O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Fuqarolik jamiyati turli manfaatlarni uyg’unlashtirish omili sifatida



Download 0,6 Mb.
bet24/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Fuqarolik jamiyati turli manfaatlarni uyg’unlashtirish omili sifatida.
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi shaxs, jamoa, davlat va jamiyat manfaatlarini muvozanatga keltiradi. U davlat boshqaruvining byurokratlashib ketishining oldini olish, tiyib turish omilidir. Davlat hokimiyati uch tarmog’ining mustaqilligi, vakillik organlarida muxolifat, partiyaviy fraksiyalar faoliyat yuritishi manfaatlarni muvozanatga keltirish va tiyib turish mexanizmlaridan biridir. Bu mexanizmlar samarali ishlashi uchun aholining, jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati, fuqarolarning faolligi yuqori bo’lishi kerak. Demokratiya sharoitida siyosiy partiyalar manfaatlari hokimiyat uchun kurashda, saylovchilarni o’z tomonlariga ag’darishga urinishlarda, parlament bahslarida o’zaro to’qnashadi. Siyosiy partiyalar o’rtasidagi kurashning asosiy va hal qiluvchi hakami – xalqdir. U o’z hukmini, qarorini saylovlarda ovoz berish orqali chiqaradi. Lekin saylovchilar to’g’ri qaror qabul qilishlari uchun siyosiy partiyalar faoliyatidan, ularning yutuq va kamchiliklaridan yetarlicha xabardor bo’lishlari lozim.
Albatta, siyosiy partiyalar o’zlariga tegishli OAV orqali va saylov kampaniyalari paytida olib boriladigan targ’ibot-tashviqot yordamida kerakli axborotni tarqatadi, o’z yutuqlari va muvafaqqiyalarini, tashabbuslari va amaliy ishlarini bo’yab-bejab ko’rsatishga harakat qiladi. Ammo haqiqiy manzarani, xolis bahoni har bir partiyaga erkin mustaqil OAV, jamoat tashkilotlari, fuqarolar beradi. So’z erkinligi, mustaqil OAV, nodavlat notijorat tashkilotlari siyosiy partiyalar, davlat idoralari faoliyati to’g’risida xolis axborot va xolis baho berilishida, binobarin, jamiyat demokratiyalashuvida, shaxs va jamiyat manfaatlari zarar ko’rmasligida, ijtimoiy adolat buzilmasligida katta ahamiyat kasb etadi. SHu sababdan erkin OAV, fuqarolik institutlari rivojlanishi, manfaatlarni uyg’unlashtirishni tarbiyalashning zarur shartidir.
Demokratiya va ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi shaxs, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va jamiyat manfaatlarini muvozanatga keltirish va uyg’unlashtirishning yana bir muhim shartidir. Vijdon va e’tiqod erkinligining, millatlararo va diniy konfessiyalararo tenghuquqlilikning ta’minlanishi jamiyatning demokratlashuviga va ijtimoiy adolat mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
O’zbekiston qonun ustuvorligini va ijtimoiy adolatni hayotga joriy qilib, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qaror toptirish va rivojlantirishga yo’l tutgan. O’zbekiston mustaqil taraqqiyotining besh ustuvor tamoyili ishlab chiqilgan va izchil qo’llanmoqda. Besh tamoyil taraqqiyotning o’zbek modeli negizini tashkil etadi. Ular respublikamizni rivojlantirish barobarida shaxs, mehnat jamoasi va jamiyat manfaatlarini uyg’unlashtirishda katta ahamiyatga ega. Masalan, iqtisodning siyosatdan ustunligi va mafkuradan xoliligi tamoyili iqtisodiy siyosat biror bir ijtimoiy guruh, tabaqa, sinf yoki siyosiy partiya manfaatlari foydasiga emas, balki har bir fuqaro, oila, mehnat jamoasi va butun xalq, jamiyat manfatlarini ko’zlab olib borilishini anglatadi. “Davlat – bosh islohotchi” tamoyili ahamiyati to’g’risida gapiradigan bo’lsak, yuqorida aytib o’tilgan – aholini ijtimoiy muhofaza qilish, korxonalarga preferensiyalar va soliq imtiyozlari berish, mulkning barcha shakllarini himoya qilish, xo’jalik nizolarini hal qilish kabi misollarning o’ziyoq ushbu tamoyilning manfaatlarni uyg’unlashtirishdagi rolini ochib beradi. Qo’shimcha yana ko’plab misollar keltirish mumkin. Qonun ustuvorligi va barchaga birdayligi, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaha qilish tamoyillarining shaxs, jamoa va jamiyat manfaatlarini uyg’unlashtirishdagi ahamiyati shundoqqina ko’rinib turibdi. Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, bunda “falaj terapiyasi”dan voz kechish, aholining, xo’jalik sub’ektlari va butun jamiyatning islohotlarning navbatdagi bosqichiga tayyorgarligini, resurs va mablag’larning yetarliligini, ya’ni ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlarni hisobga olish barcha darajadagi manfaatlarni himoya qilishni va mutanosib rivojlantirishni bildiradi.
Ijtimoiy muhofaza tamoyilini amalga oshirish mexanizmi yuzasidan yana shuni qo’shimcha qilish joiz: O’zbekistonda ijtimoiy muhofaza aniq manzilli va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Mahalla himoyaga muhtoj oilalarni o’z kommisiyalari yig’ilishlarida aniqlaydi, mahalla ahli buni ko’rib, kuzatib, binobarin, nazorat qilib turadi. Bu O’zbekistonda milliy daromadlarning ijtimoiy himoyaga ajratilgan qismini qayta taqsimlashda aholi bevosita ishtirok etmoqda deganidir. Aholining bevosita milliy daromadning ijtimoiy muhofazaga ajratilgan qismini qayta taqsimlashda qatnashishi mamlakatimizda demokratiya va fuqarolik jamiyati rivojlanishining, manfaatlar uyg’unlashtirilishining yuksak namunasidir.
Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda taraqqiyotning o’zbek modeli va uning asosiy tamoyillarini aholiga, yoshlarga tushuntirish, ushbu tamoyillarga ijobiy munosabatni shakllantirish turli darajadagi munosabatlarni to’g’ri anglashga, ularni muvozanatga keltirish va uyg’unlashtirishga yordam beradi. Bu borada zarur ma’naviy muhitni vujudga keltiradi. YUqoridagilardan ayon bo’ladiki, shaxs, jamoa, davlat, jamiyat manfaatlarini uyg’unlashtirishni tarbiyalash uchun:
1) ta’lim-tarbiya jarayonida jamiyat a’zolarida, yosh avlodda sog’lom ehtiyojlarni shakllantirish; individualizm va jamoaviylikni bir biriga qarama-qarshi qo’ymaslik;
2) alohida fuqarolar, barcha ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, sinflar ehtiyojlari erkin rivojlanishi va qondirilishi uchun zarur shart-sharoit yaratilishi, manfaatlarni muvozanatga keltirishning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, sud hakamlik, boshqa omillari va mexanizmni takomillashtirib borish;
3) jamiyat a’zolarini tanqidiy fikrlashga, axloqiy me’yorlarga, qonunga ixtiyoriy rioya etib yashashga o’rgatish; mahalliychilik, guruhbozlik, urug’-aymoqchilik, ayirmachilik, millatchilik kabi illatlarga qarshi kurashish;
4) fikrlar, qarashlar xilma-xilligini, diniy bag’rikenglikni, ayni paytda mafkuraviy immunitetni, millatlararo totuvlikni, barcha sohada ijtimoiy adolatni va ijtimoiy sheriklikni qaror toptirish;
5) mehnat jamoalari, turli mulk shakllari, hududlar, siyosiy partiyalar manfaatlarini muvozanatga keltiruvchi ma’naviy asos – milliy g’oyani yanada keng chuqur targ’ib etish, aholiga uning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirish;
6) ko’ppartiyaviylikni, demokratiyani, erkin OAV va fuqarolik institutlarini rivojlantirish talab etiladi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish