O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Mehnatning ijtimoiy me’yorlar va munosabatlar rivojiga ta’siri



Download 0,6 Mb.
bet12/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Mehnatning ijtimoiy me’yorlar va munosabatlar rivojiga ta’siri.
Mehnat rivojlanishi, ishlab chiqarish taqsimoti va ixtisoslashuvi jarayonida turli kasblar vujudga keldi. YUqorida aytilganidek, bu turli kasb egalari o’rtasidagi munosabatlarni, mahsulot almashuvini tartibga soluvchi axloqiy, huquqiy, iqtisodiy me’yorlar qatorida kasb etikasini vujudga keltirdi. Natijada ijtimoiy munosabatlar va qadriyatlar tizimi boyib, takomillashdi. Mehnat jamiyatni axloqiylik, o’z muhitini va tabiatini go’zallik asosida qayta yaratish omiliga aylandi.
Aksariyat qadriyatlar negizida mehnat yotadi. Ezgulik, adolat, vijdon, halollik, insonparvarlik, go’zallik kabi ma’naviyatning tamal toshini tashkil etuvchi qadriyatlardan birortasi mehnat jarayonidan, odamlarning o’zaro munosabatlar o’rnatib, bir – birini qo’llab quvvatlab, birgalikda mehnat qilishidan tashqarida vujudga kelmagan. Gedonizm va evdemonizm insonning yashashdan maqsadi, deb bilgan baxt va huzur-halovat (lazzat)ga ham mehnat tufayli erishiladi. “Baxt havoda esmaydi, mehnatdan keladi”. Rudakiyning ushbu so’zlari katta bir haqiqatni ifodalaydi.
Mehnatning inson kamolotiga ta’siri ijtimoiy shart-sharoitga bevosita bog’liq. Agar mehnatning o’zi erkin bo’lsa, ya’ni mehnat qiluvchi inson birovga ijtimoiy jihatdan qaram bo’lmasdan, o’z mehnati natijalari (yaratgan mahsulotlari)ga egalik qilsa, mehnatning inson kamolotiga ta’siri kuchayadi. Agar inson birovga qaram bo’lib qolsa, o’zi yaratgan mahsulotlarga egalik qilolmaydi, undan begonalashadi. Begonalashish inson qadr-qimmatini pastga urib, ma’naviyatini izdan chiqaradi, shaxsini yemiradi. Bunday sharoitda axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ziddiyatlar paydo bo’ladi. Ular oqilona yechib borilmasa, turli salbiy oqibatlarga olib keladi. Homo homini lupus est – odam odamga bo’ridir – degan naql quldorlik va zo’ravonlik (jinoyatchilik) avj olgan Qadimgi Rimda paydo bo’lgan. Alohida fuqarolar, odamlar o’rtasidagi ziddiyatlardan tashqari turli sinflar o’rtasidagi ziddiyatlar jamiyatni larzaga solib turgan, turli qo’zg’alonlarga sabab bo’lgan. YUqorida zikr etilgan Qadimgi Rimda Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’olonini, dunyoning boshqa mamlakatlarida qadimda va o’rta asrlarda sodir bo’lgan ko’plab qo’zg’olonlarni, yangi davrdagi revolyutsiyalarni eslash mumkin. Ularning bosh sababi – begonalashuv, ashaddiy ekspluatatsiya, ya’ni mehnatning erkin emasligidir. Qul yasagan buyum, yetishtirgan hosil quldorniki. Qul o’z mehnat natijalaridan to’liq begonalashtirilgan. Ijtimoiy qaramlikning va begonalashishning quldorlikdan tashqari boshqa shakllari ham bor. Feodalizm, kapitalizm jamiyatlarida, keyingi davrlarda, hozirgi postindustrial jamiyatda ham xususiy mulkchilik sharoitida mehnat natijasidan begonalashish u yoki bu darajasida saqlab qolingan. Insonning o’ziga o’xshagan inson yoki davlat tomonidan ekspluatatsiya qilinishi ijtimoiy qaramlikning, mehnat erkin emasligining oqibatidir.
Kapitalizm va sotsializm sharoitida inson yuridik jihatdan erkin, hech kimga qaram emas, qonun oldida formal jihatdan hamma teng. Ammo ko’pchilik odamlarda erkin yashash uchun iqtisodiy manba yo’q. Ular xususiy yoki davlat korxonasida ishlashga majbur. Uning malakasi, intellektual va jismoniy kuchi, mehnati tovarga aylangan. Bu tovarga u haq oladi. Mehnatga adolatli yoki adolatsiz haq to’lanishi inson va jamiyat ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Qayd etish lozimki, mehnatga adolatli haq to’lash, ekspluatatsiyaga barham berish, insonni va mehnatni qaramlikdan ozod qilish uchun jamiyatning o’zi erkin va adolatli bo’lishi lozim. Buni o’tmish mutafakkirlari chuqur anglaganlar. Mehnat erkinligi va erkin jamiyat, mehnatga haq to’lashning adolatliligi va adolatli jamiyat dialektik birlikni tashkil etadi. Erkin mehnat ijtimoiy me’yorlar va munosabatlar adolatli bo’lishiga zamin yaratadi, o’zi ijodkorlik asosida rivojlanib, ijtimoiy taraqqiyotga ham yo’l ochadi. Adolatli ijtimoiy me’yorlar va munosabatlar mehnat erkinligiga, ijodiy ri vojlanishiga, mehnat bozorida sog’lom raqobat o’rnatilishiga shart – sharoit yaratadi. Mahalliychilik, korrupsiya, tanish – bilishchilik mehnat bozoridagi sog’lom raqobatga putur yetkazadi, mehnat tarbiyasini izdan chiqaradi. CHunki tirishqoqlik bilan o’qib – o’rganishdan, malakasini oshirib borishdan foyda yo’q, tepanga pora bergan yoki tanishi bo’lgan o’rtamiyona kishini boshliq qilib qo’yaveradilar. Erkinlik va adolatning mezonlari nimalardandir iborat, unga qanday erishiladi, degan savolga o’tmish mutafakkirlari turlicha javob berganlar. Adolatli jamiyat to’g’risida batafsil fikrlarni biz antik davr faylasuflari, xususan Aflotun asarlaridayoq uchratamiz. Buddaviylik, xristian, islom dinlarida ijtimoiy adolat va tenglik masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Tomas Mor, Juzeppe Kampanella kabi mutafakkirlar adolatli jamiyat (davlat)ning utopik modellarini yaratganlar. Ulardan avval antik an’analarni rivojlantirib buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy o’zining mashhur “Fozil shahar kishilari” asarini yozgan. Ijtimoiy qaramlikni yo’q qilish, odamlarning tengligini ta’minlash g’oyasi yevropa ma’rifatparvarlari, sotsialist-utopistlari qarashlarining hamda turli sotsialistik ta’limotlar (Lui Blan, P.J. Prudon va boshqa anarxistlar, K. Marks, F.Engels, sotsial-demokratlar)ning mazmunini tashkil etgan. Ular qarashlarini umumlashtirib, bir jumlada ifodalasa, quyidagi xulosa kelib chiqadi: faqat erkin mehnat adolat va tenglikni ta’minlaydi, inson kamoloti uchun keng yo’l ochadi.
Lekin ijtimoiy adolatga va odamlarning tengligiga, mehnatning erkinligiga erishish yo’llarini ular turlicha talqin qilganlar. Ma’rifatparvarlar tabaqaviy imtiyozlarini bekor qilib, qonun oldida jamiyatning barcha a’zolari tengligini ta’minlash ozodlikka, tenglik va birodarlikka olib keladi, deb hisoblaganlar. Tarix ma’rifatparvarlar g’oyalari amalga oshganda ham haqiqiy adolat va tenglik qaror topmasligini, odamlar o’rtasida birodarlik emas, balki ashaddiy raqobat yuzaga kelishini ko’rsatdi. G’arb mamlakatlarida tabaqaviy imtiyozlar allaqachon bekor qilingan, odamlarning qonun oldida tengligi, jamiyatda qonun ustuvorligi asosan joriy etilgan. Bular jamiyat iqtisodiyot yuksalishiga va demokratiya rivojlanishiga ancha yordam bersa-da, ijtimoiy adolat va erkinlik muammolarini to’la hal qila olmadi. Insonning ishlab chiqarish konveyeri, yuksak texnologik mexanizmlarning bir qismiga aylanib qolish xavfini tug’dirdi. Barcha ko’rinishlardagi sotsialistik ta’limotlar esa nohayotiy, utopik bo’lib chiqdi. Hatto revolyutsion zo’rovonlik bilan katta qon to’kishlar, mislsiz qurbonlar va qiyinchiliklar evaziga SSSRda va ayrim davlatlarda qurilgan sotsialistik jamiyat oqibatda nohayotiyligini ko’rsatdi, ijtimoiy adolat va inson erkinligini ta’minlay olmasdan, yemirildi. Dastlab hali sotsializm kamchiliklari yuzaga chiqmagan paytda uning mehnatga g’oyaviy rag’bati juda yuqori edi. Odamlar o’zimiz uchun, o’z davlatimiz va kelajagimiz uchun ishlayapmiz, deb qattiq ishonar edi. Staxanovchilar harakati, sotsializmning buyuk qarashlaridagi mehnat jasorati o’ylab topilgan gaplar emas. Ular haqiqatan bor edi. Lekin o’z mehnati natijasidan begonalashishi, taqsimotdagi tekischilik, ashaddiy davlat ekspluatatsiyasi asta – sekin odamlarning mehnatga munosabatini izdan chiqardi. Sohtalik, texnologiyalarga amal qilmasdan sifatsiz maxsulot ishlab chiqarish, ko’plab yozishlar, texnologiyalarni yangilashga intilmaslik va boshqa illatlarni tug’dirdi. Mehnat tarbiyasining izdan chiqishi butun ma’naviyatga, butun tarbiya tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Sotsialistik g’oyalarda ifoda topgan shior, maqsadlar ko’p hollarda mag’zi puch, sog’lom nihol bermaydigan donakka o’xshar edi. Tan olish lozimki, sotsialistik ta’limotlarda, ayniqsa marksizmda xatoliklar bilan bir qatorda ba’zi bir haqiqiy insonparvar chuqur g’oyalar bor. Bu g’oyalar o’z davridagi jamiyat tanqid qilinganda, uning kamchiliklari va illatlari sabablari fosh etilganda, muxoliflar bilan bahs yuritilganda bildirilgan. Masalan, Marks ijtimoiy begonalashish va kapitalistik ekpluatatsiyaning o’zaro bog’liqligini, bu hodisalar mohiyatini juda teran aniqlagan. Ammo ishlab chiqarish vositalarini umumiylashtirish, ularga nisbatan turli jamoaviy (kollektiv) va davlat (munitsipial va sh.k.) shakllarini joriy qilish, begonalashishni va eksplutatsiyani bartaraf etadi deb hisoblagan. Lekin mulkni umumlashtirishda, va boshqaruvni demokratlashtirishda, sotsialistik mulkchilikdan foydalanishda, jamiyatni rejali rivojlantirishda jamiyat va davlat rolini to’g’ri aniqlay olmagan. Prudon, Bakunin, Blan va har xil sotsialistlar ta’limotlari ham Marksni qanoatlantirmagan. Ular bilan qizg’in bahs, g’oyaviy kurash olib borgan. Marks jamiyat qanday bo’lmasligi kerakligini chuqur anglagan holda, qanday bo’lishi lozimligiga javob topolmagan, ba’zi chalkash va xato farazlar qilgan. Uning izdoshlari (Lenin, Stalin va boshqalar) mulkni davlatlashtirish, jamiyat hayotini to’liq davlat tomonidan nazorat qilishni yoqlagan va amalga oshirgan. Bu begonalashishni va ekspluatatsiyani bartaraf etadi deb hisoblangan. Ammo amalda bunday bo’lib chiqmadi: mulkni va boshqaruvni to’liq davlatlashtirish mehnatkashlarni nafaqat ulardan begonalashtirdi, shuningdek burjuaziya tomonidan ekpluatatsiya qilinishini davlat ekpluatatsiyasi bilan almashtirdi. Davlat mujassamlashgan ekpluatatorga aylandi. Inson va mehnat davlatga qaramligicha qoldi.
Davlatlashtirish haqiqiy erkinlikka olib kelmasligi to’g’risida ayrim nazariyachilar avvaldan ogohlantirgan edi. Anarxistik ta’limot asoschisi P.J.Prudon shular jumlasidandir. Undan bir necha iqtibos keltiramiz: “davlatning rolini cheklash – bu ozodlik uchun hayot, yo mamot ishidir, jamoa ozodligi uchun ham, individ ozodlik uchun ham...” Davlat korxonalarida “mehnat reglamentlashtiriladi va davlat kapitalizmi siyosati yordamida uzil-kesil qaramga aylantiriladi... Biz faqat zanjirlarimizni almashtiramiz, sotsial g’oya bir odim ham olg’a siljimaydi: biz hozirgidek zolim kuchning changaliga tushib qolamiz, iqtisodiy fatalizmni aytmasa ham bo’ladi”.14 Prudon bashorati Stalin davridagi SSSRdagi ahvolga qo’yib qo’yganidek mos keladi.
Lenin va Stalin proletariat diktaturasi har qanday burjua demokratiyasidan ustun, chunki xalqning, ommaning ekspluatator ozchilik (burjuaziya) ustidan hukumronligidir, ya’ni haqiqiy xalq hokimichtidir, deb uqtirganlar. Prudon XIX asrning o’rtalarida, hali Lenin va Stalin tug’ilmasdan avval quyidagilarni aytib ketgan:...”yoppa demokratiya go’yoki omma diktaturasiga tayanadiganday tuyuladi, ammo unda umumiy qullikni ta’minlash uchun zarur eski absolyutizmdan meros qolgan tamoyillarga asoslangan quyidagi tamoyillardan tashkil topgan hokimiyatdan ortiq hokimiyatga omma ega bo’lolmaydi: davlat hokimiyatining bo’linmasligi, hamma sohani qamraydigan markazlashtirish, har qanday individual, korporativ va hududiy fikrni (buzg’unchi hisoblab) yo’q qilish, inkvizitorcha politsiya”15. SSSRdagi davlat tuzumi aynan Prudon bashoratiga mos kelgan edi. Prudondan keyin yashagan P.Kropotkin, shveysariyalik YA.Burkxardlar bashorati yanada hayratliroqdir.
Anaxaristlar ta’limoti biryoqlama va utopik edi. Ular jamiyat taraqiyotida davlat rolini juda past baholar, ba’zan to’liq inkor qilar, uni faqat zo’ravonlik mashinasi deb bilardi. Iqtisodda ular kollektiv mulkchilikka yoki mayda mulkchilikka (hunarmandchilikka) asoslangan jamiyat tarafdori edi. Tarixiy rivojlanish ko’rsatdiki, davlat yoki yirik korxonalar buyurtmasisiz va investitsiyalarisiz texnologiyalar past darajada qolib ketadi, yetarlicha rivojlanmaydi. Davlat texnologik taraqqiyot talablarini hisobga olib umumiy va maxsus ta’limni yo’lga qo’yadi, mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Davlat iqtisodiyotni, pul-kredit masalalarini tartibga soluvchi qonunlar qabul qiladi va tegishli siyosat yuritadi. Bularni anarxistlar yaxshi tushunmagan, ular davlat tuzilmasida faqat sinfiy ekspluatatsiyaga xizmat qiluvchi zo’ravonlik mashinasini ko’rgan, xolos.
Kollektiv mulkchilikni barcha sohaga, jumladan sanoatga joriy qilib, bozor munosabatlarini rivojlantirishga urinish hatto davlat institutini to’la saqlab qolgan sobiq YUgoslaviyada iqtisodiy samara bermadi. SHu bilan bir qatorda anarxistik qarashlarda ba’zi bir ratsional unsurlar bor edi. Faqat shuni qo’shimcha qilish joizki, Lenin so’ngi kunlarini yashayotgan Kropotkin bilan 1921 yil boshlarida subhatlashgandan keyin nep (yangi iqtisodiy siyosat)ni joriy qilgan, “sotsializm to’g’risidagi ilgari qarashlarimizni tubdan qayta ko’rib chiqish lozim”, “sotsializm – sivilizatsiyalashgan kooperatorlar jamiyatidir” deya e’lon qilgan edi. Oradan ko’p o’tmay Leninning o’zi ham to’shakka yotib qoladi. Uning sotsializm to’g’risidagi so’nggi fikrlarini Stalin va boshqa safdoshlari inobatga olmadi...
Mehnatni erkin mehnatga, inson rivojlanishining yanada kuchli omiliga aylantirish masalasi butun XX asr davomida olimlarni o’ylantirib keldi. Bu borada bildirilgan barcha fikrlar, olg’a surilgan g’oyalarni tahlil etishning imkoni yo’q. Ularni umumlashtirib aytadigan bo’lsak, inson o’z mehnati natijalaridan begonalashtirilmasligi, ish beruvchi va ishga yollovchi o’rtasida ijtimoiy sheriklik o’rnatilishi, halol va sifatli mehnat munosib taqdirlanishi lozim.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish