O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Download 0,6 Mb.
bet20/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Individualizm va jamoaviylik.
Xususiy mulk va jamiyat rivojlanishi jarayonida individualizm kuchayib, murakkablashib bordi. Bunga insonning moddiy-iqtisodiy manfaatlari qatorida boshqalardan ajralib turish, omma orasida yo’qolib kolmaslik istagi, o’z qobiliyatlarini, imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga urinishi ham ta’sir ko’rsatdi.
Individualizmning moddiy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, siyosiy, ma’naviy-axloqiy, ijodiy-intelektual ildizlari mavjud. Biz istaymizmi-yo’qmi, har bir inson o’zligini, o’z “meni”ni saqlab qolishga, himoya qilishga intiladi. SHu sababdan individualizmni to’g’ri va xolis baholash kerak. Zamonaviy jamiyatda uni to’liq inkor qilish yaramaydi. Faqat shaxs manfaatlarini va dunyoqarashi mustaqilligini, so’z va qarashlar erkinligini ortiqcha baholab yubormaslik kerak.
Tarbiyada va hayotda individualizmni jamoaviylikka, vatanparvarlikka qarama-qarshi, yoki ulardan ustun qo’yish xatodir. Individualizmni ortiqcha baholash, unga ustunlik berish muqarrar ravishda inson tarbiyasini buzadi, uni xudbin, yulg’ich, zo’ravon yoki bo’sh-bayov, irodasiz, tekinxo’r, boqimanda qilib voyaga yetkazadi. Individualizm tamoyili jamiyat qarashlarida, ma’naviyati va siyosatida ustunlik qilsa, u oqibatda egotsentrizmga, asl gumanistik qadriyatlarning deformatsiyasiga olib keladi.
Individualizmni to’liq inkor qilish ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi: inson maqsadga erishishning vositasiga aylanib qoladi. Uning yaratuvchilik intilishlariga, ijodiy izlanishlariga, ijtimoiy tashabbuslariga bepisand qaraladi. Inson mehnati va ijodi yetarlicha rag’batlantirilmaydi, jamiyat uning hatto sog’lom manfaatlari bilan hisoblashilmaydi. Ota-bobolardan kelayotgan urf-odatlarga, qoidalarga, turmush tarziga, ya’ni an’anaviylikka qat’iy amal qilinadi. Jamiyat hayotida turg’unlik boshlanadi, o’tmish qadriyatlari, an’analari, ishlab chiqarish munosabatlari, turmush tarzi konservatsiya bo’lib qolaveradi. Bu hol asrlar mobaynida davom etaverishi, o’zgarmasligi mumkin. Qadimgi sivilizatsiyalar, sharq xalqlari tarixi buni isbotlab turibdi. SHu sababdan tarbiya jarayoni inson ongida individualizm va jamoaviylikni o’zaro munozanatga keltirishga qaratilishi lozim.
Individualizmni qo’llashda, insonni rag’batlantirishda, shaxs qarashlari va xohish-istaklari bilan hisoblashishda me’yor tuyg’usiga, aniq mezonlarga tayanish ma’qul. Bunday mezon shaxs intilishlari, hoxish-istaklarining amalga oshirilishi boshqalarga, jamiyatga zarar keltirmasligidir. Albatta, shaxsning xudbin manfaatlari, jamiyat axloqiga, huquqiy me’yorlariga zid qarashlari va talablari ma’qullanishi mumkin emas. Kimningdir manfaatini boshqa bir kishining, yoki jamoaning manfaatini, huquqini poymol qilish hisobiga qondirish yaramaydi. Bunday hollarda murosa yo’li tanlansa, tomonlar o’zaro kelishsa, bir-biriga oqilona yon bossa, ayni muddao bo’ladi. Bir shaxsning manfaatlarini ikkinchi shaxs, yoki jamoa manfaatlari foydasiga qurbon qilish xatodir.
Jamoaviyikning o’zi nima? Jamoaviylik insonning ijtimoiy mavjudotligidan kelib chiqadigan muhim sifatidir. Ushbu masala buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida har tomonlama tahlil qilingan. Inson yashash, o’ziga zarur moddiy va ma’naviy mahsulotlarni ishlab chiqarish, o’zining rang-barang va muttasil o’sib boradigan ehtiyojlarini qondirish uchun boshqa o’ziga o’xshash insonlar bilan birlashishi, bir-birini qo’llab-quvvatlashi, har xil vazifalarni, ma’suliyatni bo’lib olishi, o’z xatti-harakatlarini boshqalar bilan muvofiqlashtirishi lozim. Demak, jamoaviylik insonning zaruriy sifat belgisi, ijtimoiylik voqe bo’lishining aniq ko’rinishlaridan biridir. Bir jamoaga birlashgan odamlar qanchalik ahil bo’lsalar, o’z majburiyatlari va burchlarini halol bajarsalar, o’zaro yordam yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, jamoaning ishlari shuncha olg’a ketadi, ijobiy natijalari, yutuqlari shuncha ko’payadi.
Jamoalar soniga, turmush va mehnat faoliyatiga ko’ra har xil bo’ladi. Oila ham jamoa, mahalla ham jamoa. Zavod yoki fabrikada ishlovchilar, ilmiy tekshirish yoki sog’liqni saqlash muassasalarida xizmat qiluvchilar ham jamoa. Yirik jamoalar ichida kichik, nisbatan alohidalashgan jamoalar – birigada, sex, kurs, fakultet, laboratoriya va h.k. tuzilmalar jamoasi ajralib turadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish