O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Download 0,6 Mb.
bet16/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

6 – Mavzu: Estetik tarbiya
Reja

  1. Estetik extiyojning namoyon bo’lish shakllari

  2. Estetik did xususiyatlari. Yuksak estetik did

  3. Ommaviy madaniyat va didsizlik muhiti



Estetik ongning insonning turmush, mehnat qilish, yaratuvchilik shart-sharoitiga va ehtiyojlariga bog’liqligi.
Estetik tarbiya manaviy tarbiyaningmuhim yo’nalishlari va shakllaridan biridir. U insonda go’zallikka, olamni “go’zallik qonunlari bo’yicha” qayta yaratishga intilishni tarbiyalaydi. Insonning mohiyatli belgilaridan biri – moddiy va ma’naviy ehtiyojlari yuksaladigan mavjudot ekanligidir.
Ma’naviy ehtiyojlar xilma-xil, rang-barang. Lekin ular orasida insonning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini, inson bo’lib shakllanishini belgilagan negiz – bu mehnat qilish hamda axloqiy va estetik ehtiyojlardir. Axloqiy me’yorlar – taqiqlar va undovlar – odamlarning o’zaro va tabiatga, hayotga munosabatini tartibga solgan, unga oqilonalik va maqsadga muvofiqlik baxsh etgan. Estetik ehtiyojlar – uyg’unlikka, garmoniyaga, simmetriyaga intilishga, buyumlarni qulay va bejirim qilib ishlashga urinish, tabiatga taqlidan kuy to’qish, raqsga tushish, xirgoyi, xonish qilish, surat chizish va sh.k. go’zalliklar yaratishga intilishni shakllantirgan. Mehnat, axloqiy va estetik ehtiyojalar insonda ko’ngil, qalb degan narsani tarbiyalagan. Qalb, ko’ngil hayvonlarda yo’q. U faqat insonda paydo bo’ldi.
Odamlarda atrof-muhitga, yashash va mehnat qilish sharoitiga mos go’zallik tushunchalari va me’yorlari vujudga kelgan. Ular xalqlardan xalqlarga, zamondan zamon o’zgarib borgan. Lekin go’zallik asosida umuminsoniy ba’zi bir mezonlar doimo saqlanib turgan. Bular shaklda buyumning, asarning tomonlari, qismlari mutanosibligi, simmetriyasi, uyg’unligi, mazmunda ta’sirchan obrazlar orqali ezgulik va insonparvarlik g’oyalarini ifodalash hisoblangan.
Inson ming yillar davomida tabiiy muhitga dastlab biologik (antropologik) jihatdan moslashgan. Quyosh kam, nisbatan sovuq iqlimda yashagan xalqlar ko’proq moviy ko’z, sariq soch, badan terisi oq, gavdasi nisbatan yirikroq bo’ladi. CHunki moviy ko’z, sariq soch va h.k. quyosh nurini tezroq o’tkazadi. Kam davom etadigan yoruq, issiq kunlarda bundan organizm maksimal foydalanib qoladi. Aynan ushbu sabablarga ko’ra, bunday odamlar serquyosh, issiq iqlimda tez toliqadi, badani tez kuyadi. Afrikada yashovchi qoratanlilir esa quyosh nuriga, issiqlikka ularga nisbatan ancha chidamli. Biz bularni, irqlar o’rtasidagi farqni eslatish uchun keltirayotganimiz yo’q. Gap shundaki, ushbu tabiiy farq turli irq vakillarining estetik qarashlariga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Qoratanli afrikaliklar oqtanli yevropaliklar ko’ziga unchalik go’zal, chiroyli ko’rinmaydi va aksincha. yevropaliklar shaytonni azaldan qoratanli, shoxli va dumli maxluq sifatida, afrikaliklar esa uni shoxli va dumli, ammo oqtanli, riyokor yevropalikka o’xshatishar ekan. Bu sotsiologik so’rovlarda aniqlangan. SHarqiy Osiyo xalqlarida, xususan yaponlarda ilgari yuzning yalpoq va lo’nda, ko’zning qiyiq, qovoqning bodomga o’xshashi go’zallik namunasi hisoblangan. Mongoloid xalqlar qirraburun, yuzi cho’ziq, sersoqol odamlarni xunuk va takabbur hisoblaganlar, ularga unchalik ishonmaganlar. Bugungi ma’naviy – estetik tarbiya bunday noto’g’ri qarashlarni inkor qiladi, odamlar ong ostida singib qolgan qoldiqlarni yengishga yordam berishi lozim. Anglanmagan xato ishonch, estetik arxetip odamlarda holislikni, tolerantlikni rivojlantirishga halaqit beradi.
N. G. CHernishevskiy estetikadan yozgan magistrlik dissertatsiyasida shunday misol keltiradi: zodagon dvoryan yigiti ko’zlari xumor, yonoqlari rangpar, bellari xipcha, barmoqlari ingichka va uzun, nozikkina qizni yoqtiradi. Dehqon yigiti esa bunday qizni kasalmand, ojiz hisoblaydi. Uning ko’ziga yonoqlari qip-qizil, oyoq va qo’llari to’la, jismonan kuchli qiz chiroyli ko’rinadi. CHunki dehqon yigitning bo’lajak xotini og’ir uy-ro’zg’or yumushlarini bajarishi, xo’jalikda eri qatori ishlashi, qiyinchilikka chidamli bo’lishi, undan jismonan kuchli farzandlar tug’ilishi lozim. Dehqon yigiti tasavvurida zodagon oyimqiz bunga mutlaqo yaroqsiz. Qimmatbaho kiyimiga qaramasdan, istarasi sovuq, chiroyli emas.
Keltirilgan misollardan oydinlashadiki, turli xalqlarning, turli tabaqalarining estetik tasavvurlari va qarashlarida ongli yoki ongsiz ravishda insonning mavjud tabiiy va ijtimoiy shart-sharoit talablariga mos kelishi hisobga olinadi. Ochiq havoda, doimiy harakatda yashagan ko’chmanchi-chorvador xalqlar quyosh nurlaridan yozda, qishda shamol va izg’irinlardaham ko’zini qisib yurishga majbur bo’lgan. SHu bois ularning ko’zlari kichik va qiyiq, bo’yni kalta, yuzi esa shamolga moslashib yassi va yumaloq bo’lib shakllangan. Bu belgilar genlarda mustahkamlangan, irsiy belgiga aylangan. Boshqacha ko’rinishdagi kishilar ularga ojiz, hayotga moslashmagan, kasalmand va xunuk ko’ringan. Albatta, hozirgi zamonaviy sivilizatsiya, turmush va ishlab chiqarishning tubdan o’zgarishi odamlar ongi va baholarini o’zgartirib yubordi. Ammo ba’zi unsurlar ongostida, psixologiyada saqlanib qolgan. Estetik tarbiya tarbiyaning boshqa shakllari, ayniqsa axloqiy tarbiya bilan uzviy bog’langan.
CHunki insonning go’zallik to’g’risidagi tasavvurlariga axloqiy, huquqiy va boshqa ko’plab qarashlar ta’sir ko’rsatadi. Masalan, odamlar sher, yo’lbars, qoplon, burgut, lochin, qarchig’ay kabi yirtqich hayvon va qushlarni shoqol, kalxat kabi o’laksaxo’rlarga nisbatan chiroyliroq hisoblaydi. Ular odamlar ongida kuch, mardlik, jasorat timsoliga, o’laksaxo’rlar esa nomardlik, qo’rqoqlik, tekinxo’rlik timsoliga aylangan. Odamlar axloqiy mezonlar yordamida hayvonlarga, qushlarga o’z estetik munosabatini belgilagan. Aslida o’laksaxo’rlar tabiat sanitarlari o’laroq yirtqichlarga nisbatan ko’proq foyda keltiradi.
Yirtqichlarda gavda, bashara tuzilishi ov qilishga, o’ljasini tezroq quvib yetishga, sakrab tashlanishga, tezroq bo’g’ishlashga mo’ljallangan. SHunga yarasha ba’zi yirtqichlarning, masalan, qoplonlarning oyoqlari va dumlari uzun. Ammo gavdasining anatomik proporsiyalari o’laksaxo’rnikilardan unchalik farq qilmaydi. Demak, gap bu yerda anatomik tuzilish, simmetriya, tana a’zolarining o’zaro uyg’unligi haqida ketmayapti. Tabiatda biror jonivorning gavdasi nosimmetrik, aytaylik, bir oyog’i uzun, ikkinchisi kalta bo’lsa, u yashab qololmaydi. Tabiatga moslasha olmaydigan turlar asta-sekin yo’qoladi. Formal nuqtai nazardan tabiatda go’zal yoki xunuk hayvonning o’zi yo’q. Hayvonlarga odamlarning estetik munosabati ularning uyg’unlikni, simmetriyani, mutanosiblikni formal tushunish bilan emas, aksincha hayvonot olamiga jamiyat qadriyatlaridan, birinchi galda axloqiy tuyg’ulardan kelib chiqib yondashish bilan bog’liq. Balkim, bu odamlar hayvonlarni jonli mavjudodlar sifatida o’zlariga yaqin hisoblaganlari tufaylidir. Jonsiz tabiatga nisbatan esa odamlar aynan yuqoridagi formal mezonlarni – simmetriyani, mutanosiblikni, ranglar jilosi, o’zaro uyg’unligini va sh.k.larni hisobga olib baho beradi. SHu sababdan estetik tarbiyada qarashlarning nisbiyligini, go’zallikning axloqqa zid kelmasligini, go’zallik mehnat, ijodiy izlanish va mukammallikka intilish tufayli yuzaga kelishini yoshlar ongiga yetkazish, e’tiqodiga aylantirishi lozim.
Estetik tarbiyaning pirovard maqsadi insonda go’zallikka yo’g’rilgan yaratuvchilik ehtiyojini shakllantirish, qondirish va rivojlantirish orqali ma’naviyatni yuksaltirishdir. Insonda go’zallik tuyg’usining, nozik didning o’sishi, yuksak ideallarning qaror topishi uning ma’naviy dunyosi rivojlanishiga xizmat qiladi.
Estetik tarbiya estetik tuyg’ularni tarbiyalashdan boshlanib, estetik tafakkurni o’stirishda davom etadi va estetik idealni shakllantirishda dastlabki yakuniga yetadi. Inson ehtiyojlari, talablari doimiy o’sgani sababli, uning ideallari ham o’sadi, o’zgaradi. SHu sabab estetik tarbiya, ma’naviy tarbiyaning boshqa shakllari kabi, uzluksiz rivojlanadi. Estetik ong, axloqiy ong kabi, tuyg’ulardan, tabiiyki, bu safar estetik tuyg’ulardan boshlanadi. Har bir insonda go’zalikni his qilish, undan zavqlanish, oddiy til bilan aytganda, “maza qilish” tuyg’usi bor. “Mana bu narsa bejirimgina, chiroylikkina, nozikkina ekan” yoki “mana bunisi uncha o’xshamabdi”, “sal dag’al chiqibdi” va shu kabi so’zlar va iboralarni ko’p eshitamiz. Odamlarga nisbatan ham, biror hodisa, voqealarga nisbatan ham shunga o’xshash baholar tez-tez quloqqa chalinadi. Xushqomat,xushruy, suluv, barno, istarasi issiqqina yoki ularning aksi – yoqimsiz, rangi sovuq, va h.k., “mana bu spektaklni maza qilib ko’rdim”, yoki “spektakl juda zerikarli ekan” kabi iboralar insonning ko’rgan, eshitgan, tomosha qilgan narsalariga hamda muloqotda bo’lgan boshqa kishiga nisbatan bevosita estetik munosabatini, aniqrog’i estetik ob’ekt tug’dirgan tuyg’uni ifodalaydi. Insonga muayyan ob’ekt yo yoqadi, yo unchalik yoqmaydi, yoki unda keskin salbiy his-hayajon o’yg’otadi. Aksincha, insonning ko’ziga chiroyli, yaxshi ko’rinadigan narsa uning ijobiy his-hayajoniga sabab bo’ladi. Ba’zan ular ancha uzoq davom etib, estetik kechinmalarga, zavq-shavqqa aylanadi.zavq – shavq insonda maqsadli estetik intilishni, estetik g’arazini vujudga keltiradi. Bunday maqsadli intilish, tanlash, “yoqtirish” estetik did deyiladi.
Did ko’proq individual xususiyatga ega. O’z asosida ancha sobit, barqaror. Ammo ma’naviy muhit ta’sirida rivojlanishga, noziklashishga, teranlashishga va, aksincha, ba’zan dag’allashishga, sayozlashishga, qashshoqlashishga moyil. Ma’naviy muhit jamiyatda, katta ijtimoiy doirada qaror topgan ma’naviy talablar, qoidalar, me’yorlar, ideallar bilan tugamaydi. U individning “kichik davrasi”- yaqin ulfatlari, guruhi – submuhitda davom etadi. YAqin ulfatlar davrasi – submuhit “katta” muhitning barcha talablariga birdek rioya qilib o’tirmaydi. Ba’zan behayo, noaxloqiy, pornografik mahsulotlar va suhbatlarga o’rin berishi mumkin. Balog’atga yetayotgan, fiziologik “qiziqishlari” uyg’onayotgan o’smir bunday davraga tushib qolsa, unda nosog’lom estetik did, zo’ravonlikni, buzuqlik, fahsh, behayolikni tarrannum etuvchi, undan zavqlantiruvchi (ularni estetiklashtiruvchi) tuban, pornosan’atga moyillik shakllanishi mumkin. SHu sababdan bolalar, o’smirlar nima o’qiyotganini, qanday video - va telefilmlarni ko’rayotgani, o’smirning “kichik davrasi” qiziqishlari, suhbati mavzularidan ota-onalar, ta’lim muassasalari umumiy ravishda xabardor bo’lgani ma’qul. Lekin bolalarning haq-huquqlari cheklanmasligi, buzilmasligi, ular ustidan noqonuniy mafkuraviy nazorat o’rnatilmasligi shart. Juda nozik yo’l topilishi, o’smirlarga nisbatan axloqiy bosim, dag’allik, biryoqlama pandu nasihat usuli emas, balki o’zaro ishonchga asoslangan “tenghuquqli” suhbat o’tkazish maqsadga muvofiq. Albatta, o’smirning qizishlaridan, har bir qadamidan xabardor bo’lish ilojsiz. SHu sababdan estetik tarbiya, birinchidan, axloqiy va ma’naviy tarbiyaning boshqa shakllari bilan uzviy bog’liqlikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Ikkinchidan, bolada yuksak estetik didni tarbiyalash lozimligini unutmaslik kerak. YUksak estetik did adabiyotga, san’atga, dizaynga, kiyinish urfiga, hayot va tabiat go’zalliklariga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish, go’zallikni his eta olishdir. Ushbu ma’noda estetik did mafkuraviy immunitetning ajralmas qismidir. Didi yaxshi rivojlangan inson yaltiroq, sayoz va soxta go’zallikka uchmaydi, xunuklikning barcha ko’rinishlarini inkor etadi. Estetik didi rivojlangan shaxs yalang’och inson tavirlangan skulptura yoki moybo’yoq suratda shahvoniylikni emas, balki uyg’unlik, go’zallikni ko’radi, va u qay darajada mahorat va ta’sirchan tasvirlanganini baholaydi.
Buzg’unchi g’oyalar faqat siyosiy mafkuraga daxldor g’oyalardangina iborat emas, ular adabiyot, TV, kino, san’at, og’zaki latifalar, moda va h.k. orqali “estetik” asarlar, buyumlar tarqaladigan soxta, ahamiyati past, hatto aksilaxloqiy, aksilinsoniy g’oyalardan ham iboratligini nazarda tutsak, did tarbiyasining mafkuraviy immunitetning muhim qismi estetik immunitetni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etishini anglaymiz.
Estetik tafakkurni va idealni tarbiyalash yoshlarga birinchi galda estetik tushunchalar, g’oyalar, kategoriyalar, qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar to’g’risida holis ilmiy bilim berish, turli qarashlarning, talqinlarning kuchli va zaif tomonlaridan ularni xabardor etishdir. Go’zallikni qabul qilish va baholashda erkin, tanqidiy va konstruktiv fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, ularda har qanday nohayotiy, o’lik andozalarga, tashqi joziba va go’zallikka uchmaslikni, guzallikni mazmundan, g’oyadan, mohiyatdan izlashni o’rgatish estetik tarbiyaning asosiy vazifasidir. Lekin bu oson hal qilinadigan vazifa emas. Avvalo bu masala gnoseologik – metodologik jihatdan murakkab. Zero, estetik kategoriyalarda ob’ektivlik va sub’ektivlik uzviylashib, birlashib ketgan. Ularni bir biridan ajratish qiyin. Ma’naviyat unsuri o’laroq badiiy asarlar, hodisalar, ularni mujassam aks ettiruvchi estetik kategoriyalar muayyan tarixiy davr dunyoqarashi bilan, muayyan shaxs yoki millat (jamiyat) manfaatlari, maqsadlari va ijtimoiy mo’ljallarini to’g’ri yoki noto’g’ri (xato) anglash bilan bog’liq.
Estetik tarbiya insonga haqiqiy go’zallikning mohiyati, mazmuni to’g’risida xolis va ijobiy, musbat bilimlar berib, go’zallikka intilish ehtiyojini o’stirmog’i, haqiqiy go’zallikni insonning idealiga aylantirmog’i lozim. Buyuk rus yozuvchisi F.M.Dostoyevskiy bejiz “go’zallik dunyoni xalos etadi (qutqaradi)” demagan. Biz ezgulik va insonparvarlikni, haqiqat va adolatni, erkinlik va yaratuvchilikni o’ziga amal qilib olgan komil insonni tarbiyalamoqchi ekanmiz, unga asl go’zallik nimaligini anglatishimiz, uning e’tiqodining uzviy unsuriga aylantirmog’imiz lozim.
SHu sababdan estetik tarbiyaning maqsad va vazifalaridan biri insonda go’zallikka oshuftalikni shakllantirish, xunuklikni rad etishni, ongli ravishda unga qarshi turishni tarbiyalashdir. Xunuklikka murosasizlik uni ongli inkor qilish esa mafkuraviy immunitet yuzaga chiqishining belgilaridan biridir.
SHaklda xunuklik simmetriya va uyg’unlik, mutanosiblik va me’yor buzilishida namoyon bo’ladi. Ayniqsa san’at asari uchun shakl va mazmunning o’zaro muvofiq kelishi muhim. SHakli beo’xshov, hatto birozgina me’yori, unsurlar nisbati buzilgan, kompozitsion tuzilmasi unchalik mohirona yaratilmagan asarni uning ilg’or g’oyasi qutqara olmaydi. Xalq bunday asarlarni yuksak badiiyat na’munasi sifatida emas, balki targ’ibot-tashviqot adabiyoti sifatida qabul qiladi, mutaxassislar esa unga aynan shunday baho beradi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish