O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


-Mavzu: Mehnat tarbiyasi ma’naviy tarbiyaning negizi sifatida



Download 0,6 Mb.
bet11/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

4-Mavzu: Mehnat tarbiyasi ma’naviy tarbiyaning negizi sifatida
Reja

  1. Mehnat tushunchasi. Uning ijtimoiy hodisa ekanligi.

  2. Mehnat ma’naviy tarbiya negizi. Istedodni yuzaga chiqarish shart sharoitlari

  3. Mehnat va inson kamoloti

  4. Kasbga muhabbat tushunchalari

Tarbiya aslida juda ko’pqatlamli, ko’pqismli murakkab, ayni paytda bus-butun, ichki jihatdan mushtarak tizim. Uning yo’nalishlari, shakllari, tarkibiy tuzilmalari ham xilma-xil. Tarbiyaning birlamchi asosida kimnidir nimagadir o’rgatish, bilim berish turgani uchun, ta’limni ham tarbiyaning alohida yo’nalishi deyish mumkin. Aslida shunday bo’lgani bois biz hanuzgacha “ta’lim-tarbiya” degan ikki tushunchani birlashtirib, yagona jarayonni anglatuvchi qo’shma so’zdan yasalgan atamani qo’llaymiz. Bilimlar shunchalik ko’p to’plana bordiki, maktab ta’lim tizimi, fanlarni maxsus o’qib o’rganadigan usullar paydo bo’ldi. Bilimlar sifati va miqdori muttasil ko’payib, yangi o’quv fanlari vujudga keldi. Natijada ta’lim tarbiya bilan bog’liq, nisbatan alohida sohaga aylanadi. Ammo tarbiya ta’lim oluvchi, ilm o’rganuvchi tarbiya, ta’lim esa tarbiya beruvchi, tarbiyalovchi ta’lim sifatida tushunilib kelindi. Ta’lim tarbiyaning ilmiy-intellektual asosi hisoblanadi.
Tarbiya tarkibida yana bir birlamchi asos, negiz mavjud – bu mehnat tarbiyasidir. Unda, birinchidan, amalda tarbiyaning mohiyati – inson o’zi uchun yashash muhitini yaratish, tabiatni qayta ishlash, mehnat ko’nikmalari va bilimlarini yangi avlodga o’rgatib, vorisiylikni ta’minlash mujassamlashgan. Ikkinchidan, tarbiyaning asosiy maqsadi va barcha shakllari, yo’nalishlari, usullari, ularning kurtaklari mehnat tarbiyasida aks etgan. Urug’da o’simlikning barcha xossalari, belgilari, hosildorlik imkoniyatlari, immuniteti, yashovchanligi yashirin bo’lganidek, mehnat tarbiyasida inson ma’naviyatining barcha yutuq va kamchiliklari yashirin.
Mehnat qilishga o’rganmagan kishi oqibatda o’z imkoniyatlarini, iste’dodlarini yuzaga chiqara olmaydi. Uning aqli-zakovati joyida bo’lganda-yam ko’pincha boqimanda, tekinxo’r, yoki yolg’onchi, firibgar, qallob bo’lib voyaga yetadi, chunki kamroq ishlab, ko’proq topsam, yolg’on yordamida biror narsa ishlab olsam, deydi. Dangasa, mehnat qilishni yoqtirmaydigan kishi nosamimiy, laganbardor, yoltoqi, g’ururi past, or – nomusi yo’qroq bo’ladi. U tevarak – atrofdagilarning, ayniqsa ishdagi boshliqning jahlini chiqarmaslikka, balki ko’nglini topishga harakat qiladi. Uni ishdan quvib yubormasalar, qolgan – qutganlarni terib, yoki mayda qing’irliklar yordamida kunini o’tkazib yursa, bas. Antik dunyoning buyuk faylasuflaridan biri Demokritning quyidagi so’zlarida mehnat ma’naviyatning asosi ekanligi yaxshi ifodalangan: “Agar bolalar mehnat qilishga undalmaganlarida, na savodxonlikka, na musiqa, na gimnastikaga, hattoki insonda ezgulikni mustahkamlovchi nomusga ham o’rganmagan bo’lur edilar. Odatda nomus ana shu mashg’ulotlarning yetarligidan dunyoga keladi”.13
Ko’rinib turibdiki, bolani halol, g’ururli, or – nomusli kishi qilib voyaga yetkazish uchun uni mehnatsevar, o’z kasbini yaxshi biladigan etib tarbiyalash lozim. Bu zarur omil. SHunda uning tili kasbdoshlari va boshqalar oldida qisiq bo’lmaydi, birovlarga laganbardorlik qilishiga, turli bahonalar o’ylab topishga hojat qolmaydi. CHunki buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ta’biri bilan aytganda: “Har bir insonning qadr-qiymati o’z ishini qoyil qilib bajarashda”. Lekin mehnatsevarlik, kasb mahorati aytilgan yuksak insoniy xislatlarni avtomatik tarzda tarbiyalamaydi. Buning uchun tarbiyaning yana boshqa shakllaridan foydalaniladi. Mehnat tarbiyasi, ma’naviy tarbiyaning o’zagi, yuzaga chiqishi uchun bir vaqtning o’zida vosita va zamindir. Tuproqsiz urug’ unmaganidek, mehnatsiz inson ma’naviyati (binobarin, insonning o’zi) shakllanmaydi.
Mehnat nima? Mehnat inson ongining, tafakkurining, ijodining yangi yaratilgan mahsulot ko’rinishida voqelashganidir. Ushbu falsafiy ta’rifni soddalashtirsak, mehnat insonning o’z oldiga aniq maqsad qo’yib, tabiat bergan narsalarni qayta ishlashi, yangi maxsulot yaratishidir. Bir parcha yalpoq toshni olib, ikki tomonini boshqa tosh yordamida urib sindirib, uchli, qirrali qo’l quroli yasashning o’zi – bu tabiat predmetini qayta ishlashdir, uni qisman bo’lsada o’zgartirishdir. Inson yaratgan har qanday moddiy buyum, predmet oxir-oqibat tabiatning qayta ishlangan maxsulotidir. Uy-ro’zg’or buyumlari, pichoq, bolta, teshadan tortib mebellargacha, inson kiyimlari-yu, yeydigan ovqatigacha, yashash kulbasidan hashamatli ibodatxona-yu, ko’rkam saroylargacha, murakkab mashina va mexanizmlargacha tabiat boyliklarini qayta ishlash orqali olingan materiallardan yasalgan. Polietilen, plastmassa, kapron, neylon kabi sun’iy xomashyolar tabiiy birikmalarni qayta ishlash, kimyoviy elementlarni sintez qilish orqali olingan. Elektr toki ko’mir, gaz, suv, shamol, quyosh nuridagi issiqlik energiyasi va mexanik energiyani turbinalar, fotoelementlar va boshqa qurilmalar, moslamalar yordamida qayta ishlab olingan energiyadir.
Inson ongi va tafakkuri, ko’nikmalari o’sib, bilimlari ko’payishi jarayonida uning tabiat predmetlarini qayta ishlashi ham chuqurlashib, rang – baranglashib, murakkablashib bordi, mehnat mazmunan va shaklan rivojlandi. Inson murakkabroq mehnat qurollari yasadi, hayvonlarni xonakilashtirdi, o’simliklarni madaniylashtirdi, g’ildirakni, kulolchilikni, paxtadan, jundan ip yigirishni, mato to’qishni kashf etdi va h.k. Fransuz yozuvchisi Edmond Abu “Sivilizatsiya tarixini olti so’z bilan ifodalash mumkin: qancha ko’p bilsang, shuncha ko’p qodirsan” deganda, haq edi.
Mehnat tushunchasi ish bajarish tushunchasidan farq qildi. Ishni mashina va mexanizmlarga, ot, eshak, ho’kiz kabi uy hayvonlariga ham bajartirish mumkin. Mehnat – ijtimoiy, falsafiy tushuncha. Mehnat qanday shaklda bo’lishdan qat’i nazar o’z oldiga aniq yaratuvchilik maqsadini qo’yishdir, u ongli jarayondir. Mashina va mexanizmlar, uy hayvonlari o’z oldiga hech qanday maqsad qo’ya olmaydi. O’z ishining natijalarini anglamaydi.
Mehnat jarayonida inson nafaqat tabiat yaratgan narsalarni, shuningdek o’z ajdodlari avval yaratgan narsalarni-da qayta ishlab, yangilaydi, takomillashtiradi. Mehnat inson ongi, tafakkuri rivojlanishining eng qudratli omilidir. Inson bir ish qilishdan avval miyada uning rejasini tuzadi, yoki biror ishni bajarish (buyum yasash) jarayonida o’z xatti – harakatining natijasini oldindan ko’ra oladi. SHu sabab u ehtiyotkorlik bilan xayolida aniq mo’ljal olib, aniq hisob – kitob qilib ishlaydi. Aks holda yasayotgan buyumni buzib, sindirib, yaroqsiz qilib qo’yishi mumkin. Mehnat insonning tevarak – atrofga, ish usuliga, xomashyo va ishlab chiqiladigan mahsulotlarga oqilona tejamkor munosabatda bo’lishini taqozo etadi. Inson mehnat jarayonida kamroq kuch-g’ayrat sarflab ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga, yoki o’sha energiyani sarflab, sifatliroq, mustahkamroq buyum yasashga intiladi. Buning uchun u doimo izlangan va izlanadi. O’simliklarni, hayvonlarni chatishtirgan, urug’ va zot saralagan, daraxtlarni bir-biriga payvand qilgan, dalalarni almashlab ekkan va h.k. Hunarmand har xil tajribalar o’tkazgan, yangi qotishmalar, eritmalar, metallarni, qattiqligi turlicha bo’lgan tosh va yog’ochlarni kashf etgan, yangi usullarni, texnologiyalarni o’ylab topgan. Mehnat tufayli, birinchidan, insonning ijobiy yaratuvchilik bilimlari ko’payib, to’planib borgan. Ular turli sohalar bo’yicha tizimlashgan. Ikkinchidan, insonning tabiatga, ishlab chiqarishga, binobarin, o’z hayotiga munosabati ratsionallik, oqilonalik kasb etgan. Mehnat insonning voqelikka ratsional munosabatini belgilash barobarida unga faol bunyodkor bo’lishni, yo’qni bor qilib, yaratishni, kerakli miqdorda mahsulot yetishtirishni, chetdan in’om, mo’’jiza kutib turmaslikni o’rgatgan.
Insonning ratsional tafakkuri va turmushga, voqelikka faol munosabati, yashash me’yorlari – mahsulot almashuv, iste’mol, bir birini aldamaslik, qo’llab-quvvatlash, ishni puxta va sifatli bajarish, mahsulotlarini sifatiga qarab xolis baholash va ko’plab shunga o’xshash talablar, g’oyalar, baholar, inson didi, buyumlar va mahsulotlarga estetik munosabati mehnat tufayli shakllangan. Proletariat dohiylaridan biri F. Engelsning “Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli ” degan asari bor. U tarixni materialistik tushuntirish nuqtai nazaridan mehnatning inson ongi, tafakkuri rivojlanishidagi, hatto qisman biologik evolyutsiyadagi rolini to’g’ri ochib bergan. Faqat bugungi antropologiya fani inson maymundan tarqalmaganini, balki inson va maymunning ajdodlari umumiy bo’lganini yoqlaydi.
Albatta, insonning biologik va ijtimoiy evolyutsiyasi juda murakkab kechgan. Haligacha u ilm – fanga to’la ayon emas, balki to’la ayon bo’lmasdan qolar. Lekin mehnat bu jarayonda katta rol’ o’nagani, shubhasiz, bor gap. Aytilganlarni umumlashtirib, mehnatga quydagicha ta’rif berish mumkin. Mehnat insonning o’z oldiga aniq maqsad qo’yib, tabiat mahsulotlarini qayta ishlashi hamda jamiyat avval yaratgan narsalarni, g’oyalarni, bilimlarni, texnologiyalarni boyitib, takomillashtirib, yangi moddiy va ma’naviy mahsulotlar yaratishidir.
Inson yaratgan mahsulotlarni moddiy va ma’naviy mahsulotlarga bo’lish mumkin ekan, demak, mehnatni ham ikki turga – moddiy mahsulotlarni yaratuvchi jismoniy mehnatga va ma’naviy mahsulotlarni yaratuvchi aqliy mehnatga bo’lish mumkin. Mehnatga bunday yondashuv nisbiy xarakterga ega, ammo ilmiy an’anadir. Murakkab moddiy narsalar, mexanizmlar, asbob – uskunalar, mashinalar, sun’iy materiallar yaratish chuqur ilmiy – tadqiqotlarni, aqliy mehnatni talab qilgan.
O’tmishda aqliy va jismoniy mehnat o’rtasida chegara aniq ko’rinib turgan. Bugungi yuksak texnologiyalar davrida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish orasida aniq chegara o’tkazish qiyin. Ba’zi bir zamonaviy moddiy mahsulotlarni yaratish shunchalik murakkab va fan yutuqlariga tayanganki, ularni an’anaviy tushuniladigan jismoniy mehnat mahsuli deyish mutlaqo mumkin emas. Hatto “ilmiy sig’imli ishlab chiqarish” degan atamalar paydo bo’ldi. Masalan, atom energetikasi, biotexnologik, nanotexnologik, informatsion texnologik va shu kabi ba’zi bir ishlab chiqarish turlarida jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnat ko’proq qo’llaniladi.
Jismoniy va aqliy mehnatni bir biridan ajratadigan chegara nisbiy bo’lib qolganiga qaramasdan, ular qutbiy hodisalar sifatida hamon mavjud. Faqat o’tmishdagi ularning ijtimoiy qarama – qarshiligi (aqliy mehnat bilan jamiyatning yuqori tabaqalari, ziyolilari, jismoniy mehnat bilan esa qora avom shug’ullangan) ko’p jihatdan bartaraf etildi, tafovut esa saqlanib turibdi. Jismoniy va aqliy mehnat o’rtasida qarama – qarshilik bartaraf etilishi faqatgina ishlab chiqarish texnologiyalari murakkablashib, fan yutuqlaridan keng foydalanish oqibati emas. Bunga sezilarli darajada hozirgi zamon jamiyatida ijtimoiy – sinfiy imtiyozlar bekor qilinishi, inson huquqlari rivojlanishi, barchaning, ijtimoiy va moddiy ahvolidan qat’i nazar, qonun oldida teng ekanligi, jamiyatning demokratiyalashuvi ham ta’sir ko’rsatgan.
Mehnatning birinchi vazifasi yaratuvchilikdir. YAratuvchilik esa qayta ishlanayotgan predmetning mohiyatini, fizikaviy, kimyoviy, biologik xossalarining o’zgarishi va rivojlanishini, ijtimoiy va amaliy foydasini bilishni taqozo etadi. YOg’ochning qattiqligi, yumshoqligi, qayta ishlash jarayonida turli shakllarga kirishini, undan qanday foydali buyumlar, jihozlar yasash yoki uy – joylar qurish mumkinligini va usullarini bilmagan kishi duradgor bo’la olmaydi. Bu bilimlar ilmiy – nazariy ko’rinishda emas, amaliy tajriba, ko’nikma sifatida to’planadi, rivojlanadi. Ayni paytda ular juda uzoq asrlar davomida to’plangan bilimlardir. Fan va texnika rivojlanishi jarayonida amaliy bilimlar nazariy bilimlar bilan to’ldiriladi va boyitiladi. Aytilganlar ishlab chiqarishning har bir turiga, har bir amaliy kasbga taalluqli. Demak, mehnat orqali inson olamni, narsa va hodisalarni bilib oladi, o’zlashtiradi va o’zgartiradi.
YAratuvchilik jarayonida insonning bilimlari, tajribasi oshib boradi. U yaratayotgan buyumlarni qulayroq, foydaliroq va go’zalroq bo’lishiga erishadi. Dastlab unga aytaylik, muayyan extiyojini qondiradigan buyum kerak. Lekin, u kerakli buyumni yasaganidan keyin, endi bu buyum ixchamroq, chidamliroq, chiroyliroq bo’lishini istaydi va shu yo’nalishda izlanadi, aql – zakovatini shunga qaratadi. Mehnat insonning tabiatga, o’z turmushiga munosabatini asta – sekin axloqiylik, ijodiylik va go’zallik tamoyillari asosida tarbiyalaydi. Ayniqsa aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqqandan keyin bu jarayon yana-da tezlashadi. Aqliy mehnat ilm – fan, adabiyot va san’at, madaniyat rivojlanishining, davlat boshqaruvi, axloq, huquq me’yorlari, turmush qoidalari takomillashuvining qudratli omiliga aylanadi. Inson ilm – fan orqali koinot, olis yulduzlar, galaktikalar to’g’risida ham muayyan bilimlarni qo’lga kiritdi. Mazkur bilimlar mudom boyib, aniqlashib, yangi sifat bosqichiga ko’tarilib kelmoqda. YAngi bilimlar bugun nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar, informatsion texnologiyalar, yadro texnologiyalari va boshqa ko’rinishlarda amaliyotga qaytmoqda.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish