib vatanparvarlikni namoyon etadi. Sovet davridagiday vatanparvarlikni faqat vatan uchun ko’ksini qalqon qilish, jonini fido etishga tayyor bo’lish deb tor tushunmaslik kerak. YUrt ustiga har kuni yov bostirib kelayotgani yo’q. Lekin odamlar, mamlakat har kuni yashaydi, iste’mol qiladi, uning turli xarajatlari bor. Har kuni insondan, fuqarodan talab qilinadigan vatanparvarlik – bu halol va unumli mehnat qilib, vatanni boyitishdir.
Mehnat tarbiyasi, ma’naviy tarbiyaning boshqa yo’nalishlari va shakllari kabi, inson tabiatini mustahkamlaydi: ijtimoiylashuv darajasini, ongi, tafakkurini o’stiradi, yaratuvchiligini yuzaga chiqaradi, ehtiyojlarini yuksaltiradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishga faol jalb qilingan kishi ko’plab hamkasblari bilan muloqatga, aloqaga kirishadi, ular bilan bir jamoani tashkil etadi. O’zaro muloqot va aloqa jarayonida boshqalar fikri, xohishi, irodasi bilan hisoblashishni, mayda shaxsiy manfaatlardan umumiy manfaatlarni ustun qo’yishni, ularni uyg’unlashtirishni o’rganadi. Jamoa alohida shaxsning xudbin g’arazli injiqlarini ko’tarmaydi. O’zaro muloqotda u samimiylikni, halollikni, murosago’ylikni talab qiladi. Inson shakllanishi va hayot kechirishida dastlab oila, keyinchalik mehnat jamoasi asosiy rol o’ynaydi. Maktab, o’quv yurti, institut inson hayotida faqat muayyan davr – (16-17 yil) davomida katta o’rin tutadi. Insonning jamiyat bilan aloqalarining katta qismi (35-40 yil) mehnat jamoasi orqali amalga oshadi.
Mehnat tarbiyasining konkret shakllari, usullari uslublari ko’p. Ularni turli ijtimoiy – gumanitar va pedagogik – psixologik hamda injener – texnik ta’limning pedagogik yo’nalishlari o’rganadi. Biz mehnat tarbiyasining asosiy ijtimoiy – falsafiy va ma’naviy omillari to’g’risida qisqacha to’xtalamiz. Birinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, halol va samarali mehnat jamiyat tomonidan ma’naviy va moddiy rag’batlantirilishi lozim. Inson mehnatining hajmi va sifatiga yarasha haq olishi, to’lanadigan haq uning normal hayot kechirishi va jamiyat rivojlanishi uchun yetarli bo’lishi shart. Inson mehnatga yetarlicha haq olsa, ro’zg’ori to’q, bola chaqasiga kerakli ta’lim-tarbiya berish, qobiliyatlarini o’stirish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Qashshoq, och-yalong’och oila bolalarining maktabdan tashqari ta’limga, turli to’garaklarga, san’at maktablariga va h.k. qo’ya olmaydi. Hatto jamiyat bepul maktab ta’limini joriy qilganda ham, qashshoq oila farzandlari yuqori sinflarni ko’pincha tugatmaydi, ota-onasiga yordam berishga majbur bo’ladi. Bu – birinchidan.
Ikkinchidan, ichki bozorda talab o’sishi aholining xarid qobiliyatiga, ya’ni odamlarning oylik maoshi, daromadiga bog’liq. Bozorda talab o’smasa, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish o’smaydi, binobarin, texnologiyalar rivojlanishiga talab susayadi. Demak, mehnatni munosib taqdirlash ijtimoiy adolatni, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash barobarida madaniyat, inson omili har tomonlama rivojlanishiga, ishlab chiqarish o’sishi va texnologiyalar takomillashishiga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mehnatni munosib taqdirlamaydigan jamiyat o’z ildizlarining bir qismini qirqadi: odamlarda norozilik kayfiyati to’planib boraveradi, oxir-oqibat ijtimoiy larzalarga olib keladi; yosh avlod yetarli darajada ta’lim-tarbiya ololmaydi; ichki bozorda talab o’smaydi, fan-texnika va texnologiyalarga qiziqish ishlab chiqarish sub’ektlari va alohida mutaxassislarda pasayadi.
Sotsializm davrida haq to’lash me’yorlari qilingan mehnatga yarasha bo’lmagani, ko’pincha tekislik tamoyiliga amal qilingani sovet iqtisodiyotini izdan chiqargan edi. Sovet rahbarlari mehnatga yarasha haq to’lash lozimligini, proletariat dohiylari sotsializmning taqsimot prinsipi – “har kimdan imkoniyatiga qarab, har kimga mehnatiga yarasha “, deb belgilanganini yaxshi bilardilar. Ammo bu tamoyilni to’liq amalga oshira olmadilar. Moddiy rag’batni ma’naviy rag’bat hisobiga qoplashga bo’lgan urinishlar qisqa muddat odamlarni jalb qilsada, kutilgan natijani bermadi. Staxanovchilar va shunga o’xshash harakatlar, ilg’orlarni tantanali bayramlarda, yig’ilishlarda qutlash, deputatlikka saylash, davlatning orden-medallari bilan mukofotlash va sh.k. ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy tadbirlar kommunistik partiya va sovet davlati tomonidan doimo qo’llanilgan. Lekin ko’ksingga orden, medal taqqaning bilan ro’zg’oring but bo’lib qolmaydi. Oddiy mehnatkashning turli darajadagi deputatligi ko’zbo’yamachilikdan boshqa narsa emas edi. Yiliga ikki marta sessiyalarda bo’lib, avvaldan tayyorlangan qarorlarni qo’l ko’tarib tasdiqlab kelardi, xolos. Deputat so’zga chiqishi mumkin edi, lekin uni kimdir yo tayyorlab berardi, yo nazorat uchun ko’rib chiqardi. Mehnatkashlarning asosiy ommasi esa hamma narsadan chetda qolaverdi. Xulosa qilish mumkinki, iqtisodiy, moliyaviy jihatdan ta’minlanmagan ma’naviy rag’bat kutilgan samarani bermaydi, hatto o’zini o’zi obro’sizlantiradi. Sovet davrining so’nggi yillarida aynan shunday bo’ldi: orden, medal, ayniqsa faxriy yorliq, maqtov qog’ozi olganlar ustidan hamkasblari kular, ba’zan masxara qilishgacha borishar edi.
Moddiy va ma’naviy rag’bat faqat birgalikda samara beradi. Moddiy rag’bat mukofot puli emas, balki birinchi navbatda mehnatga to’lanadigan munosib haq, halol topilgan yaxshi daromaddir. Ma’naviy rag’bat ham bir parcha maqtov qog’ozi emas, birinchi galda hamkasblari, jamoatchilik hurmati, izzatidir. O’tmishda, sotsializmgacha, birorta kosib, hunarmand, dehqon orden-medal olmagan, ammo hamma unga “usta”, “ustoz” deb murojaat etgan. “Qo’li gul”deb alqagan. Uning jamiyatdagi martabasi, mavqei odamlar o’rtasidagi hurmat-izzati halol va mohirona mehnati bilan belgilangan. Ikkinchidan, inson qancha yaxshi ishlasa, shuncha to’q va yaxshi yashashini, odamlar o’rtasida izzat-e’tibori shuncha baland bo’lishini, keksaligi yaxshi ta’minlanishini jamiyat kafolatlashi, jamiyatdagi muhit va qonun-qoida bunga imkon berishi kerak.
Bir necha avlod hayoti davomida mehnat qadri, avval aytilganidek, yuqori bo’lib, odamlar bunga amalda ishonch hosil qilsa, mehnatga, mehnat tarbiyasiga munosabat tubdan o’zgaradi. SHunda biror boshliq ishchi yoki mutaxassisga nisbatan noxolislik qilganida ham, sababni u jamiyatning nohaqligida, adolatsizligida emas, boshliqning noxolisligida ko’radi. Adolat uchun kattaroq boshliqlarga, kasaba uyushmasiga, yoki sudga murojaat etadi. Mehnatdan qo’li sovumaydi. CHunki jamiyat va davlat uning haq – huquqlarini mehnat kodeksida kafolatlagan, ularni yuzaga chiqarish uchun tegishli mehanizm yaratgan. Mehnat shartnomasi, mehnatga haq to’lashning davlat belgilagan minimal stavkasi (odatda, malakasiz jismoniy mehnat uchun), mulkdor va yollanma ishchi xodimlar (kasaba uyushmasi) o’rtasidagi jamoaviy shartnoma ma’muriyat mazkur mexanizmning unsurlari hisoblanadi. Mehnat shartnomasi va jamoaviy shartnomada kelishilgan foydani adolatli taqsimlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kengaytirish yoki kon’yunktura yomonlashganda, inqirozlar yuz berganda qisqartirish, diversifikatsiya qilish, korxona aksiyalarning bir qismini ishchi-xodimlarga sotish va shu kabi boshqa masalalar qatorida belgilab olinadi. Bu bilan qisman ishchi-xodimlarning mulkdan va korxonani boshqarishdan begonalashgani kamaytiriladi.
Uchinchidan, inson halol va tirishqoq mehnati, malakasi oshishi evaziga xizmat pog’onalari bo’ylab o’sishi, yoki vakansiya bo’lmagan taqdirda, yuqori pog’ona xodimi maoshini olishga real imkoniyat yaratilishi zarur. SHunda xodim o’z ustida ishlaydi, izlanadi, ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflarini tayyorlaydi. Lavozim qachon bo’shar ekan deb kutib, o’tirmaydi. YOki, lavozim tezroq bo’shashi uchun uni egallab turgan hamkasbi ustidan “yumaloq” xat yozmaydi. Jamoada hasad, bir birini aldash, “tushurish” kamayadi. Darvoqe, ratsionalizatorlik va ixtirochilik bilan shug’ullanadigan ishchi xodimlar ko’pchilik ilg’or mamlakatlarda, taklifining natijasidan qat’i nazar, alohida rag’batlantiriladi. Agar biror taklif ishlab chiqarishga joriy etilib, qo’shimcha daromad keltirsa, undan muallif tegishli ulush oladi; chunki kiritilayotgan taklif ratsionalizatorning (ixtirochining) intellektual mulki hisoblanadi, undan foydalanganlik uchun haq to’lash lozim.
To’rtinchidan, shaxs tashabbusi va ma’nfaatlariga jamiyat to’g’ri munosabatda bo’lishi, ular jamoa manfaatlari yo’lida qurbon qilinmasligi lozim. SHarqda sug’oriladigan dehqonchilikka asoslangan qishloq hayoti, barqaror yarimyopiq tabaqaga aylangan shaharlik hunarmandlar turmush tarzi jamoa manfaatlarini shaxs manfaatlaridan ustun qo’yishga azaldan zarurat tug’dirgan. Bu zarurat o’sha davr ishlab chiqarish imkoniyatlariga mos bo’lgan. Lekin qaror topgan jamoaviylik o’zaro yordam kabi ijobiy me’yorlar qatorida shaxsning individual qiziqishlari va natijalariga nisbatan bepisandlik, shaxsiy manfaatlarni inkor etish kabi salbiy me’yorlar vujudga kelishiga ham sabab bo’lgan.
G’arb mamlakatlarida biz ikkinchi qarama-qarshi keskinlikning guvohi bo’lamiz: jamoaviylikka nisbatan bepisandlik, individualizmni ortiqcha baholash, mutlaqlashtirish. Bu odamlarning o’zaro begonalashishini, ular o’rtasidagi raqobatni kuchaytirdi. Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, shaxs, jamoa va jamiyat manfaatlarini uyg’unlashtirish, individualizmni jamoaviylikka, jamoaviylikni individualizmga qurbon qilmasdan, ularni mutanosib ravojlantirish mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifalardan biri, inson tarbiyasini yangi sifat pog’onasiga qo’taruvchi, samaradorligini oshiruvchi ijtimoiy omildir.
Beshinchidan, mehnat tarbiyasiga barakali ta’sir ko’rsatadigan yana bir omil – insonning mehnat huquqi va intelektual mulkining davlat tomonidan qat’iy himoya qilinishidir. Mehnat qilish huquqi yashash huquqi kabi insonning fundamental tabiiy huquqidir. Jamiyat uni ta’minlashi va kafolatlashi orqali insonning birovga qaram emas, balki mustaqil bo’lishini rag’batlantiradi. Ijtimoiy adolatni yuzaga chiqarishda mehnat qilish huquqining ta’minlashi katta ahamiyat kasb etadi. SHu bois insonning ushbu huquqi va aqliy mehnati mahsulotlari – ilmiy, badiiy g’oyalar, ixtirolar, yechimlar va h.k.larni himoya qilish jamiyat a’zolarida mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalaydi va odamlarning professional jihatdan takomillashuviga xizmat qiladi.
Oltinchidan, jamiyat insonga kasbiy – malakaviy jihatdan o’sish uchun barcha qulayliklarni yaratishi lozim. Insonning o’z kasbiy mahoratini oshirishga jahondagi ilg’or yutuqlarni, texnologiyalarni o’rganishga, yangiliklarni izlashga intilishi, agar tegishli shart – sharoit bo’lmasa, kutilgan samarani bermaydi. Avvalo inson kasbiy – malakaviy o’sishi uchun o’z sohasiga oid yangiliklardan, yutuqlardan xabardor bo’lishi kerak. Jamiyat tegishli axborot ta’minotini yo’lga qo’yishi lozim. Bu internet tarmog’ining yaqin kelajakda ona tilida yaxshi ishlashi va axborotlar bazasining keskin kengayishi lozimligini, tegishli ilmiy va texnologik yangiliklarni yorituvchi maxsus jurnallar, referativ axborot nashrlari bo’lishini taqozo etadi.
Birinchi galda esa turli malaka oshirish kurslari, o’quvlari, amaliy seminarlar, stajyorlik yoki ilg’or korxonalarga qisqa muddatli amaliy safarlar va sh.k. institutlar samarali faoliyat ko’rsatishini yo’lga qo’yish lozim. Malaka oshirish mehnat tarbiyasining muhim shakllaridan biridir. Kelajakni o’ylaydigan korxona, kompaniya, davlat ilg’or texnologiyalarini o’zlashtirish, ishchi va xodimlarning malakasini muttasil oshirib borish to’g’risida qayg’urmasligi mumkin emas.
Mehnat tarbiyasi bilan bog’liq yana bir o’ta jiddiy muammo bor: zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish sur’atlari jadalligi, konveyer ortida ishchi – xizmatchilar bajaradigan xatti-harakatlar bir xilligi tufayli ularning konveyerning bir bo’lagiga aylanib qolish xavfi ortib bormoqda. To’g’ri, konveyerning katta qismini avtomat-robotlar egallab, jarayonning o’zi kompyuterlar yordamida boshqarilmoqda. Lekin ushbu holat yangi ziddiyatlarni tug’dirmoqda. Birinchidan, inson ishlab chiqarishdan siqib chiqarilib, ishsiz qolish xavfi kuchaymoqda. Axborot texnologiyalari va raqamli dasturlashgan dastgohlar ilgari 6-7 razryadli yuksak ishchi tayyorlaydigan murakkab detalni hech qanday qiyinchiliksiz tayyorlab beradi, uning xotirasiga zarur ko’rsatkichlar dasturi kiritilsa, bas. Minglab yuksak malakali chizmachilar ishlaydigan loyihalash institutlari kompyuter grafikasi chiqqanidan so’ng, xodimlar sonini 8-10 martagacha qisqardi.
Ikkinchidan, axborot texnologiyalari tufayli inson yaratuvchi, ishlab chiqarish, ijod qilish jarayonining sub’ekti sifatida o’z ayniyatini yo’qotmoqda, u tobora o’zini kompyuterning bo’lagi, kompyuter dasturini ta’minlashning vositasi deb sezmoqda. Inson o’zining yaratuvchi sifatida muxtoriylik haq-huquqini, legitimligini boy berayotir. Insonning yaratuvchi sifatida legitimligi va ayniyatini yo’qotayotgani hozirgi zamon sivilizatsiyasi tug’dirgan eng xavfli muammodir. Mehnat tarbiyasida bu xavfni minimallashtirish yo’llari izlanishi va topilishi zarur. Buning uchun, balki, mehnat tarbiyasining ba’zi tomonlari qayta ko’rib chiqilar, ba’zi yangi jihatlar, usul va bilimlar bilan boyitilar. Qanday bo’lganda ham, mazkur muammoni kelajakda chetlab o’tish mumkin emas.
O’zbekistonda ta’lim sohasini isloh qilishdan maqsad o’quv tizimini takomillashtirish, uni hozirgi zamon fan – texnika taraqqiyoti talablariga moslashtirish bilan bir qatorda zamonaviy kasb – hunarlar asosini egallagan avlodni tarbiyalashni nazarda tutadi. Endi ta’limning bu bosqichini har tomonlama takomillashtirish, o’quv – amaliy bazasini mustahkamlab borish, kasb – hunar kollejlarini zamonaviy yuksak texnologik ishlab chiqarish korxonalari bilan yanada mustahkamroq bog’lash talab etiladi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish