O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Manfaatlarni muvozanatga keltirish



Download 0,6 Mb.
bet22/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Manfaatlarni muvozanatga keltirish.
Turli darajadagi manfaatlarni muvozanatga keltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, maishiy-madaniy asoslari, ta’lim va tarbiya, targ’ibot va tashviqot kabi vositalari bor. Eng avvalo shaxs mehnati (aqliy va jismoniy) sifati va miqdoriga, amaliy natijalariga mos taqdirlanishi kerak. Har bir kishining turmush darajasi mehnatiga yarasha bo’lishi kerak, birgalikda o’sishi kerak. Odamlarning mehnati muhofaza qilinishi, ertangi kunga ishonchi kafolatlanishi kerak. Bu inson va jamiyat iqtisodiy manfaatlarini uyg’unlashtirishning iqtisodiy poydevorini, asosini yaratadi. Ayni paytda inson umuman jamiyatda emas, balki konkret jamoada mehnat qiladi. Jamoaning, korxona egasining ham o’z manfaati bor. Korxona davlatga, aksiyadorlik jamiyatiga, yoki xususiy shaxsga tegishli bo’lishi mumkin. Mulkdor korxona faoliyatidan mumkin qadar ko’p foyda olishga intiladi. Bundan tashqari, korxonada mehnat qiladigan har bir ishchi-xodimning o’z manfaati bor. Korxona mahsuloti, faoliyati raqobatdosh va xaridorgir bo’lishi talab qilinadi. Aks holda korxona sinib qolishi hech gap emas. Bundan mulkdor ham, ishchi xizmatchilar ham zarar ko’radi. Mehnat jamoasining umumiy korporativ manfaati, u qay darajada mulkdor va ishchi xizmatchilar tomonidan anglanishdan qat’i nazar, ob’ektiv mavjud.
Korporativ manfaatlar jamoa a’zolarini birlashtirishga, ular o’rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni o’zaro kelishuv, mulkdor va yollanma ishchi-xizmatchilar o’rtasida shartnoma tuzib tinch yo’l bilan kelishuv orqali hal kilishga asos bo’lishi mumkin. SHartnomada mehnat muhofazasi, ishchi va xizmatchilarning malakasini oshirish, dam olish, davolanish, pensiyaga chiqqandan keyin qo’shimcha nafaqa olish va sh.k. ijtimoiy muhofazalardan tortib, olingan qo’shimcha foydani qayta taqsimlashgacha, yoki bozorda kon’yunktura yomonlashib, korxona daromadi pasayganda, ish o’rinlarini qisqartirish va oylik maoshlarini qayta ko’rib chiqishgacha bo’lgan masalalar o’z aksini topadi. Bunday hujjat jamoaviy shartnoma, deb ataladi. Uning amalga oshirishi esa ijtimoiy sheriklik deyiladi. Ijtimoiy sheriklik huquqiy maqomi har xil bo’lgan sub’ektlar (sinflar va tabaqalar) sherikligidir. Mulkdor nomidan uni korxona ma’muriyati, ishchi-xizmatchilar nomidan ularning kasaba uyushmasi, yoki vakolatli boshqa bir organi (saylangan kommissiyasi, vakillar guruhi) amalga oshiradi. Ikki korxonaning hamkorligi ijtimoiy sheriklik deyilmaydi, balki iqtisodiy sheriklik, kooperatsiya, iqtisoslashish va h.k. deb ataladi. Ijtimoiy sheriklik har xil ijtimoiy sinflar, tabaqalar o’rtasidagi hamkorlik va o’zaro mas’ullik, javobgarlik aloqalaridir.
Ijtimoiy sheriklik davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat va fuqarolarining o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasida ham vujudga kelishi mumkin. CHunki ularning huquqiy maqomi, jamiyatda tutgan o’rni keskin farq qiladi. Ikki korxonanaing maqomi esa bir xil.
O’zbekistonda ijtimoiy sheriklikning turli shakllari va yo’nalishlari rivojlanmoqda. Korxonalarda ma’muriyat va kasaba uyushmasi tashkiloti o’rtasida jamoaviy shartnomalar ko’p yillardan buyon tuzilib kelmoqda. Ijtimoiy sheriklikning mintaqaviy ko’rinishi paydo bo’ldi. Mahalliy hokimiyat, savdo-sanoat palatasi va kasaba uyushmalari kengashi mintaqani rivojlantirish, yangi ish o’rinlari yaratish, oylik maoshlarni vaqtida to’lash, mehnat va ijtimoiy sug’urtani amalga oshirish kabi muhim masalalarni birgalikda hal qilish yuzasidan uch tomonlama shartnoma tuzmoqdalar. Mazkur hujjatda tomonlarning qiladigan ishlari va mas’uliyati aniq belgilab qo’yilgan.
Ijtimoiy o’zaro mas’ullik va sheriklikning yuqori ko’rinishi – respublika hukumati, respublika savdo – sanoat palatasi va respublika kasaba uyushmalari konfederatsiyasi o’rtasidagi bitimdir. Ijtimoiy sheriklik shaxs, jamoa, davlat va jamiyat manfaatlarini uyg’unlashtirishning muhim omili bo’libgina qolmay, sinfiy kurash va ijtimoiy larzalarning oldini oluvchi, ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi omil hamdir. SHu sababdan ta’lim-tarbiyaning barcha bo’g’inlarida, ayniqsa kasb-hunar kollejlari va oliy uquv yurtlarida ushbu masalaga ma’naviyat asoslari, huquq ta’limi, iqtisodiyot nazariyasi, siyosatshunoslik, sotsiologiya predmetlari doirasida tegishli soatlar ajratish maqsadga muvofiq.
Ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarda inson ehtiyojlariga, fikrlari, qarashlariga hurmatli munosabatni, ayni paytda xolis va tanqidiy yondashishni shakllantirish zarur. Inson o’z ehtiyojlarini yetarli darajada to’g’ri anglamasligi, o’z hissasini ortiqcha baholab, shunga yarasha ortiqcha talab qilishi mumkin. Jamoada unga yotig’i bilan haqiqiy ahvolni, korxona va jamoa manfaatlarini to’g’ri tushuntirish, zarur axborot va ma’lumotlardan xabardor etish kerak. Ko’pincha to’liq axborotga ega bo’lmagan, yoki noto’g’ri ma’lumotni eshitgan kishilarda norozilik kayfiyati tug’iladi.
Xom sut emgan bandasida ba’zan izzattalablik, shuhratparastlik, o’zini ortiqcha baholash, manfaatparastlik kabi salbiy xususiyatlar uchrab turadi. Bunday kishilar bilan ehtiyotkorlik bilan, g’ururiga tegmasdan, tarbiyaviy ish olib borish kerak. Kishining kamchiliklarini xolis, ammo o’ziga xayrixohlik bildirib, tanqid qilish lozim. Bola ongiga yoshligidan xalqimizning “do’st achitib gapiradi, dushman kuldirib” degan maqolining mazmun-mohiyatini singdirish maqsadga muvofiq. SHunda u katta bo’lganida, tanqidni to’g’ri qabul qila oladi.
Ayni paytda tanqid va tanqidbozlikni o’zaro farqlash talab qilinadi. Haqiqiy tanqid mavjud kamchiliklarni real bartaraf etishga qaratiladi. Unda tanqid qiluvchining xayrixohligi, xolisligi bilinib turadi. Haqiqiy tanqid yaratuvchilik va ulkan tarbiyaviy salohiyatlarga ega. Tanqidbozlik esa real kamchiliklarni emas, balki soxta kamchiliklarni qoralaydi, yoki pashshadan fil yasaydi, ikkinchi darajali, bachkana, ba’zan umuman ahamiyatsiz narsalarni sun’iy puflab shishirishga, soxta o’ylab topilgan narsaga katta shov-shuvli ijtimoiy ma’no berishga harakat qiladi. Unga xolislik va xayrixohlik yetishmaydi. Noxolis tanqidbozlik tanqid qilinuvchida norozilik o’yg’otadi, u o’zini adolatsiz kamsitilgan, qoralanayotgandek sezadi. Tanqidbozlik mehr-oqibatni sovutadi, odamlarni o’zaro uzoqlashtiradi, begonalashtiradi. Tanqidbozlik adolatsizlik va buzg’unchilikning yarimyashirin ko’rinishlaridan biridir.
Lekin xolis tanqid ham har kimga yoqavermaydi. CHunki inson ehtirosli mavjudot. Ehtiroslar ayrim hollarda unga voqealarni, tanqidni to’g’ri qabul qilishga xalaqit beradi. Ba’zan tanqid qilinayotgan kishi tanqidchining menga nisbatan hasadi, adovati borligi uchun yoki muvafaqqiyatlarimni ko’rolmaganligi uchun obro’yimni to’kishga, jamoa ko’z o’ngida meni sharmanda qilishga urinayotir, degan o’y-xayolda bo’ladi. Tarbiya jarayonida bunday holat ham nazarda tutilishi va xolis tanqidga nisbatan to’g’ri psixologik munosabatni shakllantirishga qaratilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti va raqobat sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar manfaatlari to’qnashadi, ular o’zaro murakkab, ziddiyatli munosabatlarga kirishadi. Bazan ularning manfaatlari mos keladi, ba’zan mos kelmaydi. Korxonalar, agar bir birining mahsulotlariga muhtoj bo’lsa, o’zaro kooperativ aloqalar o’rnatishlari mumkin. Amaliyotda kooperativ aloqalarning turli ko’rinishlari, xususan bir guruh kichik va o’rta korxonalarning yirik korxonaga butlovchi qismlar, xomashyo yoki yarimtayyor mahsulotlar yetkazib berishi keng tarqalgan. Yirik korxonalar o’zlarining kichikroq turdosh hamkorlariga buyurtmalarining bir qismini o’tkazib, kooperatsiya asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini va sifatini oshirishi, narxini arzonlashtirishi mumkin. YOki bir guruh o’rta korxonalar yirik korxonalar bilan bozorda raqobat qila olishlari uchun turli ko’rinishda o’zaro birlashishlari mumkin. Aytilganlar korxonalar korporativ (jamoaviy) manfaatlarining mos kelishiga misoldir.
Lekin aksariyat hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning manfaatlari mos kelmaydi. Ular o’rtasida doimiy raqobat kuzatiladi. Hatto yirik korxona bilan kooperatsiyalashgan kichik va o’rta korxonalar o’ziga o’xshagan boshqa korxonalar tomonidan bozorda bosim sezadi. CHunki ular sifatliroq va arzonroq butlovchi qism, yarimtayyor mahsulot va xomashyo yetishtirib, yirik korxona bilan kooperativ aloqa kirishishi, raqibini siqib chiqarishi hech gap emas. Bozordagi erkin savdo-sotiqdan tashqari raqobat sharoitida yuqori narx-navoni ushlab turish, ko’proq foyda olish niyatida ba’zan kompaniyalar o’zaro kelishishga, ayrim mahsulotlar va xizmatlar bozorini birgalikda monopollashtirishga harakat qilish hollari uchrab turadi. SHa sababdan aksariyat mamlakatlar monopoliyaga qarshi va raqobatni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar qabul qilgan.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish