O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Postmodern jamiyatda ma’naviy tarbiya muammolari



Download 0,6 Mb.
bet8/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Postmodern jamiyatda ma’naviy tarbiya muammolari. Dostoyevskiy va Nitsshe davridan buyon g’arb jamiyati sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarildi. Postindustrial jamiyat qaror topdi. U ko’plab yangi ziddiyatlarni yuzaga keltirdi. Uning bugungi holatini postmodern jamiyat deb atash qabul qilingan. Postmodern jamiyatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishda yuksak texnologiyalar qo’llaniladi, axborot texnologiyalari nafaqat ommaviy kommunikatsiya sohasiga, shuningdek jamiyat hayotining barcha sohalariga, hatto ishlab chiqarishga ham kirib keladi, softver (elektron aloqa xizmatlari) sohasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning uzviy tarmog’iga aylanadi, jahon taraqqiyotida globallashuv tendensiyasi vujudga keladi, ommaviy madaniyat keng tarqalgan ijtimoiy hodisa sifatida inson ongini, tafakkuri, xulq-atvori va jamiyat mentalitetini o’zgartira boshladi.
Postmodern jamiyatda ilmiy-texnika taraqqiyoti, axborot-aloqa texnologiyalari, axborot xuruji va tahdidi insonni juda og’ir ahvolga olib kelishi mumkinligi ayonlashmoqda. “Biz odamlarga o’xshab ishlaydigan mashinalar barpo etamiz va mashinaga o’xshab harakat qiladigan odamlarni yaratamiz. O’n to’qqizinchi asrda qul bo’lib qolish xavfi mavjud edi, yigirmanchi asrda bu xavf yo’qoldi, lekin boshqa xatar – robotlarga aylanib qolish xavfi tug’ildi,” 11- deb yozgan edi E. Fromm yarim muqaddam. XXI asrda keyingi xavf yanada kuchaydi. Inson endi faqat robotga emas, kompyuter va global aloqa tizimining, tarmog’ining bo’lakchasiga, murvatiga va bandisiga, ya’ni quliga aylanib qolish xavfini sezmoqda. O’rgimchak to’ri hashoratni o’z o’ljasiga aylantirib halok etayotganidek, butunjahon to’ri – Internet insonni o’ljaga aylantirmoqda, uning tabiatini o’zgartirmoqda.
G’arb ma’naviy inqirozining asl va chuqur sabablari jamiyatning sekulyarizatsiyalashuvidami degan savolga aniq javob berish qiyin. Sekulyarizatsiyaning ma’lum ta’siri borligi shubhasiz. Ammo, nazarimizda, asosiy sabab ko’zdan ancha yashirin. Birinchidan, sabab turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, sinfiy, millatlararo va xalqaro munosabatlarga ta’sir ko’rsatadigan omillarning murakkab majmuidan iborat. G’arb industrial jamiyatida insonning o’z mehnati natijasidan begonalashtirilgani, ashaddiy ekspluatatsiya qilingani va xo’rlangani natijasida sinfiy kurash, inqiloblar va urushlar yuz berdi. Industrial jamiyat oyoqqa turayotgan dastlabki bir – bir yarim asr mobaynida mehnat muhofazasi yo’lga qo’yilmagan, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar ko’p bo’lgan. Ishchilar bo’lar bo’lmas bahonalar bilan jarimaga tortilgan, norozilar maoshidan, ish joyidan ajralgan. SHu sababdan sinfiy qarama – qarshilik qaror topib tez-tez ish tashlashlarga, stachkalarga, qo’zg’alon va inqiloblarga olib kelgan. Ishlab chiqargan mahsulotidan to’liq begonalashtirilgan proletariy an’anaviy qadriyatlarga – ezgulik, adolat, halollik, sadoqat, mehr-oqibat, haq va haqiqatga ishonmay qo’ygan. Mulkdan, mehnat natijasidan begonalashtirilish ma’naviy begonalashish uchun zamin yaratgan.Ikkinchidan, XX asrda fashistik va bolshevistik qatag’onlar, jahon urushlari, ularning asoratlari, uchinchidan, postindustrial jamiyatda begonalashuvning eski shakllari biroz bartaraf etilsa-da, yangi shakllari paydo bo’lishi, global muammolar, ayniqsa, yadro urushi xavfi, demografik portlash, ekologik inqiroz va boshqa ko’plab tahdidlar inson ongiga, tafakkuriga, ijtimoiy ideallariga salbiy, yemiruvchi ta’sir ko’rsatdi. Taxminiy hisoblarga ko’ra, faqat ikki marta sodir bo’lgan jahon urushlarida 65 milliondan ortiq kishi halok bo’lgan. Urush payti va urushdan keyingi vayronagarchilik, mayib – majruh kishilar, invalitlar muammoalari, ishsizlik, ochlik, qashshoqlik, kun ko’rish uchun ba’zi kishilarning o’g’irlik, talonchilik, qotillik, qalloblik qilishga yoki ayollarning fohishalik bilan shug’ullanishga majbur bo’lgani, giyohvandlik va ichkilikbozlik o’sgani va sh.k.lar g’arb ma’naviyatini izdan chiqardi. An’anaviy qadriyatlar tizimi o’zgara boshladi. Bunga yana ashaddiy, shafqatsiz raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti keskin individualizmni oziqlantirib turganini qo’shimcha qilish kerak.
G’arb odami instinktiv tarzda hayot lazzatlaridan tatib qolay, ertaga hamma narsadan judo bo’lib qolishim mumkin qabilida o’zini tutgan. CHunki ko’chada yoki ishda baxtsiz hodisaga uchrash, nogiron bo’lib qolish, talonchilar, zo’ravonlar qo’liga tushish, ishsiz qolish xavfini doimo his qilgan. Bu balolardan birortasiga uchrasang, barcha narsadan judo bo’lasan.
Postindustrial, postmodern jamiyatlarida mulkdan begonalashish ma’lum darajada bartaraf etilib, o’rta sinf salmog’i keskin o’sgan bo’lsada, ma’naviy hayotdagi aksariyat salbiy tendensiyalar saqlanib qoldi, ular yoniga yangilari qo’shildi. Masalan, bir tabaqaga, hatto bir oilaga mansub odamlarning bir biridan begonalashuvi va raqobati kuchaydi. Dam olish, ko’ngil ochish vositasiga aylangan mahsulotlarga ehtiyoj tez ortdi. Ularni ishlab chiqaruvchilar katta foyda oldilar. Madaniyat mahsulotlari tovarga aylandi. Ijtimoiy shart – sharoit va xavf – xatarning salbiy ta’siri sekulyarizatsiya ta’siridan kuchliroq bo’lib chiqdi. CHunki sekulyarizatsiya alohida insonning dindor bo’lishiga, cherkovga qatnashiga monelik qilmaydi. Faqat jamiyat hayotiga cherkov va dinni aralashtirmaydi. Ibodatni, e’tiqodni har kishining xususiy ishi deb hisoblaydi.
O’sha davrning taniqli mutafakkiri Erix Fromm XIX asrning asosiy muammosi “Xudo o’ldi” edi, XX asrning asosiy muammosi “Inson o’ldi” deyishga jazm etdi. Albatta, Fromm so’zlarini mumtoz ma’naviy qadriyatlarga ya’ni ezgulikka, insonparvarlikka, go’zalikka, adolatga, erkinlikka sodiq inson qolmayotir, endi ko’pchilik o’z xudbin manfaatlarini hamma narsadan ustun qo’ymoqda, degan nadomat mazmunida tushunmoq kerak. Inson muammosi postmodern jamiyatda yanada keskinlashdi. CHunki ba’zi bir mumtoz qadriyatlar deformatsiyaga uchrab, ular o’rnini ayrim hollarda soxta qadriyatlar egallamoqda. Bular inson dunyoqarashiga, qadriyatlar tizimiga, umuman ma’naviy tarbiyasiga juda ziddiyatli, bir tomondan, ijobiy, ikkinchi tomondan - o’ta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ko’p hollarda mazkur qarama-qarshi ta’sirlarni bir-biridan ajratib olish qiyin.
Jamiyatda turli-tuman axborotlar oqimi shunchalik kuchayib, ko’payib ketdiki, mazkur hodisa mutaxasislar tomonidan “axborot portlashi”, deya baholanmoqda. Tabiiyki, portlash oqibatlari doim ijobiy bo’lavermaydi, u larzalarga, o’pirilish va vayronalarga ham olib keladi. Axborot portlashi har xil ziddiyatli g’oyalarning inson ongiga yoprilib kelishiga sabab bo’ldi. Oddiy inson ularning mag’zini chaqib olishga ulgurmayotir, ba’zan bunga uning bilimi, aqli, tajribasi yetmayotir. Natijada tanlab tizimlashtirilgan axborot xuruji va turli PR (piar)-kampaniyalar orqali omma ongi boshqarilmoqda.
Ommaviy jamiyat va uning immanenti hisoblanmish ommaviy madaniyat, gumanizm g’oyasini noto’g’ri talqin qilib, pragmatik vulgar antropotsentrizm bilan amalda almashtirish, inson huquqlarini uning axloqiy mas’ulligidan, ma’naviyatidan ajratgan holda jamiyat hayotining, ijtimoiy munosabatlarning asosiy mezoniga aylantirish g’arb ma’naviyatining inqirozigagina emas, hatto g’arb kishisi insoniy tabiati o’zgarishiga sabab bo’layotir.
Mumtoz inson yer yuzidan yo’qolib ketayotganga o’xshaydi, ongi sifat jihatdan o’zgargan yangi sub’ekt esa vokelikni modellashtirishda, uni o’z aql zakovati va ruhiyati yordamida yaratishda qatnashmayotir, - deydi M.Fuko. CHunki u andozalar yordamida fikrlashga, masala yechimi variantlaridan birini tanlashga o’rganib qolgan. Masalani tahlil qilishga, ijodiy izlanishga, nostandart fikr yuritishga, qiyinchilikni yengish yo’lini topishga o’rgatilmagan. U o’z qarori va xatti – harakati uchun hech qanday javobgarlik sezmaydi. CHunki kompyuterning vertual olamida, yoki elektron o’yinda tugmachani noto’g’ri bosib qo’ysa, hech qanday yomon oqibat yuz bermaydi. U o’yinini qayta tiklab, to to’g’ri javob topilmaguncha tugmachani bosaverishi mumkin. U tobora real va vertual muammolarning farqiga bormay qolayotir. SHu sababdan insonni o’rab turgan dunyo uning uchun hal qilib bo’lmaydigan “muammolar yig’indisi”dir, qo’shimcha qiladi J Derrida. J.F. Liotar fikricha, inson borliqning ontologik asoslaridan mahrum, u o’z-o’zini va atrof muhitini legitimlashtirishning inqirozini boshdan kechirmoqda. J. Bodriyar “bizning obrazlar va belgilar tizmimizda”buyuk gumanistik mezonlar “o’chirilgan” bo’lib chiqmoqda, deya xulosa qiladi. Ushbu munosabat bilan g’arb ommaviy madaniyati “bir o’lchovli insonni” shakllantirishi to’g’risidagi G. Markuze so’zlarini, “ommaviy” insonni standartlashtirish va konformlashtirish to’g’risidagi CH. Mills, “odam-lokator” to’g’risidagi D. Rismen va, nihoyat, Frommning bir bor “inson o’ldi” degan so’zlarini eslang! Bunga yana J. Oruell, O. Xaksli, R. Bredbern, R. SHekli kabi yozuvchilarning antiutopiya janrida yozilgan badiiy asarlarida tasvirlangan odamlar obrazlarni qo’shimcha qilish mumkin. Ko’rinib turibdiki, g’arb olimlari, yozuvchilari tashvish bilan zamonaviy inson mumtoz tushunchadagi insondan ba’zi bir salbiy ma’nodagi kamchiliklari, ma’naviy-madaniy qadriyatlari sayozligi va zaifligi bilan farq qilishini qayd etmoqda.
Virtual voqelik, simulyakrlar dunyosi, kompyuterdagi ularning ko’pvariantligi ushbu olam bilan bog’lanib qolgan kishining an’anaviy qarashlarini, qadriyatlar tizimini, qabul qiladigan qarorlari, xulq-atvori oqibatlariga nisbatan uning javobgarlik hissini zaiflashtirib yubordi.Real hayotda inson ko’pincha o’z qarorlari, qilmishi oqibatlarini o’ylab ko’radi, o’ziga va boshqalarga behuda zarar keltirmaslikka harakat qiladi (gap bu yerda jahl ustida yoki ekstremal holatda noto’g’ri ish qilib qo’yishi haqida emas, balki uning hayot kechirishi davomidagi xulqi, faoliyati haqida ketyapti). Virtual voqelikda u har qanday ma’suliyatdan xoli. Istagan qarorni qabul qilishi mumkin. Agar u muvafaqqiyatsiz chiqsa, boshqa variantni tanlaydi. YUqorida ta’kidlanganidek,kerakli variant topilmaguncha, shu holat davom etaveradi.
Virtual voqelikning ko’pvariantliligi va fayllarni, axborotni cheksiz almashtirish imkoniyatlari insonni o’ylab, tahlil qilish, yagona to’g’ri variantni topish tashvishlaridan qutiltirmoqda. Bu oxir-oqibatda insonning o’z hatti-harakati uchun, real hayotga to’g’ri munosabatda bo’lishi uchun mas’uliyatini pasaytirmoqda. CHunki u real hayot va xayolot o’rtasidagi, real va virtual voqeliklar o’rtasidagi farqni ajratolmay qolmoqda. Ayniqsa yosh bolalarda bu ko’p kuzatilmoqda. G’arbdagi ayrim bolalar elektron o’yinlardagi “qahramonlar” singari o’zini tutib, qo’liga qurol olib, sinfdoshlari, o’qituvchilari yoki ko’chadagi odamlarga o’q ochgan misollar uchrab turibdi. Olimlarni tashvishlantirayotgan masalalardan biri – keyingi avlodlarda saqlanib qoladigan mas’uliyat jamiyat va inson normal rivojlanishi uchun yetarlicha bo’ladimi? Qanday qilib virtual gipervoqelik, sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan, ishlarni tobora elektronika va robotlar bajarayotgan, insonning o’zi mashinaga tobora qaram bo’lib borayotgan sharoitda unda mas’ullik tuyg’usini tarbiyalash mumkin? Demak, tarbiya konsepsiyasi, usullari va vositalarini tubdan qayta ko’rib chiqish zarurati tug’ilmoqda.
Biz zamonaviy sivilizatsiya, u tug’dirgan ommaviy madaniyatdan voz kecha olmaymiz. Lekin ularning insonga salbiy ta’sirini minimallashtirishga erishmog’imiz kerak. Ta’lim-tarbiya, birinchi galda manaviy tarbiya mazmunini, usul va vositalarini zamon talablarini globallashuv, AT va ommaviy madaniyat, axborot xuruji, tahdidlarini hisobga olib, qayta ko’rib chiqish, takomillashtirish zarur. Haqiqiy insonparvarlik (gumanizm) va vulgar antropotsentrizm o’rtasidagi farqni, inson erkinligi va mas’uliyati birligini, mumtoz qadriyatlar ahamiyatini yangicha ochib berib, hozirgi zamon voqeligi bilan bog’lab talqin qilish kerak.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish