O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Download 0,6 Mb.
bet21/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Jamoaviylik tushunchasi ijtimoiy zaruriyat tug’diradigan jipslashish, birlashish,o’zaro yordam, burch va o’zaro majburiyat tuyg’usi va me’yorini anglatadi. SHarq xalqlarida jamoaviylik tuyg’usining kuchli bo’lishiga sabab, sug’oriladigan dehqonchilik azaldan har yili birgalikda ariq va zovurlarni qazishni, tozalashni taqozo etgan. Daryo bilan ba’zi qishloqlar orasidagi masofa bir necha kilometrni tashkil etgan. YOlg’iz dehqon bunday masofadan dalasiga suv olib kelolmagan. Ariq va zovurlarni qazish, tozalash umumiy hashar yordamida amalga oshirilgan va O’rta Osiyo xalqlarda hayrov qazish deb atalgan. “Hay” arabcha tirik (lik), “rov” forscha yo’lni anglatadi. Demak, hayrov – tirikchilik yo’li degan mazmunni beradi. Suv yo’li (ariq)ning “hayot yo’li” deb atalishida ulkan ma’no bor. Hayrov qazish, u bilan bog’liq odamlarning birlashishi, jamoaviylik hayotiy zaruratga aylangan. Sug’oriladigan dehqonchilik, yerdan jamoa bo’lib foydalanish yerga nisbatan xususiy mulkchilik o’rnatilmasligiga sabab bo’lgan. Mazkur omil jamoaviylik psixologiyasi va mafkurasini mustahkamlagan. Aholi soni o’sishi jarayonida qo’riq yerlarni o’zlashtirish, ekin maydonini kengaytirish, oilalardagi odam sonidan kelib chiqib, dala yerlarni taqsimlash, hosilni yig’ishtirib olish va tirikchilikning boshqa ko’p masalalari odamlardan birgalikda harakat qilishni, o’zaro yordam ko’rsatishni talab qilgan.
Tashqi dushmanlardan mamlakatni, ko’chmanchi chorvadorlardan ekinzorlarni himoya qilish zaruriyati ham jamoaviylikni taqozo etgan. Jamoaviylik tuyg’usi aynan dehqonlarda, o’troq qishloq aholisida ko’chmanchi chorvadorlarga va ishlab chiqarishi individual tarzda kechadigan shaharlik hunarmandlarga nisbatan biroz kuchliroq rivojlangan. Sababi – ishlab chiqarish xususiyatlarining har xilligidir.
Hunarmand mehnati ko’proq individual, oilaviy. Boshqa hamkasblari manfaatlari bilan uni birinchi galda sotadigan mahsulotining yoki olayotgan homashyoning narxi barqaror bo’lishi birlashtiradi. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot va aloqalar qishloqdagidan ancha-muncha farq qiladi va oilaviy jihatdan biroz alohidalashgan, o’zaro kamroq bog’langan. Yilning katta qismini yaylovlarda o’tkazadigan, bu paytda bir-biridan uzoqda joylashgan chorvadorlar o’rtasidagi aloqalar yanada zaifroq. SHaharlarda aholi zich yashaganligi bois, birgalikda turmush kechirishning qat’iy me’yorlari vujudga kelgan. Bu birinchi navbatda sanitariya va gigiyena qoidalariga, quduqlar, hovuzlar, ariqlarni, ko’chalarni toza tutish, urf-odatlar va marosimlarni ixcham, tartibli o’tkazish, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik va sh.k. ko’plab talablarni, ularga qattiq rioya etishni vujudga keltirgan. Bu odamlarning o’zaro mas’uliyatini, javobgarligini, maishiy madaniyatini, jamoaviylik tuyg’usini kuchaytirgan. SHaharlarda o’zaro begonalashish qishloqlarga nisbatan sezilarliroq bo’lsa-da, jamoaviylikning ishlab chiqarish bilan emas, turmush tarzi, madaniyati va tozalik bilan bog’liq jihati ustunroqdir. Aks holda o’tmishda shaharlarda yuqumli kasalliklar tez tarqalgan, odamlar jiddiy ziyon ko’rgan. Hunarmandlar va chorvadorlar o’rtasida ham o’zaro yordam, hasharlar odat bo’lgan. Lekin ular uy-joy qurish, ta’mirlash, biror maraka o’tkazish, yoki chorvadorlarda jun qirqish, to’l olishdagi yordam ko’rinishlaridan tashkil topgan. Hayrov qazish, zovur tozalash kabi bir necha haftalab davom etadigan yoppa jamoaviy mehnatga aylanmagan.
YUqorida qayd etilgan omillar va aytib o’tilmagan boshqa omillar (qarindosh-urug’chilik kabi) sharq mamlakatlarida jamoaviylikni mustahkamlagan, uning individualizmga nisbatan ustunlik qilishini belgilagan.
Evropa mamlakatlarida tabiiy-iqlim sharoiti sharq mamlakatlaridan ancha farq qilgan. Ziroatchilik(dehqonchilik) yerni sug’orishga asoslanmagan. yer egalari birgalikda hayrov qazish, zovur tozalash kabi tadbirlarga zarurat sezmagan. Har bir dehqon, yer egasi o’zicha dalasida mehnat qilgan. Foydasi va zarari uning o’z zimmasiga tushgan. Ishlab chiqarish yuzasidan jamoa oldida uning hech qanday majburiyati bo’lmagan. yerga nisbatan xususiy mulk huquqi o’rnatilgan. yerdan individual foydalanilgan. Tabiiyki, bunday ahvol odamlarda jamoaviylikdan ko’ra ko’proq individualizmni tarbiyalagan.
O’rta asrlarda g’arb iqtisodiy va ijtimoiy- mulkiy turmush tarzidan kelib chiqadigan keskin individualizmning oldini olish yoki iloji boricha yumshatish borasida xristian dini ancha harakat qildi. U hamdardlik, yaqinini (boshqa kishilarni) xudoni va o’zini sevgandek sevish, kibru-havo (o’ta mag’rurlik) ulkan gunoh ekanligi to’g’risidagi g’oyalarni olg’a surdi. Lekin u, boshqa dinlar kabi, insonning ma’naviy erkinligini biryoqlama, diniy mazmundagi najotga intilish sifatida talqin qildi. Ilm-fan, ma’rifatni cheklab qo’ydi. Natijada cherkovning individualizmni tanqid qilishi kutilgan samarani bermadi, chunki bu yuqori va o’rta hol tabaqalar tomonidan cherkovning inson ustidan ma’naviy hukmronlikka intilishi sifatida qabul qilindi.
G’arb mamlakatlarida industrial jamiyatning, kapitalistik bozor munosabatlari va ashaddiy iqtisodiy raqobatning, xususan mehnat bozorida raqobatning vujudga kelishi individualizmni yanada kuchaytirdi, keskinlashtirdi. Industrial jamiyat, bozor iqtisodiyoti va raqobat ishchi kuchi va kapital erkin bo’lishini, erkin harakat qilishini, tadbirkorlik faoliyati va mulk huquqiy jihatdan himoya qilinishini, kafolatlanishini taqozo etadi. SHu sababdan asta-sekin inson huquqlari va erkinliklarining jamiyat nazarida qadri ortib bordi. Postindustrial jamiyatda mazkur masalada jiddiy olg’a siljishlar kuzatildi. Qonun ustuvorligi va hammaga birdayligi ta’minlansa-da, ushbu masalaga jamiyat ko’proq formal-huquqiy jihatdan yondashgani bois, keskin individualizm ta’sirida mumtoz gumanizm, ko’pchilik mumtoz ma’naviy qadriyatlar deformatsiyaga uchradi, ma’naviy hayotda egotsentrizm va vulgar antropotsentrizm qaror topdi.
G’arbcha talqin qilinadigan inson huquqlari va vulgar, merkantil antropotsentrizm moddiy-iqtisodiy, madaniy va fiziologik (jumladan shahvoniy) ehtiyojlari cheklanmagan inson nafsi va hirslarini qondirishni hayotning maqsadiga aylantiradi. SHu sababdan bugungi g’arb jamiyati ma’naviy inqirozi negizida turgan omillar orasida keskin individualizm markaziy o’rnini egallaydi deyish mumkin.
G’arbdan farqli o’laroq, sharq mamlakatlarida jamoaviylikka ustunlik berilishi inson ehtiyojlari va huquqlariga nisbatan ancha bepisand qarashlar qatorida umummilliy manfaatlarni ham yaxshi anglamaslikka sabab bo’ldi, urug’-aymoqchilik, mahalliychilik, ayirmachilik kabi illatlarni keltirib chiqardi. Mahalliychilik o’z navbatida milliy jipslikka salbiy ta’sir ko’rsatdi, ayirmachilik harakatini oziqlantirib turdi. YAgona etnosni tashkil qiladigan ko’p xalqlar 20 asrgacha turli xonliklar, amirliklar, knyazliklarga bo’linib yashadi. Markazlashgan yirik davlatlar vujudga kelganda ham bir ikki avlod umri mobaynida mayda davlatlarga parchalanib ketaverdi. SHarq xalqlarida mustamlakachilik davrigacha jamoaviylik tamoyili qishloq jamoasi, mahalla va mehnat jamoasi, diniy jamoa manfaatlarini anglash va himoya qilish darajasida qolib ketdi, milliy birlashish, yagona ichki bozorni qaror toptirish, mahalliychilik g’ovlarini olib tashlash, umumiy milliy manfaatlarni anglash darajasiga ko’tarilmadi. Bu borada, afsuski, hozirgacha ba’zi bir muammolar saqlanib qolgan.
SHu sababdan jamoaviylik tamoyilini, bir tomondan, individualizm bilan, ikkinchi tomondan – umummilliylik tamoyili bilan uyg’unlashtirish, muvozanatga keltirish zarur. Urug’-aymoqchilik, mahalliychilik, ayirmachilik qarashlarini yuqtirgan kishi to’la-to’kis ma’noda vatanparvar bo’lolmaydi, yoki uning vatanparvarligi cheklangan, noqis bo’ladi. Vatanparvarlik faqat yurtini, ona tuprog’ini, xalqini sevishdan iborat tuyg’u emas, u vatani manfaatlarini teran anglashni, ularni yuzaga chiqarishni, ularni mahalliy, guruhiy, mintaqaviy manfaatlardan zarur hollarda ustun qo’ya olishni bildiradi.
Insonda sog’lom ehtiyojlarni shakllantirish, jamoasiga va vataniga, xalqiga halol xizmat qilish zarurligini e’tiqod darajasiga ko’tarish orqaligina shaxs, jamoa va umummilliy manfaatlarni uyg’unlashtirishning ma’naviy-intelektual asosini yaratish mumkin.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish